O'zbekiston respublikasi profi universitety
Tormozlanish tashqi va ichki bo'ladi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartli refleksning sonishi
Tormozlanish tashqi va ichki bo'ladi. Masalan, auditoriyada ma'ruza
tinglab turgan talabaga to'satdan qandaydir bir yangi kuchli qo'zg'atuvchi ta'sir qilsa, unda u tinglab o'tirgan ma'ruzasidan chalg'ib, o'z diqqatini unga ta'sir etayotgan yangi qo'zg'atuvchiga qaratadi, ya'ni uning oldingi faoliyati ayni vaqtda tormozlanib qoladi. Bu tashqi (shartsiz) tormozlanishdir. Bu holatda qo'zg'alish o'chog'ining yuzaga kelishi teskari induktsiya qonuniga ko'ra qobiqning boshqa qismlarida tormozlanishni yuzaga keltiradi. Shartli refleksning so'nishi, ichki yoki shartli tormozlanish turlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Tormozlanishning bu turi, oldin ishlab chiqilgan reaktsiyalarni, agar ular yangi sharoitda kerak bo'lmay qolsa so'nib ketishiga olib keladi. Tormozlanish miyaning haddan tashqari ortiqcha qo'zg'alishi tufayli ham yuzaga keladi. Tormozlanishning bu turi soqchi (qo'riqchi) tormozlanish deyiladi. Tormozlanishning ichki ko'rinishiga miya qobig'ining analitik faoliyati, o'zining xususiyatlariga ko'ra bir-biriga yaqin bo'lgan predmet va hodisalarni farqlay olish qobiliyati ham asoslanadi. Masalan, hayvonda ellipsga shartli refleks shakllantirilgan bo'lsa, u boshlanishida ellipsga va aylanaga ham munosabat bildiraveradi. Bunda o'xshash qo'zg'atuvchilarni umumlashtirish, generalizatsiya hodisasi ro'y beradi. Lekin, agar ovqat qo'zg'atuvchisidan oldin doimo ellips ko'rsatilinaversa va aylananing ko'rsatilishi mustahkamlanmasa, unda hayvon asta sekinlik bilan ellipsni aylanadan farqlay (differentsiatsiya qilib) boradi (aylanaga reaktsiya tormozlanadi). Tahlil (analiz), differentsiatsiyalash asosida yotadigan tormozlanishning bu turi, differentsiyalovchi tormozlanish deb ataladi. U hayvonning xatti-harakatini oydinlashtiradi, uni atrof muhitga yanada ko'proq moslashuvchan qiladi. Bosh miya qobig'i ishidagi sistemalilik (dinamik stereotip). Tajribalar shuni ko'rsatadiki, agar itda ma'lum bir ketma-ketlikda takrorlanib turadigan turli qo'zg'atuvchilarga qator reflekslar shakllantirilsa, unda hayvon ma'lum bir vaqt o'tishi bilan birinchi qo'zg'atuvchi ta'sir etishi bilanoq javob reaktsiyalarining barcha tizimini esga tushiradigan bo'lib qoladi. Bu reaktsiyalarning ma'lum bir ketma-ketligining qat'iy (qattiq) mustahkamlanib qolishi dinamik stereotip deyiladi (grekchadan “stereos” - qattiq va “typos” - tamg'a, iz). Organizm stereotip (qat'iy) takrorlanib turadigan tashqi ta'sirlarga reaktsiyalar tizimini ishlab chiqish bilan moslashib boradi. Dinamik stereotip - odamni ko'plab psixik faoliyati, masalan ko'nikmalari, odatlari, o'zlashtirgan ehtiyojlari va boshqalarning fiziologik asosi bo'lib hisoblanadi. Dinamik stereotiplar kompleksi o'zida shaxs xulqining turg'un xususiyatlarining fiziologik asosini namoyon qiladi. 69 Dinamik stereotip, miya ishining maxsus tamoyili – sistemaliligining ifodalanishi hisoblanadi. Bu tamoyil shundan iboratki, miya muhitning murakkab kompleks ta'siriga, qator bir-biridan ajratilgan ayrim qo'zg'atuvchilarga bo'lgan reaktsiya sifatida emas, balki yaxlit sistemaga nisbatan bildirilgan munosabat sifatida reaktsiya qiladi. Tashqi stereotip - mustahkamlanib qolgan ta'sirlar ketma- ketligi ichki nerv-dinamik stereotipda aks ettiriladi. Barcha yaxlit predmetlar va hodisalar tashqi stereotiplar (ular hamma vaqt belgilarning ma'lum bir majmuini tashkil qiladi) hisoblanadi (odatlanib qolingan vaziyat, voqealar, turmush tarzining ketma-ketligi va sh.k.). Odatlanib qolingan stereotiplarning buzilishi, hamisha og'ir asabiy zo'riqishlarga olib keladi (sub'ektiv ravishda bu zerikish, siqilish, nervozlik, asabiylashuv, jahldorlik va sh.k.larda ifodalanadi.). Eski stereotiplarning buzilishi qanchalik murakkab bo'lmasin, yangi sharoitlar, yangi stereotiplarni shakllantiradi (shuning uchun ham u dinamik deb ataladi). Shakllangan yangi stereotip ko'p martalab, qayta-qayta takrorlanaverishi natijasida u yanada ko'proq mustahkamlanib boradi va o'z navbatida qiyin o'zgaradigan bo'lib qoladi. Dinamik stereotiplar keksa yoshdagilarda, nerv faoliyati kuchsiz tipli, nerv jarayonlari harakatchanligi past odamlarda ayniqsa turg'un bo'ladi. Odatlanib qolingan xatti-harakat tizimi, nerv ishini yengillashtirilishini yuzaga keltirar ekan, ijobiy hissiyotlar ko'rinishida sub'ektiv his qilinadi. Buni I.P.Pavlov “Stereotiplarning ustanovkalashuvi jarayoni, ustanovkaning nihoyasiga yetishi, stereotipning qo'llab-quvvatlanishi va uning buzilishi sub'ektiv xilma-xil bo'lgan ijobiy va salbiy hissiyotlarning o'ziga xos ko'rinishidir” - deb ta'kidlaydi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling