1 Mavzu: XXI asrda marketing tushunchasi. Reja


Download 64.76 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi64.76 Kb.
#1555864
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu


1 - Mavzu: XXI asrda marketing tushunchasi.
Reja:
1.1. Marketingning boshqarishning ahamiyati va zamonaviy konsepsiyasi
1.2. Marketingni boqarish fanining predmeti va metodi
1.3. Kursning tarkibi va uni о‘rganish tartibi
Tayanch sо‘zlar: marketingni boshqarishning moxiyati, ehtiyojni qondirish, marketingni boshqarishda qarorlar, korxona manfaatlari, salbiy talab, yashirin talab, mavjud bо‘lmagan talab, pasayayotgan talab, doimiy bо‘lmagan talab, tо‘laqonli talab, о‘ta yuqori talab, noratsional talab, konversion marketing, marketing maqsadlari, marketing strategiyasi, korxona bozorlari, ochiq va yopiq tizim,

1.1. Marketingni boshqarishning ahamiyati va zamonaviy konsepsiyasi
Marketing tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda, shuningdek yuqori samara hamda foyda evaziga sotishni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda. Iqtisodchi olimlar ta’kidlashlaricha marketing xizmatlaridan foydalanish jamiyat, xaridorlar, ishlab chiqaruvchilar va nihoyat marketing organlarining о‘zlariga ham benihoya katta foyda keltirar ekan.
Bozor iqtisodiyoti о‘z mohiyatiga kо‘ra har qanday jismoniy va yuridik shaxslar о‘z faoliyatlaridan naf kо‘rishlari, ma’lum daromad olishlari va rentabelli ish yuritishlarini taqozo etadi. Yuqoridagi marketingga berilgan ta’rif uning mohiyatini tо‘laroq aks ettiradi deb о‘ylaymiz. U ingliz iqtisodchisi Yedjeni Makkartining mashhur «4 r», ya’ni tovar yoki xizmat ( rgodukt), baho (price), foyda (rgotif) va tovarni sotish joyi (bozor-rlace) moduliga ham tо‘g‘ri keladi (1 - chizma).
Korxonalarning marketing faoliyatida xaridorlar alohida markaziy о‘rin egallaydi. Ularning safini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Agar biror korxona о‘z iste’molchilariga yaxshi, sifatli tovar sotar yoki xizmat kо‘rsatar ekan, uning faoliyatiga qiziqish ortadi, xaridorlar korxona tovarlari bozorida boshqa korxonalardan shu korxonaga о‘ta boshlaydilar. Bu esa о‘z navbatida korxona tovarining bozorida talabning о‘sishiga olib keladi. Mazkur korxona о‘zining sifatli tovariga (xizmatiga) yuqoriroq narx belgilash imkoniga ega bо‘ladi, xarajatlari nisbatan kamroq о‘sgani holda kо‘proq daromad, foyda olishga erishadi.
Shunday qilib, marketing - ayirboshlash yо‘li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yо‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning о‘zaro manfaatlariga asoslangan harakatlari va talablarini shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing - bu tovar harakatining barcha bosqichlarini о‘z ichiga oluvchi, talab va taklifni о‘rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste’mol qilish bilan bog‘liq bо‘lgan turli xizmatlar kо‘rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli yondashishdir
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bо‘libgina qolmay, talabga ta’sir qilishhamdir. Xо‘sh, bu ta’sir qanday bо‘lishi kerak, boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga о‘tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? Marketing faoliyatining bunday aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bо‘lgan vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning о‘z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing tadbirlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi marketing faoliyat turini alohida ajratib kо‘rsatish mumkin. Quyida talab darajasi va unga mos keluvchi marketing tadbirlarini kо‘rib chiqamiz.

Download 64.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling