1 Mavzu: XXI asrda marketing tushunchasi. Reja
Shunday qilib, korxonaning marketing strategiyasi
Download 64.76 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Marketingni boshqarish fanining predmeti va metodi
Shunday qilib, korxonaning marketing strategiyasi:
bozorga qanday tovar, qanday assortimentda va bahoda chiqarilayotganligi; u qanday iste’molchiga mо‘ljallangan va keyinchalik qanday iste’molchilarni jalb qilishi mumkinligi; rejalashtirilgan darajada tovarni sotish uchun qanday sharoitlar zarurligi; tovarni yetkazib berish qanday kanallar va qanday miqdorda tashkil qilingan bо‘lishi lozimligi; talab va sotishni rag‘batlantirishga qanday vositalar bilan ta’sir qilish ma’qulligi; savdodan keyingi xizmat kо‘rsatish qanday bо‘lishi lozim va kim tomonidan amalga oshirilishi kerakligi; bozor qatnashchilari qanday iqtisodiy natijalarni kutishi va unga qancha xarajatlar talab qilinishini о‘z ichiga oladi. Ular aniq va о‘tkazish vaqti bо‘yicha qatnashchilarning barchasi о‘zaro kelishishini taqozo qiladi. 1.2. Marketingni boshqarish fanining predmeti va metodi Keng ma’nodagi ishlab chiqarishni о‘rganadigan fanlar xilma-xil bо‘lib, ularni ikki guruhga bо‘lish mumkin: biri - ishlab chiqarishning texnikaviy tomonini, ikkinchisi esa ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini о‘rganadigan fanlardir. Ishlab chiqarishning texnikaviy tomonini о‘rganuvchi fanlarga: materialshunoslik, materiallar qarshiligi, metallshunoslik kabi fanlar kiradi. Iqtisodiy qonunlarning milliy iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida aniq namoyon bо‘lishini va amal qilishini tarmoq iqtisodiyoti fanlari, konkret iqtisodiy fanlar о‘rganadi. Marketingni boshqarish fani ham о‘sha fanlar jumlasidandir. Bu fan umuman milliy iqtisodiyotda, xususan, milliy iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari, sof marketing firmalari va korxonalarning (firmalarning) marketingni boshqarish sohasida iqtisodiy qonunlarning о‘ziga xos tarzda namoyon bо‘lishi va harakat qilishini о‘rganadi va ulardan ongli ravishda foydalanish yо‘l-yо‘riqlarini ishlab chiqadi. Marketingni boshqarish rahbarlik, tashkilotchilik va ma’muriy xarakterga ega bо‘lgan faoliyatdir. U jamiyat (milliy iqtisodiyot), tarmoqlar, korxonalar va umuman mamlakatlararo marketing faoliyatini boshqarish muammolarini ham о‘z ichiga oladi. Boshqarish - boshqariluvchi tizimning yuqori darajada ishlashini ta’minlashga qaratilgan maqsadga muvofiq harakatlar yig‘indisidir. Masalan, rahbar marketingni boshqarish jarayonida uning eng maqbul natijalariga erishish maqsadida turli usullar va vositalar yordamida boshqarilayotgan obyektga ta’sir kо‘rsatadi, barcha marketing faoliyatini amalga oshiruvchi kichik qismlarni harakatga keltiradi, milliy iqtisodiyot va ishlab chiqarishning barcha bо‘g‘inlarini bir-biri bilan qо‘shilib, uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Marketingni boshqarish fani tovarlarni yaratishdan tortib, ularni taqsimlash, saqlash, sotish, xaridorlarga yetkazib berish va iste’mol qilishgacha bо‘lgan barcha jarayonlarni tashkil etish, amalga oshirishni tadqiq qiladi, foydalanilmay yotgan imkoniyatlarni ochish va ularni ishlab chiqarishga, iqtisodiyotga jalb qilish yо‘llarini kо‘rsatib beradi va ishlab chiqadi. Bu fan marketingning samaradorlikka ta’sirini uni boshqarish nuqtai nazaridan о‘rganadi, ya’ni bu jarayon shunchaki stixiyali ravishda emas, balki ilmiy asoslangan bо‘lishini ta’minlaydi. Marketingni boshqarish о‘z mohiyatiga kо‘ra iqtisodiyotning barcha jabhalariga о‘z ta’sirini ikki yо‘nalishda kо‘rsatadi. Ular tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri (bevosita) va bilvosita bо‘lishi mumkin. Uning ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’siri korxonaning asosiy iqtisodiy kо‘rsatkichlarida namoyon bо‘ladi. Bilvosita ta’siri esa, uning umumiy - milliy iqtisodiyot kо‘rsatkichlarini, xaridorlarning turmush darajasini yaxshilash orqali, oqibat natijada ishlab chiqarish samaradorligini kо‘tarishi orqali aniqlanadi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich о‘tilayotgan hozirgi kunda marketingni boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu davrda marketing keng yoyila boshladi. Korxonalarda marketing bо‘limi va guruhlari, vazirliklarda marketing boshqarmalari tuzish deyarli tugallandi. Oliy о‘quv yurtlarida marketing fan sifatida о‘qitila boshlandi. Xulosa qilib aytganda, marketingning rivojlanishi uchun shart - sharoit yaratildi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi yakuni shuni kо‘rsatadiki, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida marketingni boshqarish maxsus bilimga ega bо‘lgan marketolog-menejerlar orqali amalga oshiriladi. Ular oliy ma’lumotli mutaxassislardir. Download 64.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling