1 Mavzu: XXI asrda marketing tushunchasi. Reja


Download 64.76 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi64.76 Kb.
#1555864
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu

1. Salbiy talab. Agar xaridorlarning kо‘pchilik qismi tovarni qabul qilmasa va undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatida bо‘ladi. Marketing xizmatining vazifasi - nima uchun bozor tovarni qabul qilmayatgani, marketing dasturi tovarlarni mukammallashtirish orqali, baholarni pasaytirish orqali tovarga bо‘lgan qarashlarni о‘zgartirish mumkinligini tahlil qilish va talabni yanada faol qо‘llab-quvvatlashdir.
2. Mavjud bо‘lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan qiziqmasliklari va e’tibor bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda ushbu tovarga nisbatan qiziqish о‘yg‘otishdir.
3. Yashirin talab. Kо‘pgina iste’molchilar bozorda mavjud bо‘lgan tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bо‘lmagan talabga ega bо‘ladilar. Bu holda marketingning vazifasi - potensial bozor hajmini aniqlash va talabni qondirishga qodir bо‘lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat.
4. Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir yoki bir necha tovariga bо‘lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda konyukturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli bozorlar topish yо‘li bilan, tovar xususiyatlarini о‘zgartirish yoki yanada samarali aloqa (kommunikatsiya)lar о‘rnatish bilan tovar yetkazib berishni rag‘batlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu yerda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun tovarni taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir.
5. Doimiy bо‘lmagan talab. Kо‘pchilik korxonalarda tovar yetkazib berish mavsumiy, kundalik va, hatto, soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy fondlarini kam yoki kо‘p yuklash muammosini tug‘diradi. Masalan, jamoat transportining asosiy qismida "tig‘iz vaqtda" yо‘lovchilar haddan ziyod kо‘p bо‘ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifasi - о‘zgaruvchan (egiluvchan) baholar yordamida rag‘batlantirish va boshqa ta’sir qilish usullari orqali talabning vaqt bо‘yicha tebranishini tekislash yо‘llarini izlashi lozim.
6. Tо‘laqonli talab. Bu talab tо‘g‘risida tadbirkorlar о‘z savdo tushumlaridan, foydalaridan tо‘liq qoniqish olgan holdagina gapiradilar. Marketingning vazifasi - iste’molchilarni tovarni afzal kо‘rishlari о‘zgarishiga va raqobatning kuchayishiga qaramay talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat qilish lozim. Bu sharoitda tovar sifatini yanada oshirish, unga xizmat kо‘rsatishni yaxshilash, tovarning iste’molni qondirish darajasini doimiy nazorat qilish birinchi о‘ringa chiqadi.

Download 64.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling