O'zbekiston respublikasi profi universitety


Shaxs xususiyatlari uning funktsional imkoniyatlari dinamik tizimini tashkil


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Shaxs xususiyatlari uning funktsional imkoniyatlari dinamik tizimini tashkil 
qiladi. Psixik hislatlar ko'p tizimlidir: ular o'zaro aloqalarning turli tizimlarida 
turlicha namoyon bo'ladi. Shaxs xususiyatlarini - bilish, mehnat faoliyati, muloqot 
sub'ekti sifatida farqlash mumkin. 
Psixik hislatlarning majmui shaxsning psixik tuzilishini tashkil qiladi. 
Hayotiy muammolarni hal etar ekan, odam o'zining psixik imkoniyatlaridan kelib 


85 
chiqadi, muhit bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarida o'z usullarini qo'llaydi, 
hayotiy faoliyatining individual uslubini amalga oshiradi. 
Individning ayrim psixik xususiyatlari, bir-biri bilan tizimli o'zaro 
munosabatlarda bo'lar ekan, shaxs sifatlarini tashkil qiladi. Shaxsning bu sifatlari 
an'anaviy ravishda to'rtta guruhga bo'linadi. Bular: 1) temperament, 2) 
yo'nalganlik, 3) qobiliyatlar va 4) xarakter. 
Bu psixik sifatlar tizimi shaxs tuzilishini tashkil qiladi.
1 §. Temperament haqida tushuncha 
Temperament haqida tushuncha. Temperamentning asosiy turlari. 
Temperament (lot. temperamentum - nisbat, qismlarni aralashuvi, 
mutanosiblik) - individni, uning psixik faolligi xususiyatlarida, psixik reaktsiyalari 
jadalligi, tezligi va maromida, hayotiy faoliyatining hissiy tonusida namoyon 
bo'ladigan psixodinamik xususiyatlari majmuidir. 
Temperament - individning ma'lum bir xulq tarziga tabiiy shartlangan 
moyilligidir. Unda individning tashqi ta'sirlarga sezgirligi, xulqining hissiyligi, 
impulьsivligi yoki vazminligi, muloqotmandligi yoki tortinchoqligi, ijtimoiy 
moslashuvchanligining osonligi yoki qiyinligi, irodaviy zo'r berishlarga qodirligi 
namoyon bo'ladi. 
Odam xulqining psixodinamik xususiyatlari uning oliy nerv faoliyati 
xususiyatlari bilan shartlanadi. 
Oldingi 
bobda 
to'xtalib 
o'tilganidek, 
I.P.Pavlov 
tomonidan 
nerv 
jarayonlarining uchta asosiy xususiyatlari ajratib ko'rsatilgan. Bular: nerv 
jarayonlarining kuchi, muvozanati va ko'chishi. Ularning turlicha kombina-
tsiyasi, temperamentning to'rt tipi asosini belgilab beruvchi, oliy nerv faoliyatining 
to'rt tipini tashkil qiladi. 
Hozirgi zamon psixologiyasida qo'llaniladigan temperament tiplarining 
nomlanishi qadimgi grek vrachi Gippokrat (er. av. 460-397 y.y.) tomonidan ilmiy 
muomalaga kiritilgan. U o'z ishlarida temperament tiplarini odam ogranizmida turli 
suyuqliklar [qon (sangvios) – sangviniklarda, sariq o't (jeltoy jelchi, xole) - 
xoleriklarda, zardob (limfa, flegma) - flegmatiklarda va qora o't (melayne - xole - 
melanxoliklarda]ning qaysi biri ko'pligi bilan bog'laydi. 
Temperamentlarda ifodalanuvchi nerv faoliyati xususiyatlari majmui
individning qator psixik xususiyatlarini shartlaydi. Bular:
1. Psixik jarayonlar, psixik faollik, muskul-motor ta'sirchanlik. 
2. Xulqning aksariyat hollarda tashqi taassurotlarga bo'ysunganligi 
(ekstraversiya) yoki odamning ichki olami, uning hissiyotlari, tasavvurlariga 
bo'ysunish (introversiya). 
3. Qayishqoqlik, tashqi o'zgaruvchan sharoitlarga moslashuvchanlik, 
stereotiplarning o'zgaruvchanligi (harakatchanligi), ularning egiluvchan yoki 
qattiqligi (o'zgarmasligi).
4. Sezgirlik, senzitivlik, ta'sirlanuvchanlik, hissiy ta'sirlanuvchanlik, hissiyot 
kuchi, ularning turg'unligi.


86 
Temperamentning ayrim turlarida yuqorida ko'rib o'tilgan sifatlar turli 
nisbatda “qorishib” ketishi kuzatiladi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, temperamentning to'rtta asosiy tipi farqlanadi. 
Bular: a) sangvinik; b) xolerik; v) flegmatik; g) melanxolik. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling