O'zbekiston respublikasi profi universitety
lashtirilgan mexanizmidir
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatli
- Ijtimoiy-pertseptiv
lashtirilgan mexanizmidir.
Hayvonot olamida, xulq usullari tashqi vaziyatning dolzarb, kundalik organik ehtiyojlar bilan reflektor munosabatda bo'lishida belgilanadi. Masalan, ochlik tashqi vaziyatga bog'liq ravishda ma'lum bir xatti-harakatni yuzaga keltiradi (chaqiradi). Odam hayotida esa tashqi vaziyat, sharoitning o'zi turli ehtiyojlarni dolzarblashtirib yuborishi mumkin. Masalan, jinoiy xavfli vaziyatlarda bir odam faqat organik ehtiyojini, o'zini-o'zi himoya qilishni qondirishga harakat qilsa, boshqasida fuqarolik burchini bajarish ehtiyoji, boshqa odamlarga yordam berish ehtiyoji ustunlik qilishi mumkin, uchinchi odam esa - o'zini kurashga uradi va sh.k. Odamni ongli xulqining barcha shakl va usullari uni voqelikning turli tomonlariga nisbatan bo'lgan munosabati bilan belgilanadi. Odamning motivatsion holati, ularning ikkinchi signallar sistemasi - so'z bilan boshqarilishiga ko'ra hayvonlarning motivatsion holatidan keskin farq qiladi. Odamning motivatsion holatlariga: ustanovkalar, qiziqishlar, xohish, istak, intilish va ishtiyoqlar kiradi. 4 §. Motivatsion holatlar turlari: ustanovkalar, qiziqishlar, xohish, istak, intilish, ishtiyoqlar Ustanovka - bu ma'lum bir vaziyatda, ma'lum bir tarzdagi xatti- harakatni amalga oshirishga stereotip tayyorlik. Ya'ni, ustanovka - organizmning u yoki bu faoliyatni amalga oshirishga tayyorlik holatidir. Stereotip xulqqa bunday tayyorlik o'tmish tajribasi asosida yuzaga keladi. Ustanovka xulqiy aktning anglanilmagan asosi hisoblanadi, unda na xatti-harakat maqsadi, na ehtiyoj anglanilmaydi. Ustanovkaning quyidagi turlari farqlanadi: 1) Vaziyatli - harakat (motor) ustanovkalari (masalan, qo'l barmoqlarining katta yoki kichik predmetlar bilan ishlashga tayyorligi). 2) Sensor - pertseptiv (sezgi-idrok) ustanovkalari (qo'ng'iroqni kutish, umumiy shovqin fonidan ahamiyatli signalni ajratib olish). 3) Ijtimoiy-pertseptiv ustanovka - ijtimoiy ahamiyatli ob'ektlarni idrok qilish stereotiplari (masalan, tatuirovkalarning borligi shaxsda kriminallik alomatlari bordek izoh etilishi, baholanishi. Mas., mashhur kino filьmlardan birida V.Vыsotskiy ijro etgan kapitan Jeglov ta'kidlaganidek “O'g'ri qamoqxonada o'tirishi kerak!”). 96 4) Kognitiv - bilish ustanovkalari (tergovchining so'roq qilinayotgan odamning aybdorligiga oldindan ishonishi, uning ongida ayblovchi isbotlarning ustunlik qilishiga olib keladi, oqlovchi isbotlar esa ikkinchi planga o'tib qoladi). 5) Mnemik ustanovkalar - ahamiyatli materiallarni eslab qolishga bo'lgan ustanovka. Lekin, ko'pchilik holatlarda odam mazkur xatti-harakatlarning zarur shartlarini anglaydi, ularning natijalarini ideal obrazlarda tasavvur qiladi, bu xatti- harakatlar maqsadini anglaydi. Xulqning ob'ektiv sharoitlari tushunchalar tizimida anglanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling