107
Odam ma'naviyatining oliy darajada namoyon bo'lish ko'rinishlaridan biri,
uning boshqa odamlarga hamdard bo'la olishi (
alьtruizm),
boshqalar manfaati
uchun o'zini chegaralash va hatto o'z manfaatidan voz kecha olishidir. Egoistik
undovchilarni (egoistik xohish, istaklarini) o'zi bosa
olish qobiliyati - odam
mohiyati oliy ko'rinishlaridan biridir.
“Boshqa odamlarga ham xuddi o'zingga
bo'lgandek munosabatda bo'l: bir odamning yutug'i (omadi)
boshqa
odamning jabrlanishi evaziga to'lanmasligi kerak”, - degan kabi talablar odam
xulqining oltin qoidasi, so'zsiz talabi bo'lishi kerak.
Individ tomonidan qabul qilingan, boshqa odamlar bilan bo'ladigan
munosabatlar tizimini to'rtta asosiy sxemaga bo'lish mumkin.
1
. “Men yaxshiman va boshqa odamlar ham yaxshi” - ijtimoiy
moslashgan shaxsga xos qadriyatli - yo'naltirilgan sxema. Bu mehribonlik,
yuqori
ijtimoiy kommunikativlik,
xushchaqchaqlik, intilish (da'vo) darajasining
adekvatligi, qiyin vaziyatlarda psixik turg'unlik kabilar bilan farqlanib turadi.
Bu
oliy darajada ijtimoiylashgan, psixik turg'un shaxs tipi. Uning
xarakterini,
xulqini
tashkil
qiluvchi
sifatlar,
uning
ijtimoiy
identifi-
katsiyalanganligi, alьtruizm, ijtimoiy mas'uliyatlilikni o'tkir his qilish kabilardir.
Bunday odamning xulqi ochiqlik, vijdonlilik, izchillik bilan xarakterlanadi.
2. Men yomon, boshqa odamlar esa yaxshi - intilish (da'vo) darajasi past,
qat'iyyatsiz, o'z imkoniyatlaridan
doimo shubhalanuvchi, qiyin vaziyatlarda ruhiy
noturg'unlikni
namoyon qiladigan, ijtimoiy aloqalarni o'rnatishda qiynaladigan
odamlarning hayotiy sxemasidir. Odatda, bular nerv faoliyati tipi sust bo'lgan
odamlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: