O'zbekiston respublikasi profi universitety


amalga oshiradigan o'zaro munosabatidir


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

amalga oshiradigan o'zaro munosabatidir. U inson faolligining atrof olamni, 
jumladan o'zini, o'zining turmush tarzini ham, bilish va ijodiy o'zgartirishga 
qaratilgan maxsus turidir. Odam faoliyatda moddiy va ma'naviy madaniyat 
predmetlarini yaratadi, o'z qobiliyatlarini rivojlantiradi, o'zgartiradi, tabiatni 
muhofaza qiladi va takomillashtiradi, jamiyatlar quradi, uning faolligisiz tabiatda 
bo'lmaydigan narsalarni yaratadi. Odamzod faoliyatining ijodiy xarakterdaligi 
shunda namoyon bo'ladiki, o'z faoliyati tufayli, o'zining tabiiy chegarasidan 
chiqadi, ya'ni o'zining genotipik shartlangan imkoniyatlari doirasidan chiqib keta 
oladi. Odam o'z faoliyatining ijodkorlik, maxsuldorlik xarakteri oqibatida o'ziga va 
tabiatga ta'sir ko'rsata olish quroli, belgilar sistemasini yaratdi. Bu qurollardan 
foydalangan holda, u zamonaviy jamiyatlar, shaharlar qurdi, mashinalar yaratdi, 
ularning yordamida yangi moddiy, ma'naviy, madaniy iste'mol predmetlarini ishlab 
chiqdi, va oxir-oqibatda o'zini-o'zi o'zgartirdi. Insoniyat taraqqiyotida so'ngi bir 
necha o'n ming yilliklar mobaynida ro'y bergan tarixiy jarayonlarning sodir 
bo'lishi, odamni biologik tabiatining takomillashuvi hisobiga emas, balki aynan 
shu, uning faoliyati evaziga ro'y bergan. 


114 
Iste'mol buyumlarini yaratib va ularni takomillashtirib borar ekan, odam 
o'zining qobiliyatini rivojlantirishidan tashqari, yana o'zining ehtiyojini ham 
rivojlantirib boradi. Moddiy va ma'naviy madaniyat predmetlari bilan bog'liq bo'lar 
ekan, odamlarning ehtiyoji ham madaniy xarakter kashf etib boradi. 
Odam faoliyati hayvonlar faolligidan printsipial jihatdan boshqa 
munosabatlarda ham farq qiladi. Agar hayvonlar faolligi tabiiy ehtiyojlar tufayli 
yuzaga kelsa, odam faoliyati asosan sun'iy ehtiyojlar tufayli yuzaga keladi va 
qo'llab turiladi. Bu sun'iy ehtiyojlar hozirgi zamon va o'tgan avlod vakillarining 
tarixiy-madaniy rivojlanish yutuqlarini o'zlashtirish evaziga yuzaga keladi. Ular - 
bilishga (ilmiy va badiiy), ijodga, ma'naviy takomillashuv va boshqalarga bo'lgan 
ehtiyojlardir. 
Odam faoliyatining shakli va tuzilish usuli ham hayvonlar faolligidan 
farqlanadi. Ularning deyarli barchasi, hayvonlarda kuzatilmaydigan, - ongli 
ravishda maqsadga muvofiq tashkil qilingan ta'lim natijasida o'zlashtirilgan, 
ko'nikma va malakalar, murakkab harakat ko'nikmalari va malakalari bilan 
bog'langan. Ilk bolalikdanoq bola uy-ro'zg'or buyumlari (qoshiq, sanchqi, kiyim, 
stol, stul, qalam, qog'oz va boshq.), turli asbob-anjomlarlar bilan odamlardek 
foydalanishga maxsus o'rgatiladi. Ular odamlar foydalanishi mumkin bo'lgan 
buyumlar mantig'iga bo'ysuna boradilar. Hayvonlarning tabiiy faolligidan 
farqlanuvchi, predmetli faoliyat yuzaga keladi.
Hayvonlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar tizimi, ular 
organizmining anatomo-fiziologik tuzilishi bilan shartlangan. Insoniy moddiy 
madaniyat predmetlari (kitoblar, qalam, qoshiq va sh.k.) bilan, hayvonlar xuddi 
boshqa tabiiy predmetlar bilan qanday “ishlasalar”, shunday, ularning madaniy 
mohiyatini va ulardan odamlar qanday foydalanish usullarini hisobga olmagan 
holda munosabatda bo'ladilar. Odamda oyoq va qo'llarning harakati ham ma'lum 
bir predmetdan foydalanishning madaniy qoidalariga bo'ysunar ekan o'zgarib 
boradi, ya'ni sun'iyroq, yanada takomillashgan va ijtimoiy shartlangan bo'lib boradi 
(o'ng qo'l, chap qo'l, o'ngaqo'y - chapaqo'yga munosabat ...). 
Hayvonlar ularga tabiatdan berilgan narsalarni faqat iste'mol qiladi, odam 
esa aksincha, iste'mol qilganiga qaraganda ko'proq yaratadi. Agar odamlar 
faoliyati, hayvonlar faolligidek, asosan iste'molchilik xarakteriga ega bo'lganida 
edi, unda odamlarning bir necha o'nlab avlodi nisbatan qisqa tarixiy davrda bunaqa 
jarayonga erishmagan, ulkan ma'naviy va madaniy madaniyat olamini yaratmagan 
bo'lardi. Bularning barchasi - inson faolligining faoliyatli xarakteri evaziga 
ro'yobga chiqqan. 
Shunday qilib odam faoliyatining hayvonlar faolligidan asosiy farqi 
quyidagilarda namoyon bo'ladi: 
1. Odam faoliyati mahsuldorlik, ijodiy, yaratuvchilik xarakteriga ega. 
Hayvonlar faolligi esa, iste'molchilik asosiga ega. Natijada u unga tabiat 
tomonidan ato etilganlardan tashqari yangi hech nima ishlab chiqmaydi va 
yaratmaydi. 
2. Odam faoliyati ular tomonidan yoki qurol-aslaha, asbob-anjom sifatida 
foydalaniladigan, yoki ehtiyojlarni qondirish predmeti sifati-da, yoki o'zining 
rivojlantirish vositasi sifatida foydalaniladigan moddiy va ma'naviy madaniyat 


115 
predmetlari bilan bog'liq. Hayvonlar uchun odamlar qurollari va ehtiyojni 
qondirish predmetlari odamlardagidek mohiyatga ega emas. 
3. Odam faoliyati uning o'zini, uning qobiliyatlarini, ehtiyojlarini, turmush 
tarzini o'zgartiradi. Hayvonlar faolligi esa, amalda na ularning o'zini va na ularning 
tashqi yashash sharoitini o'zgartirmaydi. 
4. Odam faoliyati o'zining turli shakllari va amalga oshirilish vositalariga 
ko'ra tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Hayvonlar faolligi esa, ularning biologik 
evolyutsiyasi natijasi hisoblanadi. 
5. Odam faoliyatining predmetliligi unga tug'ilganidanoq berilmaydi. U 
atrofdagi predmetlardan foydalanish usullari va ularning madaniy mohiyatida 
“berilgan”. Bunday faoliyatni ta'lim va tarbiyada shakllantirish va rivojlantirish 
kerak. Xuddi shuningdek, amaliy faoliyatni tashqi tomonlarini boshqaruvchi, 
ichki, neyrofiziologik va psixologik tuzilishlar ham shunday amalga oshadi. 
Hayvonlarning faolligi esa oldindan berilgan, genotipik shartlangan va 
organizmning tabiiy anatomo-fiziologik yetilishiga ko'ra amalga oshib boradi. 
Faoliyat nafaqat faollikdan, balki xulqdan ham farq qiladi. Xulq hamma vaqt 
ham maqsadga muvofiq bo'lavermaydi, ma'lum bir mahsulotni yaratishni nazarda 
tutmaydi, u ko'pincha passiv xarakterga ega bo'ladi. Faoliyat esa, hamma vaqt 
maqsadga yo'naltirilgan, faol, qandaydir bir mahsulotni yaratishga qaratilgan 
bo'ladi. Xulq spontan (“nima bo'lsa bo'lar”), faoliyat tashkiliy; xulq xaotik, faoliyat 
sistemali bo'ladi. 
Odam faoliyati quyidagi asosiy xarakteristika: motiv, masad, predmet, 
tuzilish va vositaga ega bo'ladi. Faoliyatga nimaiki undasa, nima uchun shu 
faoliyat amalga oshirilayotgan bo'lsa, shular faoliyat motivi deb ataladi. Faoliyat 
motivi sifatida odatda, mazkur faoliyat davomida va uning yordamida 
qondiriladigan muayyan ehtiyoj xizmat qiladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling