O'zbekiston respublikasi profi universitety


Moslashishi kamaytirilgan nizoli tip


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

3. Moslashishi kamaytirilgan nizoli tip - hissiy undovchilari va ijtimoiy 
majburiyatlari o'rtasidagi ziddiyat (nizo) bilan farqlanuvchi, impulьsivligi, salbiy 
hissiyotlarining ustunligi, kommunikativ xususiyatlarining rivojlanganligi, o'z-
o'zini anglashning yetarlicha tuzilmaganligi bilan farqlanadi.
Mazkur tipga mansub odamlarning tashqi olam bilan bo'ladigan ayrim 
aloqalari qandaydir bir umumiy xulqiy tizimga kiritilmagan bo'ladi. Bunday 
odamlarning hayoti soddalashtirilgan sxema bo'yicha kechadi. Ularning fikricha, 
o'zgaruvchan ehtiyojlar biron bir jiddiy zo'riqishlarsiz zudlik bilan qondirilishi 
lozim.
Bunday odamlar katta hayotiy tajriba bilan o'zlarini qiynab o'tirmaydilar, 
ularni ertangi kuni ham qiziqtirmaydi. Ular yashash uchun kurashda 
toblanmaganlar. Ular bolalik davrlarida, odatda o'ta ortiqcha g'amxo'rlik ostida 
bo'lganlar, haddan tashqari mehribon odamlar qurshovida bo'lgan. Ular infantillik 
(yaxshi yetilmay qolganlik), ma'lum bir hayotiy qiyinchiliklarga moslashmaganlik 
bilan farqlanadi. 
Ular hayotiy faoliyatining asosiy mexanizmi - qoniqish (gedonizm - huzur-
halovatga intilish). Bunday tip odamlar barcha og'ir vaziyatlarni o'tkir nizoli 
vaziyat sifatida idrok qiladilar va voqelikni buzilgan holda aks ettirishga - 
anglanmagan psixologik yolg'on himoyaga o'tib oladilar (injiqlik, qaysarlik, shirin 
xayollar va besamar orzular olamiga kirib ketish).
4. Xarakterning o'zgaruvchan (variativ) tipihayotiy pozitsiyalarining 
noturg'unligi, printsipsizligi natijasida muhitga tashqi moslashuvchan tip. Bu - 
shaxs rivojlanganligining past darajadaligidan, unda xulqning turg'un usuli 
yo'qligidan dalolat beradi. Xaraktersizlik, doimiy moslashuvchanlik - xulqni 
egiluvchanligining sun'iyligi (surrogati) bu tip vakillariga xosdir. 
Bu tip odamlar ichki olamining oddiyligi bilan farqlanib turadilar, ularning 
yashash uchun kurashi dangal. Ular o'zlarining manfaatparastlik maqsadlariga 
erishishda shubhalanish va ikkilanishlarni namoyon qilmaydi, hech qanday ichki 
chegaralanishlarga ega emas. Ular uchun faqat bitta - tashqi to'siqqina ma'lum. 
Voqelik ular uchun faqat “texnik” xarakterga ega bo'lgan masalalardagina tashvish 
tug'dirishi mumkin. Ya'ni, ularni asosan - qanday qilib va nima qilib bo'lmasin 
imkon qadar ko'p miqdorda o'tkinchi ne'matlar (mol-mulk) to'plash ko'proq 
tashvishlantiradi. Bu “realistlar” tipi: bunday odamlar o'z ehtiyojlarini mavjud 
bo'lgan imkoniyatlar doirasidan maksimal, imkon qadar to'la qondirishga 


105 
intiladilar. Moslashuvchanlik, biror joyga yaxshi o'rnashib olish, ichki olamini 
tashqi 
shart-sharoitlarga 
moslashtirish 
kabilar 

bunday 
odamlarni 
moslashuvchanligining umumiy usulidir. 
Individual xulqning o'rtacha standarti bo'lmaydi. Har bir odam xulqi o'zining 
u yoki bu tarzda namoyon bo'lishiga ko'ra o'rtacha me'yordan sezilarli darajada 
chetlashadi (og'adi). Ko'pchilik aqliy iste'dodli, hatto genial odamlar ham 
bolaligidan qobiliyatsiz, xulqida g'alati qiliqlari bo'lganligini tan oladilar. 
Faoliyatning bir sohasida qobiliyatli bo'lgan odam, ko'pincha boshqa 
sohalarda qobiliyatsiz bo'lishi mumkin. Odamlar muloqot va faoliyatni o'zlarining 
xarakteriga eng ko'p mos tushadigan jihatlarida o'zlarini ro'yobga chiqarishga 
intiladilar. 
Xarakterga individ tajribasida mustahkamlangan xulqning ijrochi usullari 
tizimi sifatidagina qaramaslik kerak. Xarakterda individning barcha psixik 
xususiyatlari mujassamlashgan bo'ladi. Individ xulqning qanday shakllarini tanlab 
olishi, nafaqat muhitga, balki uning emotsional va intellektual tuzilishiga ham 
bog'liq bo'ladi. Individ tomonidan “oqlanmaydigan” (qoralanadigan) xulqiy 
yo'nalishlar tormozlanadi va so'ndiriladi. Individning o'z-o'zini ro'yobga 
chiqarishiga yordam beruvchi usullar esa qabul qilinadi. 
Individning xulqiy vaziyatlarni adekvat baholay olishi, optimal qarorlarni 
qabul qilish va ularni amalga oshira olish qobiliyati, xarakterning muhim sifati 
hisoblanadi. Xarakterning shakllanishi individning o'rganishga qobiliyati, 
o'rganishning turli yosh davrlaridagi real imkoniyatlari, psixik yetilishining turli 
bosqichlari bilan bog'liq. 
Individning xulqiy tajribasida xulqning adaptiv va dezadaptiv shakllari ham 
to'planib borishi mumkin. Odam psixikasining madaniy qatlamlari ostida, 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling