Mavzu: Diqqat haqida tushuncha. Diqqat va faoliyat, diqqat turlari va xususiyatlari


Download 114.97 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi114.97 Kb.
#1352848
  1   2   3   4
Bog'liq
1 mustaqil ish




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

"Telekommunikatsiya texnologiyalari" fakulteti
“Pedagogika.Psixologiya” fanidan


Mustaqil ish -1


Bajardi: Bahodirov.U
Qabul qildi: Musinov.S


SAMARQAND – 2022

Mavzu: Diqqat haqida tushuncha . Diqqat va faoliyat, diqqat turlari va xususiyatlari.
Reja

1.Diqqat haqida tushuncha.
2. Diqqatning fiziologik mexanizmlari.

3. Diqqat turlari.

4. Diqqatning asosiy xususiyatlari.

5. Xulosa
6. Adabiyotlar.

1. Diqqat haqida tushuncha.
Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo’naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xattiharakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Ta`lim va inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat yosh ulg`ayishi bilan, inson faoliyati davomida asosan tarbiyaning ta`siri ostida o`sib boradi. Katta yoshdagi kishilar bolalarning diqqatini biron bir narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki yoshga etishi bilan ko`rina boshlaydi. Bunda bola diqqatining to`planishi va barqarorligini saqlab turish uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor ravishda o`ziga jalb qiladigan qo`zg`atuvchilarning taassurotini engishga to`g`ri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartiblilikka, intizomli bo`lishga va jamiyatda yashash koidalariga o`rgatadilar. Bo`larning hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. 5 yoshdan boshlab ixtiyoriy diqqat bolaning o`z tashabbusi bilan ham o`sa boshlaydi. Bolalardagi ixtiyoriy diqqat maktab yoshidan boshlab tez o`sa boshlaydi. O`qish jarayonining o`zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning to`planishi va barqarorligining o`sishiga yordam beradi. Bolalarning yoshlari ulg`aygan sari diqqatning ayrim sifatlari kulami, kuchuvchanligi, kuchi va barqarorligi o`sib boradi. Bolalarning diqqati avvalo kulamining torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan kuchishi va bo`linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshli bolalarda biz faqat tor kontsentratsiyalashgan diqqatni ko`rishimiz mumkin. Masalan: bolaga bir narsa berib bir qo`liga ushlatib qo`yib, ikkinchi qo`liga boshqa narsa bersak, u birinchi qo`lidagi narsani tashlab yuboradi, demak, bolaning diqqati o`z qo`lida ushlab turgan narsaga taqsimlana olmaydi. Keyinchalik diqqatining bo`linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalarning o`yin faoliyatlarida, o`qish va amaliy mehnat jarayonida o`sib boradi.
Bolalarning yoshlari ulg`aygan sari diqqatning kuchi va barqarorligi o`sa boradi. Bu xususiyatlari o`yin, mehnat va o`qish jarayonlarida o`sadi.
O`qish jarayoni uchun diqqatning ma`lum darajada kuchli va barqaror bo`lishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o`sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining o`sishi katta yordam beradi. Bola hayotining dastlabki onlariga ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi. SHuning uchun avval bola tashqaridan keladigan qo`zg`atuvchilarga qattiq ovozlar, yorqin ranglarga, ta`sirli bo`ladi. Bola hayotining uchinchi oylaridan boshlab, ob`ektning tashqi tomonlariga ko`proq qiziqa boshlaydi. endi bola biror predmetga ko`proq qarashi, uni og`ziga solishi mumkin. YAltiroq narsalar uning diqqatini torta boshlaydi.
Bola yoshining oxirgi yoki ikkinchi yoshining boshlarida ixtiyoriy diqqat shakllana boshlaydi. 2 yoshli bolalarda ongning elementlari ixtiyoriy diqqat bilan birga paydo bo`la boshlaydi. Bola ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o`yin katta ahamiyatga egadir. Agar bog`cha yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat mustahkam bo`lmasa, ixtiyoriy diqqat mustahkam bo`lmaydi. Ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda o`quv jarayoni muhim ahamiyatga ega, ya`ni darsda qanday utirish, maktab topshiriqlari, o`qituvchini eshitish, ularning hammasi ixtiyoriy diqqatning shakllanishida katta rol’ uynaydi. Maktabgacha bolalik davridagi diqqat ixtiyorsiz bo`ladi. Maktab yoshidagi bolalar o`z diqqatlarini boshqara olmaydilar. Diqqatning ixtiyoriy turi o`yin davomida faqat epizodik tarzda sodir bo`ladi. O`quv faoliyati juda murakkabligi, majburiyligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan diqqatning rivojlanishiga jiddiy talablar kuyadi.
Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatining asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining o`sib borishidir. quyi sinf o`quvchilarida ixtiyoriy diqqatning beqarorligiga sabab, ular asab tizimining tez charchashi, tormozlanish jarayonining kuchsizligidir. SHuning uchun o`qituvchi o`quvchilar diqqatini tarbiyalashda o`quv materialining mumkin qadar qiziqarli ko`rgazmalar, xilma - xil bo`lishiga harakat qilishi kerak, o`quvchilarni faollashtirishga intilishi, mashg`ulot davomida tanaffus berish imkoniyatlarini avvaldan o`ylab ko`rishi lozim. O`quv faoliyatini to`g`ri tashqil etish boshlangich sinflardaek shakllanib, o`smirlik yoshida mustahkamlanadigan diqqatlilikka odatlanishga zamin hozirlaydi. O`smirda har xil narsalarni bilishga qiziqish, ko`p narsalarni mustaqil bajarishga nisbatan jo`shqin g`ayrat, istak uyg`onadi. Bu bir tomondan, diqqatning to`planishi va barqarorligining oshishiga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, parishonxotirlik, engil chalg`ish hollarini keltirib chiqaradi, chunki hali o`smir faol jalb etishigina unda diqqatning holatini aniqlash, uni dars materialiga yo`naltirish va unda tutib turish imkonini beradi.
O`qituvchining moxirona rahbarligi va kuchli nazorati o`rta yoshdagi o`quvchilarning diqqatini to`g`ri tarbiyalashni ta`minlaydi. Bunday sharoitda o`smirning o`zi ham o`zida ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashga harakat qila boshlaydi. Ilk yigitlik yoshi davri diqqatning barcha xususiyatlari va turlarini yanada rivojlantirish bilan bog`liq. Bu yoshda bilishga qiziqish keng doirasi bilan ta`limga oliy ma`suliyatli bo`lish, kelgusi mehnat faoliyati uchun uning ahamiyati tushunishning birgalikda rivojlanishi ancha mahsuldor so`nggi ixtiyoriy diqqatning, ya`ni irodaviy diqqatning paydo bo`lishi hamda rivojlanishiga zamin hozirlaydi.
Ko`p yillik o`qish davomida tobora qiyin masalalarni echish jarayonida diqqat bilan ishlash odati paydo bo`ladi, uning natijasi yuqori sinf o`quvchisi uning uchun qiyin, qiziqarsiz bo`lgan ish ustida o`z diqqatini nisbatan engil to`play oladigan bo`ladi.
Bunday yigit - qizlar murakkab, mavhum, nazariy, materialning qunt bilan o`rganish qobiliyatiga ega bo`ladi. Aslida esa kichik maktab yoshidagi bola, hatto o`smir ham ko`rgazmali va aniq materialga tayanishga muhtoj bo`ladi. YUqori sinflarda diqqatni jalb etish va tutib turishda o`qitishning mazmundorligi, mantiqiyligi hal qiluvchi rol’ o`ynaydi.

Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqgaga to’plab, muayyan bir ob’yektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning ob’yekti bo’la oladi.



Download 114.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling