Mavzu: Diqqat haqida tushuncha. Diqqat va faoliyat, diqqat turlari va xususiyatlari


Download 114.97 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi114.97 Kb.
#1352848
1   2   3   4
Bog'liq
1 mustaqil ish


3.Diqqatning turlari.

Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bo`linadi:
1. Ixtiyorsiz diqqat;
2. Ixtiyoriy diqqat;
3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo`linadi.
Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik faoliyatning yo`naltirishi va to`planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni o`z - o`ziga jalb eta oladi. Odam o`ziga ta`sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e`lonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz ko`zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma`lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi ixtiyoriy tabiatga ega bo`lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Masalan: maktab o`quvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb bilamiz. Ba`zan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o`rinda biz odatda diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich bog`lanib ketgan murakkab sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda turli toifalarga bo`lamiz. Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra, nisbiy kuchi muhimroq rol o`ynaydi.
Qo`zg`atuvchining to`xtatib ta`sir qilishi muhim ahamiyatga egadir. Bizga doim ta`sir qilib turuvchi yorug`likka qaraganda ma`lum vaqt oralig`ida yonib - uchib turuvchi yorug`lik diqqatimizni o`ziga tezroq jalb qiladi. Xuddi shuningdek qo`zg`atuvchining to`xtashi ham diqqatimizni jalb qiladi. Masalan: o`quvchi bir xil shovqinda dars tayyorlayotgan bo`lsa (ventilyator shovqinida), shovkinni payqamaydi, agar shovqin to`xtasa u darhol sezadi. Qo`zg`atuvchining tashqi xarakterimizga bog`liq bo`lgan diqqatni deyarli majburiy diqqat deb hisoblashimiz mumkin. Pedagogik amaliyot, albatta diqqatni tug`diruvchan mana shu toifadagi sabablar bilan hisoblashmog`i lozim. O`qituvchi o`quvchilar diqqatini jalb qilish uchun ba`zan kattiqroq gapirishi yoki ovozni pasaytirib gapirishi mumkin. Lekin bunday usullar maktabda diqqatni hal qilish masalasini hech qachon oxirigacha hal qilib bermaydi. Bu usuldan so`ng va ular bilan birga o`quvchilar diqqatini jalb qilishning boshqa usullaridan foydalanmog`i lozim.
Ixtiyoriy diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi toifa sabablariga tashqi qo`zg`atuvchilarning odamning ichki holatiga va avvalo odamda mavjud bo`lgan ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Masalan: kornimiz och paytida biror mazali hid beixtiyor diqqatimizni o`ziga jalb etadi. Agar qornimiz to`q bo`lsa, bu hidni payqamasligimiz ham mumkin. Bu toifadagi sabablarga maroqlilik hamda jozibadorlik kiradi. Agar o`qituvchining gapirayotgan gapi har xil hissiyotlarni tug`diruvchi tasavvurlarni almashtirib tursa, o`quvchilarning diqqatlari so`saymaydi. Bunday diqqatni emotsional diqqat deb atashimiz mumkin.
Diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarga yana ilgarigi tajribalarning ta`siri, jumladan bilimlarning va tasavvurlarimizning ta`siri, hamda ko`pincha diqqatni jalb qilishda ahamiyatga ega bo`lgan malaka va odatlarning ta`siri kiradi. Diqqatni jalb qilishda inson shaxsi umumiy yo`nalishining va diqqatni yuzaga keltirishning muhim sabablaridan biri bo`lgan qiziqishlarning ta`siri nihoyatda kattadir. Nimaiki narsa bizga bevosita qiziqarli bo`lsa, diqqatimizni beixtiyor o`ziga jalb qiladi. Bolaning ilk yoshida ham, maktab yoshidagi paytlarda ham diqqatni jalb qilish uchun qiziqtirishning ta`siri ayniqsa kattadir. Qiziqishdan diqqatni jalb qilish vositasi sifatida foydalanilar ekan, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qiziqish bizning ilgarigi tajribamiz bilan bizdagi mavjud bilimlarga mustahkamlik bog`lab olib borishimiz kerak. O`quv materiallarini maroqli bayon qilish izchillik va tizimlilik bilan qo`shilib doimiy qiziqish hamda o`zluksiz diqqatni ta`minlaydi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan shuning bilan farq qiladiki, u narsalarga qabul qilingan qarorlar ta`siri va ongli suratda ko`zlangan maqsadlarimiz asosida qaratiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni o`ziga shunchaki jalb qilib olsa, ixtiyoriy diqqatda biz ixtiyorimizni qaratish uchun esa o`z oldimizga qo`yamiz, qiyinchiliklarni engib, diqqatni to`plash uchun kurashib va har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab, diqqatimizni ongli suratda biror ishga qaratamiz. Ixtiyoriy diqqatning o`ziga xos xususiyati mana shu maqsad ko`zlashda, irodaviy zo`r berishda namoyon bo`ladi. Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo`lishidir. Qandaydir biror faoliyat bilan shug`ullanishga qaror qabul qilar ekanmiz, diqqatimizni hatto ayni chog`da biz uchun qiziqarli bo`lmagan, lekin shug`ullanishimiz lozim topgan narsalarga ongli suratda qaratamiz. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qiladi. Mehnat maqsadga muvofiq faoliyatdir. Maqsad ko`zlash esa o`z tarkibiga diqqatni yo`naltirishni ham oladi. Ixtiyoriy diqqat xuddi ixtiyorsiz diqqat kabi odamni qiziqishlari bilan mustahkam bog`liqdir. Ixtiyoriy diqqatda qiziqishlar, asosan bevositalik xarakteriga ega bo`ladi. Bunday qiziqishlar maqsad, ya`ni faoliyat natijalari bilan bog`liq bo`lgan qiziqishlardir.
Ixtiyoriy diqqatdan tashqari diqqatning yana bitta to`rini kayd qilib o`tish lozim, u ixtiyoriy diqqat kabi, maqsadga qaratilgan bo`lib, lekin irodaviy zo`r berishni talab qilmaydi. Masalan: bir o`quvchi matematikadan qiyin misol echishga kirishdi, lekin uni echa olmadi. U o`zicha eshikka qaraydi, uni-buni eshitadi, beixtiyor nimalarnidir yozadi. Birdan misol echishning yo`lini tushuna boshlab misolni echadi. O`quvchining ixtiyoriy diqqati muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatga aylanadi.
Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bo`lmaydi. CHunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ongli suratda ko`zlangan maqsadlar bilan bog`liq bo`ladi va ongli qiziqishlar qo`llab turiladi. Ikkinchi tomondan muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga o`xshamaydi, chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zo`r berish deyarli bo`lmaydi. SHuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jihatidan farq qiladi.

Psixologiyada ikki xil diqqat turi farq qiladi. Ulardan biri ixtiyorsiz diqqat bo’lsa, ikkinchisi- ixtiyoriy diqqatdir.


Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini oriyentirovka yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi.
Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujulga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilanalmashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi.
Diqqatning asosiy turlari ixtiyyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bulish xissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb xam ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi sungi ixtiyoriy diqqat bo’lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning uziga xos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus zur berishni talab kilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki xodisaning bevosita kizikish uygotishidan paydo bo’ladi.
Ta’lim jarayonida xam umumiy mexnat faoliyatidagi singari, ixtiyoriy diqqat xal kiluvchi rol uynaydi. Diqqatning bu turi ixtiyorsiz diqqatdan, birinchidan, kuzlagan maqsadi bilan fark qiladi, ya’ni u kishining uz oldiga kuygan maqsadiga bog’liq bo’ladi. Ikkinchidan, undan uyushkoklikni talab etadi, bu avvaldan diqqatni tuplashga tayorgarlikda, shuningdek etiborining tuplanish jarayonini boshqara bilishda ifodalanadigan uyushkoklikdir. Uchinchidan, irodaviy diqqatga diqqatni jalb qilish va saklash jarayonida zur berish bilan bog’liq bo’lgan kuch sarflash xos. Nixoyat, turtinchidan, u faoliyat jarayonidagi uta barqarorligi bilan fark qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Faoliyat jarayonida, ko’pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy ishdan bo’lak narsalarga ko’chib turishi uchraydi. Bunday xodisani diqqatning chalg’ishi deb ataladi. Ixtiyorsiz diqqatni ham va ixtiyoriy diqqat ham o’zining yo’nalishiga ko’ra tashqi va ichki bo’lishi mumkin.
Manbai bizning ongimizda tashqarida bo’lgan diqqatga tashqi diqqat deb ataladi. Tashqi diqqat dastavval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon bo’ladi. Shafyor, vagon haydovchisi, tikuvchining ishida sodir bo’ladigan diqqat tashqi diqqatga misol bo’la oladi. Manbai bizning tasavvurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va mayllarimizdan iborat bo’lgan diqqatga ichki diqqat deb ataladi. Biz ongimizning uzida sodir bo’layotgan jarayonlarni kuzatayotganimizda, ya’ni o’z xissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaklarimizni va shuning kabilarni kuzatayotganimizda ichki diqqat namoyon bo’ladi.


Download 114.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling