jadvali", unda o'rganiladigan aososiy fenomenlar: hodisalar, jarayonlar,
holatlar, xususiyatlarni yuzaga kelishi va namoyon bo'lishining umumiy
mexanizmlari va umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimlar hisoblanadi.
Qo'llanmaning nomlanishidan kelib chiqqan holda, uni tayyorlashda, umumiy va
ijtimoiy psixologiyada o'rganiladigan fenomenlarning umumiy mexanizmlari va
qonuniyatlarini ochib berishga alohida e'tibor qaratildi.
Universitetdagi mavjud soha yo'nalishlar ixtisosligini, kursantlarni
Xizmatning turli yo'nalishlarida, turli toifa shaxslar bilan ishlashligini va shunga
mos ravishda, ularning faoliyat ob'ekti bo'lmish shaxsni bilish borasida xilma-xil
ma'lumotlarga ega bo'lishliklarini, ayni o'rinda esa psixologiya bo'yicha davlat
tilida (ayniqsa, lotin imlosida) chop etilgan ilmiy adabiyotlarning achinarli
darajada taqchilligini inobatga olgan holda, qo'llanmada, talabalar uchun fanga oid
bazaviy ma'lumotlarni berib o'tishga harakat qilindi. O'ylaymizki o'quvchilarimiz
undan o'zlari uchun zarur bilimlari o'zlashtirib oladilar.
Mazkur qo'llanmani o'quvchilar e'tiboriga havola etar ekanmiz, biz uni ayrim
juz'iy kamchiliklardan holi, deb ayta olmaymiz. Shuning uchun qo'llanma bilan
yaqindan tanishib chiqib uni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va
mulohazalarini bildirgan o'quvchilar, mutasaddi xodimlarga oldindan o'z
minnatdorligimizni bildiramiz.
Muallif
1
Каримов И.А. Ватан ва халқ мангу қолади: (Ҳикматли сўзлар ва иборалар тўплами)
/И.А.Каримов. –Т.:Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Республикаси Миллий кутубхонаси
нашриёти, 2010. – Б. 106.
5
I QISM
PSIXOLOGIYANING NAZARIY METODOLOGIK MASALALARI
I BOB
PSIXOLOGIYA TARIXI
Do'stlaringiz bilan baham: |