O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Introspektsionizm
1
- ongni faqat o'zini-o'zi kuzatish, ichki yaratish 
orqaligina bilish mumkin deb e'lon qildi. Empirik psixologiya ichki tajribani tashqi 
tajribani hisobga olmagan holda talqin qilgan edi va uning kamchiligi ham shundan 
iborat bo'lgan. Lokkning birlamchi va ikkilamchi sifatlar (narsalarga taalluqli 
sifatlar va sezgi, hissiyotlarga taalluqli bo'lgan sifatlar) haqidagi g'oyasi 
psixologiyaga dualistik tasavvurlarni olib kirdi. 
Buning asosida XVIII asrda - psixofiziologik hodisalarning fizik olam bilan 
munosabati, nisbati qanday? - degan psixofiziologik muammo yuzaga keldi. XVIII 
asr faylasuflari (chunki psixologiya XIX gacha falsafa tarkibida bo'lgan) ruh (ong, 
tafakkur)ning tashqi olam bilan aloqadorligi haqida mulohaza yuritar ekanlar
moddiy va ruhiylikning munosabati, nisbati qanday? - degan masalani o'rtaga 
tashlaydilar. Shu masala bilan bog'liq ravishda psixofiziologik muammo: psixik va 
nerv jarayonlari o'rtasida qanday bog'liqlik bor degan masala yuzaga keldi. 
Bu davrga kelib olamning mexanik modeli Nьyuton tomonidan, ongning 
ichki modeli esa Lokk tomonidan yaratilgan edi. Shu bilan odam psixikasini 
kontseptual, umumiy tushuntirib berish tamoyilining yuzaga kelishi uchun asos 
yaratildi. Shunday umumtushuntirib beruvchi tamoyil bo'lib assotsionizm 
shakllandi va u keyingi ikki asr davomida psixologiyaning asosiy tushuntirib 
beruvchi tamoyili sifatida hukm surib keldi. 
G'oyalarning mutanosibligi deb tushuniladigan “assotsiatsiya” atamasi fanga 
Lokk tomonidan kiritilgan. Biroq, assotsiatsiya tushunchasi psixologiyadagi 
universal tushuntirish me'zoni sifatida angliyalik vrach Deyvid Gartli (1705-1757) 
tomonidan ishlab chiqilgan. Gartli, tashqi olamdagi tebranish sezgi organlari
muskullar va miyada o'ziga xos reaktsiyani yuzaga keltiradi deb tahmin qiladi 
(“Odamni kuzatish”,1749). Bu o'rinda ichki tartib tashqi tartibga parallel ravishda 
yaratiladi. Bu g'oya psixologiyada to XX asrgacha asosiy tushuntiruvchi tamoyil 
bo'lib kelgan. XVIII asrda, assotsionizm psixologiyada oldinga bosilgan dadil 
qadam bo'ldi, u psixikani ob'ektiv olamdagi real bog'liqliklar bilan tushuntirib 
berdi. Gartli tomonidan yaratilgan assotsiatsiyalarning tashkil topish qonuniyatlari 
- ta'sirlarning aralashligi va ularni takrorlanishining tezligi - mohiyatiga ko'ra 
psixologiyaning dastlabki qonuniyati bo'lib qoldi. 
Nerv-muskul tizimining uch elementi (sezgi organi - miya – muskullar)ni 
aniqlab, Gartli neyrofiziologiya va psixologiyaning keyinchalik yanada 
rivojlanishiga katta yo'l ochdi. Gartli o'zining ko'plab kashfiyotlari bilan 
psixologiyani boyitdi. Shulardan biri, u xotirani, uning asosida barcha psixik 
hodisalar amalga oshadi va u nerv sistemasining umumiy xususiyatidir deb 
hisoblab, uni boshqa barcha bilish jarayonlaridan ajratib oldi. U iroda aktida 
sensomotor va nutq jarayonlarini ko'rdi. Gartli birinchi bo'lib bolaning irodaviy 
xatti-harakatlari - bu uning kattalar bilan bo'ladigan o'zaro muloqotlarida 
o'zlashtirib oladigan, o'z o'ziga buyruq berishi ekanligini tushundi. Qoniqish va 
azoblanish hissini Gartli inson xulqining boshlanish, undovchi vaziyati deb 
hisoblaydi. 
1
Introspektsionizm - lot. “introspecto” - ichkariga qarayman, o'zimga qarayman. 


18 
Deyvid Gartlining tadqiqotlari tufayli XVIII asrni - hozirgi zamon ilmiy 
psixologiyasining yuzaga kelish asri deb atash mumkin. Chunki, Gartlining 
g'oyalari keyinchalik psixologiyaning rivojlanishiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatdi. 
XVIII asrda nemis olimi Xristian Volьf (1679-1754) dastlabki yirik ilmiy 
psixologik asarlari: “Empirik psixologiya” (1732) va “Ratsional psixologiya”ni 
chop ettirdi. X.Volьf psixologik hodisalarning tushuntirib beruvchi asosi sifatida 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling