O'zbekiston respublikasi profi universitety
V.Vundt Leyptsig shahrida Yevropadagi birinchi eksperimental-psixologiya
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
V.Vundt Leyptsig shahrida Yevropadagi birinchi eksperimental-psixologiya
laboratoriyasini tashkil qildi va bu laboratoriya tez orada Xalqaro psixologik tadqiqot markaziga aylandi. Psixologiya tarixiga oid adabiyotlarda, psixologiyaning mustaqil (eksperimental) fan sifatida yuzaga kelishi - 1879 yil, ya'ni Vilьgelьm Vund tomonidan dunyoda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasi ochilgan sana bilan bog'liqligi qayd etiladi 1 . Vundt laboratoriyasida sezgilar, sensomotor reaktsiyalar, assotsiatsiyalar va hissiyotlar o'rganilgan (“Fiziologik psixologiya asoslari”, 1881). Vundtning fikriga ko'ra bu hodisalar ong tuzilishini tashkil qiladi. Oliy psixik jarayonlar Vundtning ta'kidlashicha faqat madaniy-tarixiy (kroskulьturnыy) usul yordamidagina o'rganilishi mumkin. Gelьmgolьts kabi Vundt ham mashhur fiziolog Myullerning shogirdi bo'lgan. Fiziolog sifatida sezgilar va muskul harakatlarini o'rganish bilan shug'ullanar ekan, Vundt fiziologik jarayonlarga psixologik omillarning ta'sir etishligi bilan duch keldi. U psixologiyaning universal tushuntirib beruvchi tamoyili deb, miyaning peshona qismida joylashgan qandaydir bir ong markazi - appertseptsiyani hisoblaydi (“Psixologiyaga kirish”, 1912). V.Vundt tadqiqotlari tufayli XIX asrning oxiriga kelib eksperimental psixologiya dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida jadal rivojlana boshladi. Shu tarzda ayrim mamlakatlarda milliy psixologiya maktablari shakllana boshladi. Frantsuz psixologiya maktabining asoschisi Alьfred Bine (1857-1911) frantsiyadagi birinchi psixologik laboratoriyani tuzdi (1889), patopsixologiya, pedagogik psixologiya va defektologiyaga asos soldi, oliy psixik funktsiyalar - tafakkur va nutqni eksperimental tadqiq etish metodlarini yaratdi, intellektual rivojlanganlikni o'rganuvchi testlar ishlab chiqdi, psixik hodisalarni ob'ektiv o'rganish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirib, psixologiyaga tabiiy eksperiment metodini joriy qildi. (“Xulosa (qilish) psixologiyasi” (1886); “Eksperimental psixologiyaga kirish” (1894); “Aqliy rivojlanganlikni tadqiq etish metodikasi” (1922)). Amerika psixologiyasida XX asr arafasida katta obro'ga ega bo'lgan psixolog va faylasuf Uilьyam Djems (1842-1910) psixikaning motor-biologik kontseptsiyasini ishlab chiqdi (“Psixologiya printsiplari”,1890). Djems ongni vundtchasiga alohida tarkibiy elementlar (sezgilar, obraz, hissiyot)ga bo'linishini 1 Платонов К.К. Занимательная психология. – М.,1986. – С.4. 21 inkor qilib, ongning yaxlitligi va dinamikligi haqidagi g'oyani ilgari surdi. AQShda amalga oshirilgan keyingi tadqiqotlar asosan Djems asos solgan ta'limotlar negizida olib borila boshlandi. Djems ongni nafaqat uning tashqi (amaliy-harakat) namoyon bo'lishi bilan, balki shaxsning tabiati bilan, nimalarni “odam o'ziniki deb hisoblashi” bilan bog'laydi. U odamda uch jihatni: moddiy, ijtimoiy va ma'naviy jihatlarni farqladi. Psixologiya shaxsni (rivojlanganlik) darajasiga ko'ra talqin qilish, uning ichki va tashqi ifodalanishini sistemali tahlil qilishga o'tdi. Djems, Daniyalik anatom K.Lange bilan bir vaqtda, hissiyot (emotsiya) nazariyasini ishlab chiqdi. Unga ko'ra hissiy (emotsional) holatlar organizmda ro'y beradigan o'zgarishlar bilan bog'lanadi. Bu o'rinda organizmda ro'y beradigan o'zgarishlar hissiyotning oqibati emas, balki uni yuzaga keltiruvchi sabab sifatida qaraladi (“biz, bizga quvonchli bo'lganligi uchun kulmaymiz, balki biz kulayotganimiz uchun bizga quvonchli”). Djems qalamiga mansub bo'lgan “Psixologiya” kursi, psixologiyadan darslik sifatida dunyoning ko'plab mamlakatlarida qayta-qayta nashr etilgan. Djemsning hissiyot nazariyasi ta'siri ostida hissiyotning tana mexanizmlari haqida kuchli fiziologik ta'limot shakllandi. Uni Garvard meditsina maktabi professori Uolter Kennon (1871-1945) boshqardi. Kennon emotsional (psixik) jarayonlarni ichki organlarning gormonal faolligiga ta'sirini aniqladi. Darvinning organizmni mavjud vaziyatga mos ravishda o'zaro munosabatlarga kirishishga oldindan moslashishi haqidagi ta'limotidan foydalangan holda, Kennon ichki organlar holatining o'zgarishida, shu oldindan moslashish, tayyor bo'lishni namoyon bo'lishini o'z tajribalarida aniqladi. U, jumladan, organizmning hissiy zo'riqish vaziyatlarida qo'shimcha quvvat olishidagi “adrenalin omili” deb atalgan omilni aniqladi. Hissiyot mexanizmini nazariy anglashda sezilarli siljishni amalga oshirdi. Djems-Lange periferik nazariyasiga hissiyotning neyrogumoralь nazariyasi qarshi qo'yildi. Kennon hissiyot qobiq osti markazi – talamusning funktsiyasi ekanligini aniqladi. Hissiyotni tadqiq etish Kennonni organizmlarning o'z-o'zini boshqarishning asosiy tamoyili - gomeostaz tamoyilini, organizmning ichki muhitini doimiyligining avtomatik ta'minlab turilishi mexanizmini ochishiga olib keldi (“Tananing donoligi”, 1932). Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling