O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- “PSIXOLOGIYA”
qobiliyatlar tushunchasini taklif etdi. Ruhning faolligini (bu tushuncha metaforik
mazmunda juda uzoq saqlanib qolgan) Volьf odamning tasavvurga ega bo'la olish qobiliyati bilan bog'laydi. Volьf psixik hodisalar klassifikatsiyasini turli guruhlarga bo'lib, ularning har birining asosida qobiliyatlar yotishligini qarab chiqdi. X.Volьf “PSIXOLOGIYA” atamasini ilmiy muomalaga kiritdi. Psixologiya taraqqiyotidagi yirik muvaffaqiyatlar tabiatshunoslikdagi, olamni bilishdagi tub siljishlar, hayotni falsafiy anglash bilan uzviy bog'liq. XVIII asrda tarixiylik kontseptsiyasi yuzaga keladi - odamlarning hayoti jamiyat hayoti bilan muvofiqlashtiriladi, jamiyatning hayotiy faoliyati esa qonuniyatli tarixiy jarayon sifatida anglana boshlanadi. Xalqning individdan ustunligi g'oyasi yuzaga keladi. Individual psixologiyaning madaniy-tarixiy determinlashganligini tushunishning dastlabki nihollari yuzaga kela boshlaydi. Sharlь Moteskьe o'zining “Qonunlar ruhi haqida”gi asarida (1748): “Odamlarni qonunlar boshqaradi, va ularning (qonunlarning) o'zi ham jamiyat turmush tarziga bog'liq bo'ladi” - deb e'lon qiladi. U davrning mutafakkirlari - xalqning ruhiy (ma'naviy-axloqiy) faolligi uning madaniy tarixiy rivojlanishi bilan shartlanadi - deb ta'kidlaydilar. Bu vaqtga kelib odam psixikasi nafaqat tana va miya bilan, va nafaqat uni o'rab turgan atrof muhit bilan, balki jamiyat shakllanishining madaniy - tarixiy omillari bilan bog'langan holda tushunila boshlaydi. Shu vaqtgacha mavjud bo'lgan, odam ongini - tuzilishli, elementlari bo'yicha, mohiyatiga ko'ra mexanistik tahlil qilish, endi biroz adekvatroq tadqiqotning tuzilishli-funktsional-genetik yo'liga o'tkazildi. Odamning “tabiiy tarixi” nazariyasi yuzaga keldi. Odam fiziologiyasiga bo'lgan qiziqish kuchaydi. Shveytsariyalik olim Alьbert Galler (1708-1777)ning 1758 yilda chop etilgan “Fiziologiya asoslari” asari hozirgi zamon fiziologiyasining yuzaga kelishiga asos bo'ldi. Eksperimental metodlardan foydalanar ekan, Galler ayrim muskullarning unga bevosita ta'sir etuvchi qo'zg'atuvchilar ta'siriga javob berish qobiliyatini aniqladi. Bu holat fiziologiya va psixologiyaning asosiy tushunchalari: seskanuvchanlik, qo'zg'alish va sezgirlik tushunchalarining dolzarblashtirib yubordi. Psixologiyaning rivojlanishida, chex fiziologi Yirji Proxazka (1749- 1820)ning tadqiqotlari ham muhim ahamiyatga ega. U ilk bor refleksning klassik ta'rifini berdi. Proxazka, refleks - organizmning uni hayotiy faolligi, yashashi uchun ahamiyatli bo'lgan, ma'lum bir tashqi qo'zg'atuvchi ta'siriga javoban yuzaga kelishligini qayd etadi. Bu bilan Proxazka umumiy ko'rinishda I.P.Pavlovning miyani analitik-sintetik faoliyati haqidagi kontseptsiyasini oldindan ifodalab beradi. U sezgi organlarida ro'y bergan taassurotlar, his etilishi, biri ikkinchisidan farqlanishi, oldingi hislar bilan taqqoslanishi va baholanishi kerak. Shuningdek, nimadan qochish, nimani qidirish va ushlab qolish lozimligini hal qilish, 19 jonzotlarning o'z-o'zini va naslini saqlab qolishi uchun muhim bo'lgan bu funktsiyalar ruhiy funktsiyalar deb ataladi. Buning uchun xizmat qiladigan organ esa miyadir, uning hajmi va murakkabligi shu ruhiy funktsiyalarning takomillashganlik darajasiga mos kelishligi kabilarni ta'kidlaydi. Yirji Proxazka birinchi bo'lib, nerv sistemasining nafaqat quyi, balki oliy bo'limlari ham reflektor tamoyili bo'yicha ishlashligini, psixik faoliyatning barcha shakllari organizmning atrof-muhit sharoitlariga moslashishga qaratilishligini, “tirik tanani saqlab qolish”ning umumiy qonuniga bo'ysunishini aniqladi. Proxazka nomi bilan XVIII asrdayoq insoniyat psixika mohiyatini tushu- nishga juda yaqin bordi. Proxazka psixikani tashqi ta'sirlarni differentsiatsiyalash qobiliyati, ularni organizm ehtiyojlariga mos ravishda baholash va buning asosida tanlovchan, moslashuvchan xatti-harakatlarni amalga oshirish deb tushunadi. Proxazkaning kontseptual umumlashtirishlari asosida fiziologlar, mediklar, neyrofiziologlar tomonidan qator tadqiqotlar amalga oshirildiki, ular psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelishi, rivojlanishi, uning ilmiy asoslarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan psixo-fiziologik kashfiyotlarning yaratilishiga asos bo'ldi. Biroq, XIX asrning birinchi yarmidagi tabiatshunoslikning o'zi yangi, tushuntirib beruvchi tamoyillarga o'tishni taqozo qilar edi. Bu tamoyillar Charlьz Darvin (1809-1882) tomonidan ishlab chiqildi. U “Turlarning kelib chiqi- shi” (1859) asarida, biologik rivojlanish moslashuvchanlik mexanizmlari bilan shartlanganligini, turlarning rivojlanishi mavjud muhitga ko'proq, yaxshiroq moslasha olgan individning yashab qolishi hisobiga amalga oshishligini ta'kidlaydi. Darvinizm psixologiyaga organizmning muhit bilan o'zaro munosabati tushunchasini, ichki va tashqi olamning mutano-sibligi tushunchalarini kiritdi. Darvinizm xulqning yangi nazariy modelini shakllantirdi, undagi nerv-psixologik jihatlarni yoritdi. Darvinning evolyutsion nazariya tamoyillari inson ongini o'rganishga tatbiq qilina boshlandi. Darvinizm doirasida psixologiyaning asosiy kategoriyasi - xulq kategoriyasi yuzaga keldi. Darvinizm psixologiyaning yangi sohalari - zoopsixologiya, qiyosiy va genetik psixologiyaning yuzaga kelishiga turtki bo'ldi. Darvin ta'limotlari asosida odam psixikasining kelib chiqish tarixi o'rganila boshlandi. Charlьz Darvin o'z ishlarining ko'pchilik qismini odam psixologiyasiga bag'ishladi (“Odamning kelib chiqishi”, 1870; “Hayvonlar va odam hissiyotining ifodalanishi”, 1872). XIX asr o'rtalariga kelib ayniqsa uning ikkinchi yarmida fiziologik va neyrofiziologik tadqiqotlar metodlari sezilarli darajada takomillashdi. Fiziologik (keyinchalik psixologik) hodisalarni grafik qayd etib borish metodikalari, turli ta'sirlar ostida yuzaga keladigan psixik jarayonlar jadalligini qayd etib borish va o'lchash imkoniyatlari yuzaga keldi. Muskullar va nerv tolalaridagi elektr potentsiallarni o'rganish asosida nerv impul’slari haqidagi tasavvurlar shakllandi (E. Dyuba-Reymon, N.E.Vvedenskiy). Majandining harakat va sezgi nerv tolalarining bir-birlaridan farqli ravishda mavjud bo'lishligi haqidagi ixtirosi (1822) turli miya qismlarining tuzilishi va funktsiyalari o'rtasidagi munosabat, nisbatlarni tadqiq etishni faollashtirib yubordi. Psixik funktsiyalarning miyada joylashishi muammolari keng o'rganila boshlandi. 20 Frantsuz anatom va antropologi Pol Brok miya chap yarim shari uchinchi peshona egatining shikastlanishi, nutqning ifodalanishini buzilishiga olib kelishligini aniqladi. Nutqning motor markazi - Brok markazi ochildi (1866), Frich va Gittsiglar harakat markazlarini ochdilar (1870). Tabiiy-ilmiy yutuqlar psixik hodisalarni tabiiy - ilmiy usullar yordamida o'rganishga yo'l ochdi, psixologiya ilmiy - eksperimental fanga aylana bordi. Nemis faylasufi, tilshunos, psixolog va fiziolog Vilьgelьm Vundt (1832- 1929) eksperimental psixologiyaning asoschisi bo'ldi. V.Vundt psixologiyani butunlay eksperimental metodlar bilan o'rganishning keng rejasini ishlab chiqdi; u ong tuzilishini eksperimental yo'l bilan aniqlash masalasini qo'ydi. 1879 yili Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling