O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

 
Kishi aqlli bo’lib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya.
O’sha o’ntani topish uchun esa minglab kitoblarni
o’qib chiqishi kerak bo’ladi. 
 
KIRISH 
Atoqli psixolog olim German Ebbingauz “Psixologiya uzoq o'tmishga va 
qisqa tarixga ega”- deganidek, psixologiya tarixiga oid adabiyotlarda
psixologiyaning eksperimental fan sifatida yuzaga kelishi, 1879 yil Leyptsig 
shahrida, nemis faylasuf va psixolog olimi Vilьgelьm Vund (1832-1929) 
tomonidan dunyoda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasi ochilgan 
sana bilan bog'liqligi qayd etiladi
1
. Darhaqiqat, 4-5 ming yillik tarixga ega boshqa 
fanlar qatorida bu muddat juda qisqa. Lekin, psixologiya ta'limotlarining yuzaga 
kelishi va rivojlanishi uzoq o'tmishga ega. Balkim, ilk odam, Homo sapiensning 
xayoliga kelgan birinchi savol, “men kimman?”, “u kim?”-degan savol bo'lgan 
bo'lsa ajab emas. Insonning o'zini-o'zi va atrofidagilarni bilishi (psixologiya), shu 
savollarga javob topishdan boshlanadi. Ta'kidlab o'tish joizki, dunyoviy va diniy 
ilmlarning barchasi inson manfaatlariga, uni bilishga, o'rganishga xizmat qiladi. 
Masalaga shu nuqtai nazardan qaralsa, ularda albatta psixologiya ta'limotlariga oid 
ko'plab ma'lumotlarni ko'ramiz. Qo'llanmani tayyorlashda, kursant va tinglovchilar 
aynan shu savollarga javob topishlariga alohida e'tibor qaratildi.
Psixologiya fani mustaqil fan sifatida tan olinib, ilmiy muomalaga kirganiga 
yuz ellik yillar bo'lgan bo'lsada, lekin uning ilmiy-nazariy ta'limotlari boshqa 
ijtimoiy fanlar (falsafa, dinshunoslik, pedagogika va boshqa.) tarkibida 2,5 - 3 
ming yillardan buyon rivojlanib kelgan. Shu o'tgan vaqt mobaynida psixologiya 
fani ta'limotlari juda ko'p o'zgarishlarni boshidan kechirgan. Chunki, boshqa qator 
ijtimoiy fanlar kabi psixologiya ta'limotlari ham ma'lum bir makonda, zamonda 
rivojlanar ekan, shu zamonda hukmron bo'lgan mafkuraga xizmat qilishi lozim 
bo'lgan, aks holda “g'ayri ijtimoiy”, “aksil g'oyaviy” ta'limotlar sifatida inkor 
etilgan. 
Sobiq ittifoq tarqalib, uning o'rnida yuzaga kelgan davlatlar o'zlarining 
mustaqil rivojlanish yo'liga o'tishi munosabati bilan ijtimoiy hayotimizda jiddiy 
o'zgarishlar ro'y berdi. So'nggi yillarda qator mamlakatlar: Rossiya, Ukraina, 
Belorussiya, Gruziya, Boltiq bo'yi davlatlarida psixologiya faniga oid yangi ilmiy 
adabiyotlar 
ko'p 
miqdorda 
chop 
etilayotgan 
bo'lsada, 
lekin 
bizning 
respublikamizda bu borada sezilarli darajada taqchillik kuzatilmoqda.
Ayniqsa, bu taqchillik davlat tilida, jumladan lotin imlosida chop etilgan 
o'quv qo'llanmalar va darsliklar misolida juda kuchli seziladi. Shuni inobatga olgan 
holda so'nggi yillarda psixologiya fani doirasida bir qator o'quv qo'llanmalar 
1
Платонов К.К. Занимательная психология. – М.,1986. – С. 4. 



tayyorlanib talabalar e'tiboriga havola etilmoqda. Biroq ular miqdor va imlo 
jihatlaridan mavjud talabga yetarlicha javob bera olmaydi. Shu kabi muammolarni 
inobatga olgan qo'llanmaning mazkur varianti talabalarimiz e'tiboriga havola 
etilmoqda.
Uni tayyorlashda mavjud adabiyotlardan unumli foydalanildi. Ulardagi 
bilimlar yangi ma'lumotlar bilan boyitildi. Respublikpmizning birinchi Prezidenti 
Islom Karimov: “Darsliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va millat 
mafkurasining eng ilg'or namunalari aks etadi”
1
- deganlaridek, qo'llanmada 
o'tmish mutafakkirlarimizning fanga, o'qitilayotgan mavzuga oid qarashlarini 
yoritib o'tishga harakat qilindi.
“Umumiy psixologiya asoslari” deb nomlangan ushbu qo'llanmani 
yaratishda hozirgi zamon psixologiyasi ilmiy yangiliklaridan unumli foydalanish 
bilan birga, oldingi davrlarda inkor etib kelingan, lekin keng psixologik 
jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan ilmiy qarashlar, ta'limotlar haqida 
ham to'xtalib o'tishni lozim topdik. Shuningdek, qo'llanmada o'tmish 
mutafakkirlarimizning ayrim psixologik qarashlari haqidagi ma'lumotlar ham o'rin 
olgan. 
Matematika 
fanini 
karra 
(ko'paytirish) 
jadvalisiz 
tasavvur 
qilib 
bo'lmaganidek, har bir fanning o'z "karra jadvali" bo'ladi. Psixologiyaning "karra 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling