O'zbekiston respublikasi profi universitety


psixologiya, shaxsni psixik tuzilishining ichki birligini, uning muvaffaqiyatga


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

psixologiya, shaxsni psixik tuzilishining ichki birligini, uning muvaffaqiyatga 
1
Юнг К.Г. Архетип и символ. - М.,1991. - С.65. 


27 
intilishi, o'zini-o'zi ro'yobga chiqarish, ijtimoiy identifikatsiya bilan 
shartlanganligi kontseptsiyalarining asoschisi Al’fred Adler ta'limotlari 
bo'ldi. Adler bo'yicha shaxs o'z nuqsonlarini anglar ekan, ularni kompensatsiya 
qilishga (o'rnini to'ldirishga), gohida gipperkompensatsiyaga ham borishga intiladi. 
Bularning barchasi individning “psixik komplekslari”ni, uning ong osti jihatini
uning turmush tarzini tashkil qiladi. Shaxsda rivojlanayotgan “nuqsonlilik 
kompleksi” (atama Adler tomonidan kiritilgan) nevrozlarning sababi bo'lishi mum-
kin. Adler ong ostini seksual omillar bilan emas, balki ijtimoiy omillar bilan 
bog'laydi. Adler shaxsdagi buzilishlarni (patologiyalarni) uning ijtimoiy 
kooperatsiyalasha olmasligi bilan bog'laydi. 
Keyinchalik Adler o'z kontseptsiyasiga “takomillashgan men obrazi” 
tushunchasini kiritadi. Uning fikricha, har bir odamning ongsizligi tubida o'zi 
haqidagi, dolzarblashtirilgan, rivojlangan shaxs sifatida obrazli tasavvur yashaydi. 
Bu obrazning individni real, haqiqiy qiyofasi (siyrati)dan farqlanishi (ko'proq 
farqlanishi) individda nevrozlarning yuzaga kelish xavfini tug'diradi yoki hatto 
shaxsda patologiyani yuzaga keltirishi ham mumkin. 
Klassik psixoanalizning yuqorida ko'rib chiqilgan yo'nalishlari bilan bir 
qatorda o'tgan asrning 30-yillarida yana bir keng yo'nalish - neofreydizm yuzaga 
keladi. Bu vaqtga kelib murakkab ijtimoiy - muhit ta'siri ostida yuzaga kelgan 
asrning yangi kasalligi” dan jabr tortayotgan ko'plab odamlar paydo bo'lib qoldi. 
Bu holat (kasallik), shu davrga kelib ijtimoiy hayotda, ishlab chiqarish 
munosabatlarida kuzatilayotgan jadalliklar (progress) bilan bog'liq. (Masalan: 
G'.G'ulomning “Shum bola” asarida o'sha davrlarda etikdo'z, kosiblar orasida 
kuzatilgan “kasallik” yoritib o'tiladi. B.Ixtiyorov o'ynagan savdoi roli.). Iqtisodiy 
depressiya va urushlar ko'pchilik odamlarda yolg'izlik, himoyasizlik va 
xavotirlanish hislarini kuchaytirib yubordi. Bu kasalliklarning sababini aniqlashda 
mijozlar (patsiyentlar)ning shaxsiy biografiyasini, uning oilaviy fojialari va shaxsiy 
nizolarinigina tahlil qilish yetarli bo'lmay qoldi. Neofreydizm psixoanalizning, 
individual psixologiyaning ijtimoiy shartlanganligiga yo'naltirilgan, yangi oqimi 
sifatida yuzaga keldi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling