O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

psixologiyaning asoschisi Karl Gustav Yung (1875-1961) boshqardi. 
Yung, Freydning individ hayotini psixik boshqarishda shaxvoniy 
mayllarning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi haqidagi qarashlariga qarshi 
chiqib, ongsizlikning ikki turi: shaxsiy va jamoa ongsizligi haqidagi ta'limotni 
ishlab chiqdi. Shaxsiy ongsizlik (siqib chiqarilgan qo'zg'alish, unutilib yuborilgan 
shikastlovchi taassurotlar) individning hayoti davomida shakllanadi. Jamoa 
ongsizligi esa - bu insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan, 
shaxsiydan yuqori (ustun) bo'lgan ongsizlik, individning qadimiy (arxaik) 
psixikasidir. Jamoa ongsizligining namoyon bo'lish shakli bo'lib instinktlar va 
arxetiplar - milliy va irqiy, shuningdek umuminsoniy e'tiqodlar, miflar, arxetipik 
obrazlar va simvollar hisoblanadi. (“Arxetiplar” tushunchasini kiritish uchun 
Yungning psixiatrik tajribasi asos bo'ldi - u turli bemorlar fantaziyalarida 
qandaydir umumiy mazmunni va ularni takrorlanish ketma-ketligining bir xilligini 
kuzatadi.). Shaxsning shakllanishini – individning ijtimoiylashuvini - Yung 
onglilik va ongsizlik o'rtasidagi dastlabki (boshlang'ich) nizolarning asta sekinlik 
bilan bartaraf etilish jarayoni deb qaraydi. Yung individning psixik rivojlanishini 
ichkaridan (oldindan) determinlashgan (shartlangan) va individning ongsizlik 
jihatida oldindan bo'lgan (kiritilgan) xususiyat, holatlarning ochilishiga qaratilgan 
jarayon sifatida qaraydi. 
Yung, odam psixikasining barcha jihatlari tug'ma dasturlar, arxetiplar 
ta'siri ostida bo'ladi deb hisoblaydi. U, turli xalqlar madaniyatidagi tafovutlar, 
shu madaniyatni individual vakillarining psixik o'ziga xosligini belgilaydi deb 
tahmin qiladi. Shunga ko'ra u, barcha yevropaliklarni o'zining jamoa ongsizligiga 
ko'proq bog'liq holda ekstravertlarga, barcha induslarni (osiyoliklarni, jumladan 
bizlarni ham, SNA) esa – introvertlarga farqlaydi). Yung, sivilizatsiyaning 


26 
hozirgi darajasida ham odam onggi mumkin bo'lgan yaxlitlikka (o'zligiga) 
erishmagan va hali ham fragmentatsiyaga berilgan holda qolgan deb hisoblaydi. 
Shuningdek, masalan, intuitsiya odam psixikasining nisbatan avtonom jihati 
hisoblanadi. Odam psixikasi mazmunining ko'pchilik qismi bosilgan (bosilib 
turilgan) holatda bo'ladi. Biroq, jamoa ongsizligi bu o'tmish mahsuli emas: u 
xulqning kelajakda namoyon bo'lishining turli ichki shakllarining negiziga to'ladir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling