O'zbekiston respublikasi profi universitety
psixologiyadagi “atomizm”ni yengib o'tishidan - ong obrazlari sezgilar
Download 1,91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
psixologiyadagi “atomizm”ni yengib o'tishidan - ong obrazlari sezgilar
g'ishtchalaridan qurilishligi haqidagi tasavvurdan iborat bo'lgan. Geshtal’tpsixologlar tadqiqotlarida ko'rish idrokining yuzdan ortiq qonuniyatlari: appertseptsiya, shakllar (figuralar) va fonning o'zaro munosabati, idrokning yaxlitligi va tuzilishliligi, idrokning pregnantligi - idrokning “yaxshi” (oddiy va tartibli) shakllarga intilishi, idrokning konstantligi - idrok etish sharoitlari o'zgarishiga qaramay predmetlar obrazlarini doimiy (birdek) idrok etish, “yaqinlik” fenomeni - vaqtda va makonda aralash bo'lgan elementlarni umumlashtirish an'anasi, “qo'shib yuborish” (“zamыkaniya”) fenomeni - idrok etilayotgan shakllar (figuralar) elementlari o'rtasidagi oraliqlarni qo'shib yuborish an'anasi kabilar kashf etildi. Shuningdek, geshtalьtpsixologlar tafakkur psixologiyasidagi ko'plab hodisalarni ham yuqorida keltirib o'tilgan qonuniyatlar doirasida tushuntirib berishga harakat qildilar. Kellerning shimpanzelarda olib borgan tajribalaridan so'ng, geshtalьtchilar xulqning adaptiv shakllarini o'zlarining universal tushunchalari “insayt” (ingl. “insight” - topish, yaratish, kashf etish (ozareniye)) - muammoli vazifalarni yechishda munosabatlarni to'satdan topib olish bilan tushuntiradilar. Biroq umuman olganda geshtalьtchilar psixik hodisalarni deterministik tushuntirib berishdan uzoq bo'lganlar. Ular ongni, uning o'zidan kelib chiqib tushuntirishga intilganlar. Bu vaqtda amerika psixologiyasida uning asosiy yo'nalishlaridan biri - bixeviorizm 1 yuzaga keldi. Bixeviorizm psixologiyaning, psixologik o'rga- nishning yagona ob'ekti xulq, xulqiy reaktsiyalar bo'lishi lozimligini talab qilib chiqdi. Ong kuzatib bo'linmaydigan hodisa bo'lganligi tufayli bixevioristik psixologiya sohasidan o'chirib yuborilgan edi. Unda faqat real namoyon bo'ladigan xulq o'rganilgan xolos. Bu o'sha vaqtdagi pragmatik yo'nalishda bo'lgan barcha amerika ilmi bilan juda yaxshi kirishib ketgan edi. Bixeviorizmning asoschilaridan biri mashhur psixolog va pedagog Edvard Torndayk (1874-1949) bo'lgan. Bixeviorizm atamasi ilmda foydalanish uchun ilk bor 1913 yili Uotson tomonidan kiritilgan. Tadqiqotda ob'ektiv metodlar tarafdori bo'lgan Torndayk, hayvonlar ustida o'tkazgan tajribalarida “muammoli yaщik” (labirint)dan foydalandi va o'zining “Hayvonlar intellekti. Hayvonlardagi assotsiativ jarayonlarni eksperi- mental tadqiq etish” (1898) deb nomlangan doktorlik dissertatsiyasida o'rganish muammosi bo'yicha ko'plab eksperimental materiallarni bayon etib o'tadi. Bixeviorizm odamlar va hayvonlarning murakkab xulqini tashqi qo'zg'atuvchi – stimul (S)larga javoban bergan harakat reaktsiyalari (R)ning 1 Bixeviorizm - ingl. “behavior” – xulq. 25 majmui deb qaraydi. S R – bixeviorizmning formulasidir. Bixeviorizmning erishgan yutuqlari, ular tashqi qo'zg'atuvchilarni va ularga organizmning bergan javob reaktsiyasini nazorat qilishga asoslangan eksperimental metodikalarni ishlab chiqishdan iborat bo'lgan. Bixeviorizmga ko'ra, odam tug'ilgan vaqtdayoq ma'lum bir miqdorda tug'ma xulq sxemalariga ega bo'ladi va ular ustiga bir oz murakkabroq bo'lgan shakllar – “xulqni boshqaruvchilar” quriladi. Muvaffaqiyatli reaktsiyalar saqlanib qoladi va keyinchalik yana qayta tiklanish an'anasiga ega bo'ladi (“effekt qonuni”). Reaktsiyalarning saqlanib, o'rnashib qolishi “mashqlar qonuni” bo'yicha amalga oshadi - ko'p marta takrorlanish natijasida ular avtomatlashib boradi. Bixeviorizm doirasida malakalarni ishlab chiqishning ko'plab qonuniyatlari aniqlangan. Biroq, umuman olganda bixeviorizmning kategoriyalari tizimi o'ta cheklangan holda qolavergan. Bixeviorizm xatti-harakatlarning muhim jihatlari - motivatsiya va xatti-harakatlarni amalga oshirishning asosiy oriyentirlovchisi bo'lgan psixik obrazlarni inkor qiladi. Odamlar psixologiyasida ijtimoiy omillar butunlay inkor qilingan. Bixevioristlar hayvon va odam miyasini (birdek) “qora yaщik” sifatida qaraydilar. XX asrning 30-60 yillarida chet el psixologiyasida klassik psixoanalizning turli yo'nalishlari yuzaga keldi. Bu yo'nalishlar Z.Freydning ikkita sobiq xodimlari tomonidan yaratildi. Ulardan birini shveytsariyalik psixolog va psixiatr, analitik Download 1,91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling