O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
munosabatlardadir”, deb yozadi.
Ko'p yuz yilliklar davomida psixologiya faqat ikki sohada - pedagogika va meditsinadagina o'zining amaliy qo'llanilishiga ega bo'lib kelgan. XX asrning boshidan avj olgan texnik taraqqiyot, ishlab chiqarish faoliyatining psixologik asoslari muammosini, savdo, reklama ishlari - menedjment va marketing kabilarni dolzarblashtirib yubordi. V.Shtern tomonidan kiritilgan “psixotexnika” atamasi dastavval kasb-hunar faoliyatining psixologik jihatlarinigina qamrab olgan edi. XIX asrning 80-yillaridayoq amerikalik injener Frederik Teylor (1856-1915) mehnatni ratsionalizatsiyalash tadbirlari tizimini ishlab chiqqan edi. Mehnatni tashkil qilishning barcha ratsional usullarini Teylor o'zining empirik psixologik tasavvurlari bilan asoslab berdi. Bularning barchasi ishlab chiqarishni tashkil qiluvchilar o'rtasida psixologik bilimlarning mavqeini keskin oshirib yubordi, jamoatchilik e'tiborini ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat ko'rsatadigan ishchilarning nerv-psixologik, individual psixologik imkoniyatlari muammosiga qaratdi. Ish vaqtining tuzilishi va optimal davomiyligini aniqlashga intilish, toliqish muammosini tadqiq etish, kasblarni tahlil qilish (professiogramma) va kasbga yaroqlilikni aniqlash metodlari ishlab chiqila boshlandi. Bularning barchasi psixologiyaning amaliy ahamiyatini keskin orttirib yubordi. Faoliyatning turli 31 sohalarida odamning psixologik imkoniyatlari muammosini birinchi planga olib chiqdi. Ishlab chiqarishda laboratoriya-psixologik tadqiqotlarni tatbiq qilish keskin ortdi. Turli psixik funktsiyalar: xotira, intellekt, diqqat, sensomotor reaktsiyalar tezligini testlar yordamida tadqiq qilish masalalari faollashib bordi. Bu psixik funktsiyalarning turli kasb-hunarlarni egallash uchun zarur bo'lgan rivojlanganlik darajalari aniqlandi. Eksperimental psixologiya akademik laboratoriyalarni tark etib odamlar hayotining turli amaliy sohalariga kirib bordi. Psixologik diagnostika metodlari takomillashdi. Psixologik maslahatlar berish sohalari kengaydi. Odamning psixologik imkoniyatlari aniq o'lchovlar ob'ektiga aylandi. Odamlar faoliyatining barcha jabhalarida psixologik omillarga bo'lgan e'tibor kuchaya bordi. Yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlarga asoslangan holda Milliy gvardiya tarkibida xizmat qiluvchi, jamoat xavfsizligini ta'minlash masalalari bilan shug'ullanuvchi kadrni kasbiy tayyorlash, uning psixologik, individual psixolog xususiyatlaridan samarali foydalanishda psixotexnika, psixodiagnostika, hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi yutuqlaridan, soha mutaxassislari erishgan amaliy tajribalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun esa, ularni bilish, o'rganish, ular haqida ko'proq o'qish kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling