O'zbekiston respublikasi profi universitety


Agar an'anaviy psixologiyada bola tafakkuri va nutqi ularning


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Agar an'anaviy psixologiyada bola tafakkuri va nutqi ularning 
“xatolari” nuqtai nazaridan o'rganilgan bo'lsa, Piaje birinchi bo'lib bola 
tafakkurining sifatiy xususiyatlarini tadqiq qilgan (“Bola nutqi va tafakkuri”, 
1923). Piaje bola psixikasi rivojlanishini, ular amalga oshiradigan tashqi xatti-
harakatlarni ichkariga ko'chirilishi sifatida, ma'lum bir bosqichga ega bo'lgan 
interiorizatsiya sifatida qaraydi. Interiorizatsiya kontseptsiyasi - tashqi 
predmetli xatti-harakatlarning ichki aqliy xatti-harakatlarga o'tishi hozirgi 
zamon psixologiyasining fundamental metodologik kontseptsiyasi bo'lib qoldi
Jan Piaje tomonidan yaratilgan Jeneva psixologiya maktabi odamni psixik rivojla-
nishini tadqiq etuvchi dunyodagi yirik psixologik markazlardan biri bo'lib qoldi. 
Piaje psixologiyada alohida yo'nalishni - genetik epistemologiya -(grek. 
episteme”- bilim) - bilishni rivojlanishining psixosotsial nazariyasini yaratdi 
(“Psixologiya intellekta”,1946). Piajening tadqiqotlari logika va tafakkur 
psixologiyasi o'rtasidagi, intellektual rivojlanishning biologik va psixologik 
omillari o'rtasidagi munosabatlar muammosini ishlab chiqilishiga katta hissa 
qo'shdi. 
Jan Piaje - bolaning sensomotor intellekti uning mantiqiy intellektidan 
oldin keladi va uning asosini yaratib beradi degan xulosaga keladi. Odam, 
faqat ko'plab konkret amaliy operatsiyalarga tayangan holdagina, faqat 15 
yoshlarga yetgandagina yakunlanadigan, rasmiy-mantiqiy operatsiyalar darajasiga 
erishadi (“Intellekt psixologiyasi”,1946).
“Piaje nazariyasi”da Jan Piaje “ob'ektni bilish uchun, sub'ekt u bilan xatti-
harakatda bo'lishi, u bilan ishlashi va buning uchun ularni bir joydan boshqa joyga 
olishi, aralashtirishi, bog'lashi, u bilan turli kombinatsiyalarni amalga oshirishi 
kerak... Bilimlarning manbai ob'ektda ham emas, sub'ektda ham emas, balki o'zaro 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling