O'zbekiston respublikasi profi universitety


logiyaga ijtimoiy-madaniy yo'nalishni berdi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

logiyaga ijtimoiy-madaniy yo'nalishni berdi. U neofreydizm metodikasidan 
ijtimoiy-tarixiy dinamikani tahlil qilish uchun foydalandi. Fromm bo'yicha, odam 
o'zining instinktiv xulqining emas, balki uning o'zi tomonidan yaratilgan siyosiy 
institutlar va g'oyalarning qulidir. Odam o'z-o'zicha na yaxshi va na yomon 
bo'lmaydi. Odamning instinktlari zaiflashgan bo'lib, ular odamning biologik 
mavjudligining kafolatini bera olmaydi. Uning aqli esa, uning munosabatlarini 
yashash muhiti bilan garmoniyaga keltira oladigan darajada yetarlicha rivojlangan 
va mustahkam emas. “Odam - o'zining mavjudligi (hayoti, turmush tarzi) uning 
o'zi uchun muammo bo'lgan yagona jonzotdir”. 
Fromm bo'yicha, odamning mavjudligi ikki modusda (ko'rinish,tarzda) - 
bo'lmoq (bor bo'lmoq) yoki ega bo'lmoq (qo'lida, ixtiyorida bo'lmoq)da 
namoyon bo'ladi. “Ega bo'lmoq” modusida o'z-o'zidan mavjud bo'lish odam 
turmushi kolliziyasini (qarama-qarshi qarashlar, intilishlar yoki manfaatlar 
to'qnashuvi) to'sadi, unga illyuziyali o'ziga yetarlilikni ta'minlaydi. “Ega bo'lmoq” 
an'anasi uning biologik tabiati bilan undaladi. “Bo'lmoq” an'anasi o'z kuchini 
insoniy axloqiylikda sarflaydi va u chuqur, sof insoniy ehtiyojlar bilan shartlanadi. 
Jamiyatning mavjud ijtimoiy tuzilishi bilan garmoniyaga kelolmaslik va shu 
bilan bog'liq ravishda yuzaga keladigan yolg'izlik hissi shaxs rivojlanishining, 
faolligining asoslaridan hisoblanadi. (Mavjud holat bilan garmoniyaga 


29 
kelolmaslik) Gumanistik psixoanalizning asoschisi Erix Frommning qarashlari 
qisqacha shulardan iborat.
Shaxsning mavjud holat bilan garmoniyaga kela olmasligi holatini biz, atoqli 
adibimiz Abdulla Qodiriyning “O'tkan kunlar” romaniga epigraf qilib yozgan 
“Moziyga qaytib ish ko'rish hayrlik deydilar”- degan jumlasida ko'rishimiz 
mumkin. Ya'ni odam, mavjud hoat bilan, bugungi kun bilan garmoniyaga kela 
olmaydi. Chunki u bugun, hozir qator muammolar qurshovida bo'ladi. Ularni 
yechish, xal qilish kerak. O'tgan kunlarda esa u albatta qandaydir bir muammoni 
yechgan, xal etgan. Shuning uchun unga o'tgan kunlar yaxshidek tuyuladi-yu
bugungi mavjud holat bilan garmoniyaga kela olmaydi. Aynan shu garmoniyaga 
kela olmaslik uni rivojlanishga, o'sishga, o'zgarishga undaydi... 
Inson xulqining sistemali tahlil qilishga o'zining salmoqli ulushini 
neobixeviorizm va uning asoschilari Eduard Tolmen (1886-1959) va Klark Xall 
(1884-1952)lar qo'shishdi. E.Tolmenning tadqiqotlari (“Hayvonlar va odam 
xulqining maqsadga muvofiqligi” 1932) psixologlar orasida ancha mashhur 
bo'lgan. 
Tolmenning ichki o'zgaruvchilar haqidagi kontseptsiyasi, tushuncha va 
malakalarning shakllanishini eksperimental tadqiq etgan Klark Xall tomonidan 
qo'llab quvvatlangan va rivojlantirilgan (“Xulq tizimi”, (“Система поведения”), 
1952). XX asrning 40-yillaridayoq Xall o'zining “Principes of behavior” (“Xulq 
tamoyillari”,1943) 
deb 
nomlangan 
ishida 
organizmlarning 
o'z-o'zini 
boshqarishining ko'plab mexanizmlarini yoritib o'tadi. Xall, moslashuvchan xatti - 
harakatlar uchun, effektor organlarning reaktsiyasini yuzaga keltirish uchun 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling