O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

S
E
Z
G
I
L
A
R
UMUMIY PSIXOLOGIYA TUZILISHI
BILISH JARAYONLARI 
PSIXOLOGIYASI
SHAXSNING INDIVIDUAL 
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
I
D
R
O
K
X
O
T
I
R
A
T
A
F
A
K
K
U
R
X
A
Y
O
L
I
R
O
D
A
Y
O
N
A
L
G
A
N
L
I
K
M
O
T
I
V
A
S
I
Y
A
X
A
R
A
K
T
E
R
N
U
T
Q
T
E
M
P
E
R
A
M
E
N
T
Q
O
B
I
L
I
Y
A
T
L
A
R
D
I
Q
Q
A
T
PSIXIK HOLATLAR
PSIXOLOGIYASI
H
I
S
S
I
Y
O
T
4 - rasm. Umumiy psixologiya tuzilishi 
Genetik psixologiya - psixika va xulqning irsiy, nasliy mexanizmlarini, 
ularni genotiplarga bog'liqligini o'rganadi.
Differentsial psixologiya - odamlarning individual tafovutlarini, ularning 
asoslari va shakllanish jarayonlarini aniqlaydi va ifodalaydi.
Yosh psixologiyasida bu tafovutlar yoshlar bo'yicha o'rganiladi. 
Shuningdek, bu soha odam psixologiyasi va xulqida bir yosh davridan boshqa yosh 
davriga o'tishda ro'y beradigan o'zgarishlarni o'rganadi. Genetik psixologiya, 
differentsial psixologiya va yosh davrlari psixologiyasi birgalikda psixik 
rivojlanish qonuniyatlarini tushunish uchun ilmiy asos bo'lib hisoblanadi. 


36 
Ijtimoiy psixologiya - odamlarning turli guruhlarda, jumladan oilada, 
mehnat jamoalarida, o'qishda, harbiy qismlarda va boshqalarda bir-birlari bilan 
bo'ladigan muloqotlari va o'zaro munosabatlari jarayonida yuzaga keladigan 
hodisalarni, o'zaro munosabatlarini o'rganadi. Bunday bilimlar shu jamoalarda olib 
boriladigan ta'lim-tarbiya va tashkiliy ishlarni psixologik jihatdan to'g'ri tashkil 
qilish uchun zarur imkoniyatlarni beradi. 
PSIXOLOGIYANING MAXSUS SOHALARI 
G
E
N
E
T
IK
P
SIX
O
L
O
G
IY
A
 
 
 
 
 
 
 
 
G
E
N
E
T
IK
P
SIX
O
L
O
G
IY
a
 
 
 
P
SIX
O
F
IZ
IO
L
O
G
IY
A
 
D
IF
F
E
R
E
N
T
SIA
L
Ь
P
SIX
O
L
O
G
IY
A
 
Y
O
SH
D
A
V
R
L
A
R

P
SIX
O
L
O
G
IY
A
SI
 
IJT
IMO
IY
P
SIX
O
L
O
G
IY
A
 
P
E
D
A
G
O
G
IK
P
SIX
O
L
O
G
IY
A
 
IN
JE
N
E
R
L
IK
P
SIX
O
L
O
G
IY
A
SI
 
H
A
R
B
IY
P
SIX
O
L
O
G
IY
A
 
Y
U
R
ID
IK
 P
SIX
O
L
O
G
IY
A
 
P
SIX
O
D
IA
G
N
O
ST
IK
A
 
P
A
R
A
P
SIX
O
L
O
G
IY
A
 
Z
O
O
P
SIX
O
L
O
G
IY
A
 
SP
O
R
T
P
SIX
O
L
O
G
IY
A
SI
 
P
SIX
O
T
E
R
A
P
IY
A
 
 



5-rasm. Psixologiya fanlarining sohalari. 
Pedagogik psixologiya - ta'lim va tarbiya bilan bog'liq bo'lgan barcha 
ma'lumotlarni birlashtiradi. Bunda, asosiy e'tibor turli yoshdagi odamlarni o'qitish 
va tarbiyalash metodlarini ishlab chiqish va asoslashga qaratiladi. 
Meditsina psixologiyasi, patopsixologiya, shuningdek, psixoterapiya
odam psixikasi va xulqidagi me'yor (norma) va og'ishlarni o'rganadi. Psixologiya 
fanlarini bu sohalarining vazifasi - bo'lishi, ro'y berishi mumkin bo'lgan psixik 
buzilishlar sabablarini tushuntirish va ularni oldini olish, davolash metodlarini 
ishlab chiqish va asoslashdan iborat. Bu bilimlar pedagoglarga, rahbarlarga, 
mutasaddi shaxslarga psixologik yordamga muhtoj odamlar, tarbiyasi og'ir, xulqida 
og'ishi, nuqsonlari bo'lgan odamlar bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. 
Harbiy psixologiya - inson shaxsi shakllanishi va odamning harbiy xizmat 
sharoitlarida ishlashi qonuniyatlarini, qo'shinlarning o'quv-jangovar va siyosiy 
tayyorgarligi va ularning urush va jang vaziyatlarida jangovar vazifalarni 
bajarishga tayyorlash muammolarini o'rganadi. 
Yuridik psixologiya - odamlar tomonidan huquqiy me'yorlar va xulq 
me'yorlarini o'zlashtirish va ishlab chiqishda va odamlarni tarbiyalashda zarur 
bo'ladigan bilimlarni beradi. Shuningdek, shaxsning (tergovchi, sudьya, 
prokurorning) tergov jarayonlarini olib borishining psixologik jihatlarini, guvoh va 


37 
ayblanuvchi psixologiyasini o'rganadi. Hozirgi vaqtga kelib yuridik psixologiya o'z 
navbatida yana huquqiy, kriminal, sud va mehnat-tuzatish psixologiyalari kabi 
tarmoqlariga ega. 
 Psixodiagnostika - odamlarning psixologik rivojlanganliklari darajasini 
aniqlash va ularni differentsiatsiya qilish, ularning psixikasi va xulqini baholash 
kabi muammolarni o'rganadi va yechadi.
Zoopsixologiya – (grek. Zóon – hayvon, psyché – ruh, logos – ta'limot) – 
hayvonlar psixikasi, ularda psixik aks etishning namoyon bo'lishi va qonuniyatlari 
haqidagi fan. Zoopsixologiya ontogenezda hayvonlarda psixik jarayonlarning 
shakllanishini o'rganadi. Psixologiya fanlari sohalari va ular ta'limotlarining 
ahamiyati haqida gapirib, talabalardan u yoki bu sohaning ahamiyatlilik darajasi 
haqida so'ralganda, ular ko'pincha zoopsixologiya ahamiyatini eng past 
baholaydilar. Ularning aksariyati, o'z fikrini, psixolog odamlar bilan ishlaydi, 
shuning uchun unga hayvon psixologiyasi haqidagi bilimlar u qadar kerak emas, 
deb izohlashga harakat qiladilar. Lekin, bizga hayotdan yaxshi ma'lumki, turli 
favqulotda vazifalar, razvedka va kontrrazvedka ishlarini bajarishda, hayvonlardan, 
hayvonlar xulqi psixologiyasiga oid bilimlardan foydalanilganligiga ko'plab 
misollar keltirish mumkin. Maxsus adabiyotlarda bayon etilishicha, chet ellarga 
harbiy soha, maxsus xizmat, huquq tartibot idoralari, bojxona va sh.k. xizmatlar 
uchun, joni-vorlarni maxsus tayyorlaydigan ilmiy markazlar, laboratoriyalar 
mavjud
1
. Bunday markazlarda nafaqat itlar, balki, delьfin, dengiz mushugi va 
boshqa hayvonlar favqulotda vazifalarni bajarishga o'rgatiladi.
Yuqorida psixologiyaning ayrim sohalari haqida qisqacha to'xtalib o'tdik. 
Ulardan shunday xulosa qilish mumkinki, hozirgi zamon psixologiyasining biror 
bir sohasi yo'qki, unda erishilgan bilimlardan, ularda ilgari surilgan ilmiy-nazariy, 
ilmiy-amaliy g'oyalardan faoliyati bevosita inson omili, odamlar bilan ishlashga 
bog'liq bo'lgan xodimlar, o'z faoliyatida foydalanishi mumkin bo'lmasa! Bu o'rinda 
eng muhimi, kadrning bu bilimlardan boxabar bo'lishi va ulardan o'zining kundalik 
hayoti hamda xizmat faoliyatida oqilona foydalana bilishidir.
Umuman psixologiya fanlarini maxsus sohalarining barchasi, o'ziga xos 
maxsus vazifalarni bajarish, muammolarni yechishga qaratilgan bo'lib, ular ayniqsa 
insoniyat rivojlanishining, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ijtimoiy-
iqtisodiy hayotimiz, xalq-ho'jaligining barcha jabhalari taraqqiyotida o'zining 
munosib o'rniga ega va ularning ahamiyati kundan kunga tobora ortib bormoqda. 
Psixologiya fanlarini o'rganish umumiy psixologiyani o'rganishdan 
boshlanadi, chunki umumiy psixologiya kursiga kiradigan asosiy tushunchalarni 
yetarlicha chuqur o'rganmay turib, uning maxsus sohalari mazmunini tashkil 
qiladigan materiallarni tushunish, bilish, tahlil qilish, anglash va ulardan amalda 
foydalanish mumkin emas. 
1
Щербаков В. Дельфиний спецназ //Вокруг света, 2010. - № 2 (2833). -С. 108-113.


38 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling