O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Modellashtirish metodi tadqiqotchi xodimni qiziqtiradigan hodisani oddiy 
kuzatish, so'rov, test yoki eksperiment yo'li bilan tadqiq qilish qiyin yoki uning 
murakkabligi va qiyinligi tufayli mumkin bo'lmagan holatlarda qo'llaniladi. 
Bunday vaziyatlarda o'rganilayotgan fenomenning sun'iy modeli, uning asosida 
takrorlanib turadigan jihatlar va taxmin qilingan xislatlar modeli yaratiladi, Bu 
modelda mazkur hodisa batafsil o'rganiladi va uning tabiati haqida xulosalar 
qilinadi. 
Modellar texnik, mantiqiy, matematik, kibernetik bo'lishi mumkin. 
Matematik model o'zida o'rganilayotgan hodisada namoyon bo'ladigan elementlar 
va munosabatlarni ifodalovchi, ular o'rtasidagi munosabatlarni va o'zgarishlarni 
mujassamlashtirgan ifodalar va formulalarni bildiradi. Texnik modellashtirish esa 


44 
o'zining xatti-harakati bilan o'rganilishi lozim bo'lgan hodisani eslatadigan pribor 
yoki qurilmani yaratishdan iborat bo'ladi. Kibernetik modellashtirish model 
elementi sifatida informatika va kibernetika tushunchalaridan foydalanishga 
asoslanadi. Mantiqiy modellashtirish matematik mantiqda foydalanilinadigan 
g'oyalar va simvollarga asoslanadi. 
Psixologiyada matematik modellashtirishga eng mashhur misollardan biri 
bo'lib Buger-Veber, Veber-Fexner va Stivens qonunini ifodalovchi formula 
hisoblanadi. Mantiqiy modellashtirish odam tafakkurini o'rga-nish va uni hisoblash 
mashinalari bilan taqqoslashda keng foydalanilinadi. Odamning idroki va xotirasini 
o'rganishga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarda ko'proq texnik modellashtirishning 
turli ko'rinishlaridan foydalaniladi. Bularni biz - sensor ma'lumotlarni odamga 
o'xshab qabul qila oladigan va qayta ishlay oladigan, uni eslab qoladigan va yana 
qayta esga tushira oladigan pertseptron - mashinalarni yaratishga urinishlarda 
ko'rishimiz mumkin. 
EHM uchun tuzilgan matematik dasturlar g'oyalarini psixologiyada 
foydalanish kibernetik modellashtirishning ko'rinishi bo'lib xizmat qiladi. So'nggi 
bir necha o'n yillarda EHM ishlarini dasturli ta'minlashning rivojlanishi, 
psixologiya uchun, unga, uni qiziqtiradigan psixik jarayonlar va odamlar xulqini 
o'rganishning yangi istiqbollarini ochdi. Chunki, odamlar foydalanadigan firklash 
jarayonlari, topshiriqlarni yechayotgan vaqtlarda ularning mulohaza yuritish 
mantig'i EHMlari uchun dasturlar ishlab chiqishda foydalaniladigan operatsiyalar 
va mantiqqa juda yaqindir. Bu odam xulqini, uning psixologiyasini tasavvur 
qilishda va ifodalashda elektron-hisoblash asboblari ishlashi ko'rinishlaridan 
foydalanishga urinishlarning yuzaga kelishiga olib keldi. Bu masalalarda 
psixologiyada pionerlar bo'lib atoqli amerika olimlari D.Miller, Yu.Galanter, 
K.Pribramlar hisoblanadilar. Odam organizmida ham, huddi EHM uchun tuzilgan 
dasturlarnikiga o'xshash murakkab, xulqni boshqarishning iyerarxik tuzilgan 
tizimining mavjudligini ta'kidlab, ular odam xulqini ham shu tarzda tushuntirish 
mumkin degan xulosaga kelganlar. 
Birlamchi ma'lumotlar olishga mo'ljallangan yuqorida keltirib o'tilgan 
metodlardan tashqari, ya'ni birlamchi materiallarni qayta ishlash va izohlashdan 
kelib chiqadigan ikkilamchi natijalarni olish uchun, psixologiyada bu 
ma'lumotlarni qayta ishlash, ularni mantiqiy va matematik tahlil qilishning turli 
usullari keng qo'llanilinadi. Bu maqsadlar uchun, jumladan matematik 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling