42
Testlar psixodiagnostik tadqiqotlarning maxsus metodlaridan hisoblanadi.
Ularni qo'llash orqali o'rganilayotgan hodisalarning miqdoriy va sifatiy
xarakteristikalari haqida aniq ma'lumotlar olish mumkin.
Testlar boshqa
metodikalardan birlamchi ma'lumotlarni yig'ish va ularni qayta ishlash hamda
ularni keyinchalik sharhlash, izohlash tartibining oldindan
aniq belgilanganligi
bilan farqlanib turadi. Testlar yordamida turli odamlar psixologiyasini o'rganish,
bir-birlariga solishtirish va ularga differentsiyalovchi hamda qiyosiy baholar berish
mumkin.
Test variantlari: test-so'rovnoma va test-topshiriq. Test-so'rovnoma
oldindan o'ylab chiqilgan, batafsil tanlab olingan, validlilik
va ishonchlilik nuqtai
nazaridan tekshirilgan savollar tizimiga asoslangan bo'ladi. Ularga berilgan
javoblar bo'yicha sinaluvchining psixologik sifatlari haqida tegishli xulosaga kelish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: