O'zbekiston respublikasi profi universitety


 §. Psixologiyaning tadqiqot metodlari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

3 §. Psixologiyaning tadqiqot metodlari 
Ilmiy tadqiqot metodlari - bu olimlar, u yoki bu soha mutaxassislari, ilmiy 
g'oyalar yaratishda va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanadigan ishonchli 
ma'lumotlarni olishda qo'llaydigan usullar va vositalardir. Har qanday fanning 
kuchi, 
qudrati 
ko'p 
jihatdan 
uning 
tadiqot 
metodlari 
qay 
darajada 
takomillashganligiga, ularning qanchalik ishonchliligi, aniqligi va samaradorligiga 
bog'liq bo'ladi. Qaysi fan boshqa fanlar metodlarida namoyon bo'ladigan eng ilg'or, 
eng yangi yutuqlarni qay darajada tez va samarali foydalana va o'z tadqiqotlarida 
tatbiq qila olsa shu fan tez rivojlanadi. 
Bu aytib o'tilganlarning barchasi psixologiyaga taalluqlidir. U o'rganadigan 
hodisalar shu qadar murakkab va o'ziga xos, ilmiy tadqiq qilish uchun shu qadar 
muammoliki, bu fanning butun tarixi davomida uning muvaffaqiyati, unda 
qo'llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlarining takomillashganligiga uzviy bog'liq. 
Vaqt o'tishi bilan unda turli-tuman fanlardan yig'ilgan, moslashtirilgan 
metodikalari shakllanib bordi. Bular - falsafa va sotsiologiya metodlari, 
matematika va fizika, informatika va kibernetika, fiziologiya va meditsina, 
biologiya va tarix, boshqa qator fanlar metodlaridir. 
Tabiiy va aniq fanlar metodlarini qo'llash evaziga, psixologiya XIX asrning 
ikkinchi yarmidan boshlab mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va jadal rivojlana 
boshladi. 
Unga 
qadar 
psixologik 
bilimlar 
asosan 
o'zini-o'zi 
kuzatish 
(introspektsiya), mulohaza yuritib xulosa chiqarish, boshqa odamlarning xulqini 
kuzatish orqaligina yig'ilib kelingan. Bu toifa hayotiy faktlarni tahlil qilish va 
oqilona umumlashtirish psixologiya tarixida o'zining ijobiy rolini o'ynadi. Ular 
odam xulqi va psixologik fenomenlar mohiyatinini tushuntirish uchun dastlabki 
asoslar bo'lib xizmat qildi. Biroq bu metodlarning sub'ektivligi, ularning yetarlicha 
ishonchli emasligi va murakkabligi psixologiyaning uzoq vaqtlar psixik va boshqa 
hodisalar o'rtasidagi mavjud sabab-oqibat bog'lanishlarni isbotlab beradigan emas, 
balki, faqat taxmin qiladigan, noeksperimental falsafiy fan bo'lib kelganligiga asos 
bo'lgan. Shu bilan birga, u haddan ziyod kuchli nazariylashtirilib yuborilganligi 
tufayli amaliyotdan mutlaq ajratib qo'yilgan edi. 
Psixologiyani, nafaqat hodisalarni shunchaki qayd etib boruvchi, balki ularni 
tushuntirib, isbotlab beruvchi, ma'lum darajada aniq, amaliy foydali, haqiqiy fanga 
aylantirish niyati, unda laboratoriya eksperimenti va o'lchovlarining joriy etilishi 
bilan bog'liq. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, psixologik hodisalarni 
miqdoriy baholashga dastlabki urinishlar qilina boshlandi. Bunday dastlabki 
urinishlardan biri odam sezgilari kuchi bilan, organizmga ta'sir etayotgan
stimullarning jismoniy kattaligi o'rtasidagi mavjud bog'likliklar haqidagi qator 
qonuniyatlarning kashf etilishi va shakllanishi bo'ldi. Bularga Buger-Veber, 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling