O'zbekiston respublikasi profi universitety
§. Psixologiyaning tadqiqot metodlari
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buger-Veber
3 §. Psixologiyaning tadqiqot metodlari
Ilmiy tadqiqot metodlari - bu olimlar, u yoki bu soha mutaxassislari, ilmiy g'oyalar yaratishda va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanadigan ishonchli ma'lumotlarni olishda qo'llaydigan usullar va vositalardir. Har qanday fanning kuchi, qudrati ko'p jihatdan uning tadiqot metodlari qay darajada takomillashganligiga, ularning qanchalik ishonchliligi, aniqligi va samaradorligiga bog'liq bo'ladi. Qaysi fan boshqa fanlar metodlarida namoyon bo'ladigan eng ilg'or, eng yangi yutuqlarni qay darajada tez va samarali foydalana va o'z tadqiqotlarida tatbiq qila olsa shu fan tez rivojlanadi. Bu aytib o'tilganlarning barchasi psixologiyaga taalluqlidir. U o'rganadigan hodisalar shu qadar murakkab va o'ziga xos, ilmiy tadqiq qilish uchun shu qadar muammoliki, bu fanning butun tarixi davomida uning muvaffaqiyati, unda qo'llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlarining takomillashganligiga uzviy bog'liq. Vaqt o'tishi bilan unda turli-tuman fanlardan yig'ilgan, moslashtirilgan metodikalari shakllanib bordi. Bular - falsafa va sotsiologiya metodlari, matematika va fizika, informatika va kibernetika, fiziologiya va meditsina, biologiya va tarix, boshqa qator fanlar metodlaridir. Tabiiy va aniq fanlar metodlarini qo'llash evaziga, psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va jadal rivojlana boshladi. Unga qadar psixologik bilimlar asosan o'zini-o'zi kuzatish (introspektsiya), mulohaza yuritib xulosa chiqarish, boshqa odamlarning xulqini kuzatish orqaligina yig'ilib kelingan. Bu toifa hayotiy faktlarni tahlil qilish va oqilona umumlashtirish psixologiya tarixida o'zining ijobiy rolini o'ynadi. Ular odam xulqi va psixologik fenomenlar mohiyatinini tushuntirish uchun dastlabki asoslar bo'lib xizmat qildi. Biroq bu metodlarning sub'ektivligi, ularning yetarlicha ishonchli emasligi va murakkabligi psixologiyaning uzoq vaqtlar psixik va boshqa hodisalar o'rtasidagi mavjud sabab-oqibat bog'lanishlarni isbotlab beradigan emas, balki, faqat taxmin qiladigan, noeksperimental falsafiy fan bo'lib kelganligiga asos bo'lgan. Shu bilan birga, u haddan ziyod kuchli nazariylashtirilib yuborilganligi tufayli amaliyotdan mutlaq ajratib qo'yilgan edi. Psixologiyani, nafaqat hodisalarni shunchaki qayd etib boruvchi, balki ularni tushuntirib, isbotlab beruvchi, ma'lum darajada aniq, amaliy foydali, haqiqiy fanga aylantirish niyati, unda laboratoriya eksperimenti va o'lchovlarining joriy etilishi bilan bog'liq. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, psixologik hodisalarni miqdoriy baholashga dastlabki urinishlar qilina boshlandi. Bunday dastlabki urinishlardan biri odam sezgilari kuchi bilan, organizmga ta'sir etayotgan, stimullarning jismoniy kattaligi o'rtasidagi mavjud bog'likliklar haqidagi qator qonuniyatlarning kashf etilishi va shakllanishi bo'ldi. Bularga Buger-Veber, Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling