O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Veber-Fexner, Stivensen qonunlari misol bo'la oladi. Bu qonunlar matematik
formulalardan iborat bo'lib, ular yordamida jismoniy stimullar va odam sezgilari o'rtasidagi bog'liqliklar, shuningdek sezgilarning mutlaq va nisbiy chegaralari aniqlanadi. 39 Bular qatoriga differentsial-psixologik tadqiqotlarni rivojlanishining dastlabki bosqichlarini ham kiritish mumkin (XIX asrning oxiri). Ularda odamlarni bir-birlaridan farqlovchi umumiy xususiyatlari va qobiliyatlarini aniqlash uchun matematik statistika metodlaridan 1 foydalanila boshlangan. Shundan so'ng, XX asrga kelib psixologiya fanlarining turli sohalarida matematik modellar va hisoblardan foydalanish an'anasi keng yoyila boshlandi. Hozirgi vaqtda ularsiz bironta ham jiddiy ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirib bo'lmaydi. XIX asrning 80-yillaridan psixologiyada laboratoriya eksperimental ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun maxsus texnik qurilmalar va anjomlar yaratila va ulardan foydalanila boshlandi. Bu boradagi ilk qadamlarni biz yuqorida tanishib chiqqan nemis olimi V.Vundt qo'ydi. U Leyptsig shahrida tashkil etgan psixologik loboratoriyasida shu asboblar (priborlar)dan foydalangan. Dastavval bu asboblar juda sodda texnik moslamalar, asosan mexanik anjomlar bo'lgan. XX asrning boshlariga kelib ularga elektr asboblari qo'shildi. Hozirgi vaqtlarga kelib esa psixologik laboratoriya eksperimentlarida hozirgi zamon apparaturalarining ko'plab turlari, jumladan radio-, tele-, video-, elektron apparaturalar va EHMlarigacha foydalanilmoqda. Psixologiyada olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarining matema- tikalashtiriluvi va texnikalashtiriluviga qaramay, psixologik ilmiy ma'lumotlarni yig'ishning an'anaviy usullari, jumladan kuzatish, o'zini-o'zi kuzatish va so'rov kabilar o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Ularni ahamiyatligining sabablari bir nechta. Bularning birinchisi shundan iboratki, birinchidan psixologiya o'rganadigan hodisalar o'ta murakkab hodisalardir, ularni hamma vaqt ham boshqa fanlardan o'zlashtirilgan metodikalar yordamida o'rganib bo'lmaydi. Psixologiyada o'rganiladigan bunday nozik hodisalarni tadqiq etish uchun tabiiy va aniq metodikalar hamma vaqt ham yarayvermaydi. Kuzatish va o'zini-o'zi kuzatish aniq matematik formulalar, asboblar yordamida aniqlash amalda mumkin bo'lmagan hodisalarni ham o'rganish imkoniyatlarini beradi. O'zini-o'zi kuzatish ko'pincha tadqiqotchi, boshqalarning gaplari yoki hissiz asboblar ko'rsatkichlari bo'yicha emas, balki u yoki bu xulqiy aktda kuzatiladigan sezgilar, hissiy kechinmalar, obrazlar, tasavvurlar, fikrlar haqida ma'lumotlar olishni xohlagan vaqtlarda qo'llaniladi. Biroq kuzatish va ayniqsa o'zini-o'zi kuzatish orqali olingan ma'lu-motlar, deyarli har doim ishonchlilik va aniqlik ko'rsatkichlari bo'yicha tekshirib chiqishni taqozo etadi. Mumkin bo'lgan holatlarda bu ma'lumotlar boshqa ob'ektiv metodlar, jumladan matematik hisoblar yordamida qayta tekshirilib chiqilishi, nazorat qilinishi lozim. 6-rasmda hozirgi zamon psixologiyasida birlamchi ma'lumotlarni olish uchun qo'llaniladigan metodlar haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling