O'zbekiston respublikasi profi universitety


Psixik hodisalarga genetik yondoshish, ularni rivojlanishda tadqiq


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

2. Psixik hodisalarga genetik yondoshish, ularni rivojlanishda tadqiq 
etish. Bu tamoyilga ko'ra, o'rganilinayotgan psixik hodisalar, hayvon yoki odam 
xulqi va psixikasini o'rganishda, shu hodisaning kelib chiqish xususiyatlari, 
ularning yuzaga kelishi va rivojlanishiga ta'sir etadigan genetik omillar, shu 
individning genofoni xususiyatlarini hisobga olish, o'rganilayotgan hodisalarni shu 
o'rganilgan holatdagidek (qotib) qolgan jarayon deb emas uni doimiy rivojlanishda 
bo'lishligini hisobga olgan holda tahlil qilish nazarda tutiladi. 
3. Odam psixikasini biologik va ijtimoiy omillarning o'zaro munosabati 
nuqtai nazaridan kelib chiqib o'rganish. Albatta, psixologiya fani taraqqiyotida biz 
yuqorida qisman tanishib chiqqanimizdek, turli maktablar va yo'nalishlar yuzaga 
1
Тохир Малик. Нафс кишанлари. Фалсафий ўйлар /Тохир Малик. –Т.:“Янги аср авлоди”, 
2013. – Б.324. 


46 
kelgan va ular hozirgi kunda ham yuzaga kelmoqda. Shunday yo'nalishlardan 
odam xulqi va psixologiyasini o'rganishda, psixikaning rivojlanishida biologik 
omillarning o'rniga katta ahamiyat berilib, ularni yetakchi, hal qiluvchi omillar deb 
hisoblagan, psixologiyani biologizatorlashtirish oqimlari ham va aksincha unda 
ijtimoiy omillarning o'rnini bo'rttirib psixologiyani sotsiologizatorlashtirish 
oqimlari ham mavjud bo'lgan. Lekin, hozirgi zamon psixologiyasi bu qarashlarni 
butunlay inkor qilmasdan, psixik hodisalarni tadqiq etishda ham biologik, ham 
ijtimoiy omillarning o'zaro munosabatini hisobga olgan holda o'rganish tamoyilini 
qabul qiladi. 
4. Psixika va faoliyatning uzluksiz bog'liqligini tan olish. Ayrim 
psixologik adabiyotlarda bu tamoyil ong va faoliyat birligi tamoyili deb ham 
yuritiladi. Bu tamoyilga ko'ra psixika va faoliyatni rivojlanishining bir-biri bilan 
uzviy bog'liqligi nazarda tutiladi. Chunki, ular biri ikkinchisisiz rivojlanishi 
mumkin emas. Psixikaning, ongning rivojlanishi o'z navbatida faoliyatning ham 
rivojlanishini taqozo etadi va aksincha, individ psixikasi, inson ongi, faoliyatning 
rivojlanishisiz amalga oshishi mumkin emas. Ular bir-birini boyitib, to'ldirib, 
rivojlantirib boradi. Bahovuddin Naqshband aytganlaridek: “Dil ba yoru – dast ba 
kor!”. 
Faqat barcha psixik hodisalarning yaxlitligicha qaralishi orqaligina odam 
psixikasini ilmiy tushunish zarur. Psixikaning u yoki bu ayrim olingan jihatlarini 
mutlaqlashtirish, faqat xato kontseptsiyalar va nazariyalarni yuzaga keltirishi 
mumkin.
Shunday ekan, faoliyati bevosita inson omili bilan bog'liq har bir xodim, 
faoliyati xususiyatidan kelib chiqib odamlar bilan ishlar ekan, ularni o'rganishda 
uning u yoki bu jihatini o'rganish va hisobga olish bilangina chaklanib qolmasligi 
kerak. Biz o'zimiz o'rganayotgan odamni, uning xulqi, xatti-harakati, o'z-o'ziga, 
atrofidagilarga, mavjud vaziyatga, narsa-hodisalarga nisbatan bo'lgan munosabatini 
tahlil qilishda imkon qadar uni shaxsining yuzaga kelishi, shakllanishiga ta'sir 
etishi mumkin bo'lgan barcha omillarning xususiyatlarini hisobga olgan holda ish 
ko'rishi lozim. Aks holda xatoga yo'l qo'yilishi, do'stni dushmanga, dushmanni 
do'stga chiqarib qo'yilishi, jamiyatimiz istiqbollari, xalqimiz tinchligi, farovonligi, 
millatimiz ravnaqi uchun xizmat qilishi lozim bo'lgan shaxslarni salbiy 
baholashimiz va aksincha bo'lishi mumkin. 
Bu o'rinda ilmiy asoslangan hozirgi zamon psixologiyasi ilg'or yutuqlaridan 
boxabar bo'lish, o'z faoliyatida uning amaliy imkoniyatlaridan o'rinli, samarali va 
maqsadga muvofiq foydalana olish malakalariga ega bo'lish va ulardan mumkin 
qadar kengroq foydalanish ertangi kun mutaxassisining dasturil amali bo'lib 
qolmog'i kerak. Chunki bu zamon talabidir.


47 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling