O'zbekiston respublikasi profi universitety


statistikaning turli xil usullari, shuningdek, miqdoriy tahlil


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

statistikaning turli xil usullari, shuningdek, miqdoriy tahlil metodi qo'llanilinadi, 
chunki ularsiz o'rganilinayotgan hodisa haqida yetarlicha ishonchli ma'lumotlar 
olib bo'lmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, hozirgi zamon 
psixologiyasi o'zining ilmiy-tadqiqot metodlarining takomillashganligiga ko'ra 
matematika va fizika fanlaridan kam bo'lmagan aniqlikka ega. 
4 §. Psixologiyaning asosiy nazariy tamoyillari 
Biz yuqorida hozirgi zamon psixologiyaning predmeti, asosiy sohalari
ilmiy tadqiqot metodlari haqida qisqacha tanishib chiqdik. Psixologiyada 


45 
o'rganiladigan hodisalar, odam xulqi va psixologiyasi xususiyatlari, shu sanab 
o'tilgan metodlar yordamida o'rganiladi va talqin qilinadi. Shu bilan birga hozirgi 
zamon psixologiyasi o'z predmeti va ob'ektini o'rganishda, ular haqidagi 
ta'limotlarni rivojlantirishda amal qiladigan maxsus ilmiy nazariy tamoyillarga 
ham ega. Albatta, turli psixologiya maktablari namoyandalari o'z qarashlarining 
nazariy tamoyillarini belgilashda ayrim hollarda bir-birlaridan farqlansalarda, lekin 
aksariyat hollarda psixologiyaning nazariy tamoyillari sifatida quyidagilar ko'rsatib 
o'tiladi. Bular: 
1. Psixik hodisalarning moddiy voqelik bilan determinlashganligini tan 
olish (Determinizm). 
Bu tamoyilga ko'ra hayvon va inson psixikasini o'rganish, tadqiq etishda shu 
o'rganilayotgan individ va unda namoyon bo'ladigan psixika ko'rinishlarini shu 
individning yashash tarzi, u yashayotdan muhit (tabiiy, ijtimoiy), sharoit, 
vaziyatlardan kelib chiqqan holda tahlil qilish nazarda tutiladi. Chunki psixikaning 
yuzaga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi shu omillarga hamda ularning 
xarakteriga uzviy bog'liq. 
Ayni o'rinda aytib o'tish joizki, gap shaxs psixologiyasi, ijtimoiy 
psixologiya, etnopsixologiya va shu kabilar haqida borganda, psixologiyaning 
aynan shu determinizm tamoyiliga jiddiyroq e'tibor berish lozim. Chunki, so'nggi 
50-100 yillar davomida, sobiq ittifoq mafkurasi ta'siri ostida yaratilgan qator 
psixologik adabiyotlarda fan tushunchalari, milliy, etnik xususiyatlar o'sha davr 
mafkurasiga monand holda talqin etilgan. Shunday ekan, u davrlarda yaratilgan 
adabiyotlar o'rganilar ekan, ularda bayon etilgan g'oyalar, ular qanday bo'lsa, 
shundayligicha emas, balki o'sha davr, o'sha sharoit, ularga ta'sir ko'rsatgan o'sha 
omillarni tahlil qilib, deterministik tamoyilga asoslangan holda talqin etilishi 
lozim. Atoqli adibimiz Toxir Malik yozganlaridek: “Bir millat tarixini o'rganib, 
baho berayotgan boshqa millat vakilining bayon etilgan fikrida o'z millati manfaati 
yotadi. Ana shu manfaat xolislik yo'lini to'sadi”
1
. Hozirgi davrimizda, ulug' 
o'tmish qadriyatlarimizga asoslangan va buyuk kelajagimizga xizmat qiladigan 
o'zimizning O'zbek modelimizni yaratishda har qanday ma'lumotni, har qanday 
g'oyani aynan shu tamoyil asosida idrok qilinishiga erishimiz zarur. Aks holda 
fanimiz xalqimiz va kelajagimizga xizmat qilmaydi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling