O'zbekiston respublikasi profi universitety


Seskanuvchanlik - bu tirik tabiatni (tirik organizmlarni) organizm


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Seskanuvchanlik - bu tirik tabiatni (tirik organizmlarni) organizm 
uchun biologik ahamiyatga ega bo'lgan tashqi qo'zg'atuvchi ta'siriga javob 
reaktsiyasidir. 
Bunga ko'ra, bir hujayrali organizmlar, atrof muhitdan biologik ahamiyatga 
ega bo'lgan, ya'ni ular oziqlanishi mumkin bo'lgan ozuqa moddalarini o'z tanasiga 
tegib turgan boshqa moddalardan farqlab, ularni istemol qilib, o'z hayotini saqlab 
qolish bilan birga, bo'linib, ko'payib borgan. Ma'lum bir makonda bir xildagi 
organizmlarning miqdori ko'payib borishi bilan, ular uchun ozuqa manbai bo'lib 
xizmat qiladigan moddalar miqdori kamayib ketadi. Ozuqa birligining 
yetishmasligi esa, shu organizmlarning yo'qolib, nobud bo'lib ketishiga olib keladi. 
Ular orasida, yuzaga kelgan muhitga moslasha oladiganlarigina saqlanib qolgan. 
Bundaylari nafaqat tanasiga tegib turgan ozuqani sezib, uni iste'mol qiladigan-
larigina emas, balki o'zidan ma'lum bir masofada turgan ozuqani sezib, o'zi o'sha 
tomonga siljiy olish, harakatlanish xususiyatiga ega bo'lganlari va hayot uchun 
noqulay bo'lgan muhitdan, qulayroq muhitga ko'chib o'ta olish xususiyatlariga 
ega bo'lganlaridir. Evolyutsion jarayonlarning asosiy qonunlaridan biri bo'lmish 
tabiiy tanlanish asosida, tirik organizmlarning bir joydan - boshqa joyga o'tishi, 
ko'chishi taksis - hodisasi amalga osha boshlagan. Bu holat tirik organizmlarning 
bir joydan boshqa joyga siljishi, ya'ni tropizm hodisasining yuzaga kelishiga asos 
bo'lgan.
Organizmning bir joydan boshqa joyga siljishi, ko'chishi – bu harakatdir. 
Harakat esa hayot demak. Shu holatlarning ro'y berishidan jonli organizmlarning 
hayoti boshlandi deyish mumkin. 
Tropizm - bu tirik organizmning biologik ahamiyatga ega bo'lgan 
tashqi qo'zg'atuvchi ta'siriga, shu qo'zg'atuvchi xarakteriga mos ravishda 
bergan javob reaktsiyasidir. 


52 
Tropizmlar issiq yoki sovuqqa nisbatan, mexanik ta'sirlarga nisbatan, 
ximiyaviy ta'sirlarga, yorug'likka va boshqalarga nisbatan bo'lishi mumkin. 
Masalan: fototropizmlar - organizmning yorug'likka nisbatan javob reaktsiyasi, 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling