O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Qobiliyatlar 
- faoliyatning ma'lum bir muayyan turida 
namoyon bo'ladigan, psiхofiziologik 
boshqariladigan imkoniyatlar. 
 
 
 
Faoliyatni boshqarish
 
8 - rasm. Psixik hodisalar tizimi 
“Odam” tushunchasi, “shaxs” tushunchasiga qaraganda kengroq tushuncha-
dir. Chunki “odam” tushunchasi “individ” tushunchasini ham, “shaxs” tushun-
chasini ham o'z ichiga oladi. 
Odamning psixik jarayonlari, holatlari va xususiyatlari - bu uning psixikasini 
namoyon bo'lishining birligidir (8-rasm). 
Psixik jarayonlar shaxsning psixik xususiyatlarining ham va psixik 
holatlarining ham namoyon bo'lishidagi boshlang'ich psixik tuzilishlar bo'lib 
hisoblanadi. 
3 §. Psixikaning yuzaga kelishi va rivojlanishi 
Psixika tirik mavjudodlarning atrof muhit bilan bo'ladigan faol o'zaro 
munosabatlari mexanizmi sifatida, yer yuzida hayotni rivojlanishining ma'lum bir 
bosqichida yuzaga kelgan.
Ma'lumki, bundan bir-necha milliard yillar muqaddam, yer yuzida dastlabki 
hayot alomatlari, jonli tabiat yuzaga kela boshlagan. Maktab dasturlaridanoq 


51 
ma'lumki, o'sha davrlarda yer yuzida bir-necha ming yillar davomida, tinimsiz 
yomg'irlar yoqqan. Natijada, yer yuzida biz hozir biladigan okean va dengizlarning 
ko'pchiligi paydo bo'lgan. Yer yuzi quruqlik va suvlik qismlarga ajralgan. Tirik 
jonzotlarning dastlabki elementlari, ya'ni dastlabki bir hujayrali organizmlar, 
dastlab suvlik muhitida yuzaga kelgan. Bu holatni tarixchi olim A.N.Solovьev “Er 
shari bo'tqa to'la qozonga o'xshar edi”-deb ifodalaydi. Bu “bo'tqa”, suvlarga, 
botqoqlarga qulab tushgan daraxtlar, turli o'simliklar, ularning chirindilari va 
boshqa ko'plab moddalardan iborat bo'lgan. Tabiatda bo'ladigan hodisalar, 
vulqonlar otilib chiqishi, yashinlar tushishi, yong'inlar ro'y berishi va shu kabilar 
ta'siri ostida turli fizik jarayonlar, ximiyaviy reaktsiyalar sodir bo'lgan. Shular 
asosida dastlabki uglevod moddalar va bir hujayrali organizmlar (amyoba, 
infuzoriya, tufelka va shu kabilar) paydo bo'lgan. Bu tirik organizmlar, shu 
muhitda saqlanib qolishi va ko'payishi uchun, o'zlari paydo bo'lgan, “yashab 
turgan” muhitlariga moslashishi, “yashash uchun kurashi” lozim bo'lgan. Shunga 
mos ravishda ularda o'ziga xos fiziologik jarayonlar, “oziqlanish”, modda 
almashinuvi, assimilyatsiya, dissimilyatsiya jarayonlari amalga oshgan. Buning 
uchun ular oziqlanishi kerak bo'ladi. Ular o'zlariga kerak bo'lgan ozuqalarni o'zlari 
“yashayotgan muhitdan” olganlar. Bu davrda tirik, jonli tabiatda ro'y bergan 
dastlabki “psixik jarayon” seskanuvchanlik hodisasi ro'y bergan. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling