bilish (sezgi, idrok, tafakkur, xotira va
hayol), hissiy-emotsional va irodaviy
jarayonlarga farqlanadi. Odamning butun
psixik faoliyati - shu: bilish, irodaviy va
emotsional jarayonlarning majmuidir.
Psixik holat - bu psixik fao-
liyatning vaqtinchalik o'ziga xosligi
bo'lib, u shu holatning mazmuni va
odamning shu mazmunga nisbatan
bo'lgan munosabati bilan belgilanadi.
Psixik holatlar, odamning voqelik bilan o'zaro munosabatda bo'lishida
namoyon bo'ladigan barcha psixik ifodalanishning nisbatan qat'iy integratsiyasi
hisoblanadi. Psixik holatlar psixikaning umumiy tashkiliyligida namoyon bo'ladi.
Psixik holat - odamni uning faoliyat sharoitlari va shaxsiy
xususiyatlariga bog'liq holda namoyon bo'ladigan psixik faolligining umumiy
funktsional darajasidir.
Psixik holatlar qisqa muddatli, vaziyatli, turg'un va shaxsiy bo'lishi
mumkin.
Barcha psixik holatlar to'rt turga bo'linadi:
1. Motivatsion (istak, xohish, intilish, qiziqish, ishtiyoq, shavq).
2. Emotsional (sezgilarning emotsional ohangi (toni), voqelikdagi
hodisalarga hissiy munosabat bildirish (hissiy munosabatda bo'lish), kayfiyat,
nizoli emotsional holatlar - stress, affekt, frustratsiya).
3. Irodaviy holatlar - tashabbuskorlik, maqsadga intiluvchanlik, qat'iylik
(ularning klassifikatsiyasi murakkab irodaviy xatti-harakat tuzilishi bilan bog'liq).
4. Ongni tashkiliyligining turli darajalari, holati (ular diqqat
e'tiborlilikning turli darajalarida namoyon bo'ladi).
Shaxsning individual-psixologik xususiyatlari - mazkur odam uchun,
shaxs uchun xos bo'lgan, uni psixikasining xususiyatlaridir.
Shaxsning psixik xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
1)
yo'nalganlik; 2) temperament; 3) xarakter va 4) qobiliyatlar.
Shaxs - ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan, individ sifatida - biologik
turning alohida vakili “homo sapiens” (yangi tug'ilgan chaqaloq shunday
hisoblanadi) bo'lmish, odamning ijtimoiy sifati hisoblanadi.
Har bir shaxs psixik xususiyatlarning takrorlanmas mujassamligiga - psixik
tuzilishga ega bo'ladi. Bu esa uning individualligini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |