O'zbekiston respublikasi profi universitety


O'zini-o'zi anglash - odamning o'z shaxsini yaxlit integrativ, kontseptual


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

O'zini-o'zi anglash - odamning o'z shaxsini yaxlit integrativ, kontseptual 
aks etishidir. Bu o'z “Men”ining psixik modelidir. Odam o'z faoliyatini, individual 
turmush tarzining ijtimoiy sharoitlari, uning ijtimoiy identifikatsiyasi (o'zini 
ma'lum bir ijtimoiy guruhga taalluqli deb his qilishi) bilan asoslanadigan, o'zining 
“Men-kontseptsiyasi”dan kelib chiqqan holda yo'naltiradi va boshqaradi. 
O'zini-o'zi anglash shaxsning ijtimoiy shartlangan, ustanovkalashgan 
tizimi, uning qadriyatli-mazmuniy tuzilishi tizimidir. Odamning barcha xulq 
aktlari shu asosda amalga oshadi, ular shaxsiy birlikni - mazkur shaxsning xulq 
uslubini tashkil qiladi.
Shunday qilib, odam psixikasi, uning ongi - bu ijtimoiy shakllangan 
mezonlar va qadriyatli yo'nalganlikka asoslangan, uning psixik o'zini-o'zi 
boshqarish tizimidir. 
Psixika taraqqiyotining oliy shakli sifatida odam ongi quyidagi muhim 
xususiyatlarga ega : 
1. Kategoriyalanganlik - olamni umuminsoniy bilimlar va nuqtai-nazarlar 
orqali aks etish, olamni kontseptual sxemalar zaminida aks etish. 
2. Mavjud vaziyatlarda muhim, ahamiyatliroq bo'lgan o'zaro aloqalarni 
aks etish. 


56 
3. Faoliyat maqsadlarini anglash, ularni umuminsoniy tushunchalar va 
tasavvurlar tizimida ma'qullay bilish. 
4. Individual ongning ijtimoiy ong shakllari bilan asoslanganligi. 
5. O'zini-o'zi anglash - o'z shaxsining kontseptual modeli va voqelik bilan 
bo'ladigan o'zaro munosabatlarini shu asosda tuzish. 
6. Faoliyat natijalariga tanqidiy ko'z bilan qarash. O'z faoliyati 
kamchiliklarini anglab, ularni tuzatib borish. 
Ongning barcha muhim jihatlari nutq vositasida amalga oshiriladi. 
Odam xulqi nafaqat uning ongi bilan, balki individning psixik o'zini-o'zi 
boshqarishi, uning tashqi muhitga moslashishi, psixik boshqarishning bir-biri bilan 
nisbatan avtonom bo'lgan uchta darajasi: 1) evolyutsion shakllangan ongsiz-

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling