O'zbekiston respublikasi profi universitety
Odam psixikasining shakllanishi jarayonida, uni moddiy ob'ektlar bilan
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozini-ozi anglash
Odam psixikasining shakllanishi jarayonida, uni moddiy ob'ektlar bilan
bo'ladigan tashqi jismoniy xatti-harakatlari ichki psixik xatti-harakatlarga aylanadi. Moddiy predmetlar bilan olib borilgan xatti-harakatlar asosidagina odam asta-sekin ularni ideal obrazlarda bajariladigan, xatti-harakatlarni fikran bajaradigan bo'ldi. Tashqi xatti-harakatlardan ichki xatti-harakatlarga bunday o'tish interiorizatsiya (“ichkaridagiga aylantirish”) - deb ataladi. Predmetlarning ideal, psixik obrazlari bilan ishlash qobiliyati tufayli, odam ob'ektlar o'rtasidagi turli munosabatlarni modellashtira, o'z xatti-harakatlari natijalarini oldindan ko'ra 55 boshlaydi. Interiorizatsiya so'z, nutq asosida amalga osha boshlaydi. Bu o'rinda, so'zdan ob'ektlarni ifodalovchi vosita sifatida ham va ularning umumiy, xarakterli xususiyati sifatida ham foydalaniladi. Tashqi xatti-harakatlar asosida shakllangan aqliy xatti-harakatlarning o'zlari, keyinchalik tashqi xatti-harakatlarni boshqara boshlaydi. Odamning barcha ongli xatti-harakatlari, uning ichki psixik faoliyatining eksteriorizatsiyasi (tashqi ifodalanishi) hisoblanadi. Odam psixikasining xususiyatlaridan biri uning ijtimoiy ong bilan asoslanganligidir. Ijtimoiy ongga ilm, axloq va huquq, g'oya, san'at, din kabilar kiradi. Ishlab chiqarishdagi, ijtimoiy munosabatlardagi o'zgarishlar, odamlar ongida aks etib, ijtimoiy ongning mazmunini o'zgarishiga olib keladi. O'zini-o'zi anglash odam ongining muhim xususiyati hisoblanadi. Odam o'z faoliyati predmetlarini va o'zining boshqa odamlarga nisbatan bo'lgan munosabatlarini anglab borar ekan, o'zini-o'zi anglay boshlaydi, o'zini, o'z “Men” ini atrof olamdan farqlab boradi. Odamni o'zining jismoniy va psixik xususiyatlarini, o'zining xatti-harakatlari va qiliqlari, hissiyot va intilishlarini anglashi o'z-o'zini anglashning mazmunini tashkil qiladi. Odam o'zini ob'ektiv voqelikdan farqlab, o'zining yutuq va kamchiliklarini anglab borar ekan, o'z psixikasini, o'z xulqini, jamiyat unga qo'yadigan talablarga va uning o'zi, o'zini-o'zi tarbiyalash jarayonida o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga mos ravishda o'zgar-tirib boradi. O'zligini anglash - o'zini-o'zi kuzatishda, o'ziga tanqidiy munosabatda bo'lishda, o'zini qo'lga ola bilishda, o'zining xatti-harakatlari va qiliqlari uchun jamiyat oldida mas'uliyatligida namoyon bo'ladi. O'z-o'zini anglashning ma'lum bir darajasi - to'g'ri, maqsadga muvofiq, o'rinli xulqning zaruriy poydevori, asosidir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling