O'zbekiston respublikasi profi universitety


 §. Odam psixikasi. Ong - psixikaning oliy shaklidir


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

4 §. Odam psixikasi. Ong - psixikaning oliy shaklidir 
Odam psixikasining asosiy alomati shundan iboratki, u unga nasliy yo'l bilan 
o'tgan va shaxsiy o'zlashtirilgan xulq shakllaridan tashqari, atrof muhitdagi 
voqelikka munosabatda bo'lishning, mutlaqo yangi vositasi bo'lmish - bilimlarga 
ega bo'ladi. Bu bilimlar insoniyatning muayyan tajribasini o'zida mujassam qiladi 
va nutq vositasida avloddan avlodga uzatib boriladi. Biz bundan keyin muhokama 
qiladigan tushuncha, “Ong” to'g'ridan-to'g'ri ma'noda olganda shu “bilimlarning 
majmuini” bildiradi. 
Odam psixikasi, ijtimoiy va jamoatchilik tajribasini o'zlashtirish jarayonida, 
ijtimoiy muhit qurshovida asta-sekinlik bilan shakllanib, boyib boradi. Agar, 
maxsus yaratilgan, sun'iy, izolyatsiyalangan sharoitlarda parvarish qilingan hayvon 


54 
o'z turiga xos barcha sifatlarni saqlab qolsa, odam ijtimoiy muhitsiz hech qanday 
insoniy sifatlarni o'zlashtira olmaydi.
O'tmishda, 40 dan ortiq holatlarda, tug'ilganidanoq hayvonlar tomonidan 
boqilgan bolalar qayd qilingan (Mauglilar). Ularda nafaqat ong alomatlari (ularda 
nutq 
va 
tafakkur 
mutlaqo 
rivojlanmagan), 
balki 
odamning 
jismoniy 
xususiyatlaridan bo'lmish, yurganda gavdani tik tutib yurish holatlari ham 
kuzatilmagan. 
Hayvonot olamidan insoniyat jamiyatiga o'tish bilan odam psixikasini 
shakllanishining ikkita yangi omili yuzaga keldi: bu ijtimoiy mehnat, mehnat 
qurollaridan foydalanish va so'zlar yordamida muloqotda bo'lish. 
Tik turib yurishning yuzaga kelishi bilan odamning qo'llari ozod bo'ldi, 
uning ko'rish doirasi kengaydi, uning oriyentirlovchi faoliyatining jadal 
rivojlanishi uchun sharoit yuzaga keldi. Bu mehnatning va mehnat qurollarining 
yuzaga kelishiga asos bo'ldi. Odamlar mehnat qurollari olamida yashay 
boshladilar, bu qurollar, ulardan foydalanish malakalari va umuman mehnat 
operatsiyalari avloddan avlodga berib kelina boshlandi. 
Eng sodda mehnat qurolini yaratish ham odamdan so'zsiz ongli xatti-
harakatlarni amalga oshirishni, shuningdek, uning nima ish qilishi, undan nima 
maqsadda 
foydalanish 
mumkinligi, 
uning 
shakli, 
unga 
ishlatiladigan 
materiallarning xususiyatlari va qator shu kabilarni oldindan tasavvur qilish 
zaruratini yuzaga keltiradi. Bu qurollarni tayyorlash bo'yicha amalga oshiriladigan 
xatti-harakatlar ma'lum bir tartibda rejalashtirilishi kerak. Ular (ibtidoiy odamlar) 
bu qurollarni kerak bo'lsa yana qaytadan yasashlari uchun bu xatti-harakatlarni 
anglashi va ularni esda olib qolishlari lozim edi. 
Mehnat qurollarini yasash yaxlit bir obrazni, ob'ektni fikran qismlarga 
bo'lish, ajratish (analiz) bilan, predmetning alohida xususiyatlarini qismlarga 
bo'lish (abstraktsiyalash) bilan, qismlarga ajratilgan xususiyatlarni tasavvur 
qilinayotgan qurolning yaxlit obraziga fikran birlashtirish (sintez) bilan bog'liq. 
Mehnat jarayonlarini takomillashtirish, yanada murakkabroq mehnat qurollarini 
yaratish, o'z navbatida odam bosh miya qobig'ining analitik-sintetik faoliyatini 
yanada takomillashuvini ta'minlagan. Shu bilan birga mazkur faoliyat quroli - nutq 
ham takomillashib borgan. 
Mehnat faoliyatini ijtimoiy tashkil etilishi, faqat boshqa odamlarning ishi 
orqaligina mazmunga ega bo'ladigan, ayrim xatti-harakatlarni farqlanishiga olib 
keldi. Shunday qilib, mehnat jarayonida, bevosita biologik maqsadlardan ajratilgan 
ongli xatti-harakatlar yuzaga kela boshladi, odamning abstrakt (mavhum) tafakkuri 
va uning irodasi shakllana bordi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling