O'zbekiston respublikasi profi universitety


oziqlanish, himoyalanish va nasl qoldirish


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

oziqlanish, himoyalanish va nasl qoldirish instinktlarini misol qilib keltirish 
mumkin. Chunki, bularsiz har qanday organizm nobud bo'ladi. 


53 
Oziqlanish instinkti - har qanday organizm dunyoga kelishi bilanoq, hech 
bir tayyorgarlik, o'qitish, o'rgatishlarsiz bu instinkt ishlay boshlaydi. Shu tufayli 
yangi dunyoga kelgan organizm ham, voyaga yetgan jonzotlar ham, o'z ehtiyojini 
qondirish imkoniyatini beradigan xatti - harakatlarini amalga oshirib, o'z hayotini 
saqlab qoladi. 
Himoyalanish instinkti - ham individ hayotini saqlab qolinishining muhim 
shartlaridan hisoblanadi. Hayot uchun xavf-xatar tug'ilishi bilan himoyalanish 
instinkti ishga tushib, individ himoya choralarini ko'radi. Odamning har xil 
qurollardan, jumladan mehnat qurollaridan foydalanishga odatlanishida ham 
himoyalanish instinktining o'rni katta. Himoyalanish instinkti faqat jismoniy 
himoyalanish emas, balki psixologik himoyalanish ham bo'lishi mumkin. Masalan, 
har xil dinlarga, hudolarga sig'inish va h.k. Himoyalanish instinkti shaxs 
faolligining kuchli manbalaridan hisoblanadi.
Nasl qoldirish instinkti - har bir individ ontogeneztik rivojlanishning 
ma'lum bir bosqichiga yetganda, bolog'atga yetganida unda nasl qoldirish instinkti, 
ya'ni qarama - qarshi jins vakiliga moyillik yuzaga keladi va bu instinkt ta'siri 
ostida individning rivojlanishi keskin jadallashadi. Bu instinktning odamlarda 
kuzatiladigan muhabbat, sevgi hislari ko'rinishidagi variantini Z.Freyd “insoniyatni 
hayvonot olamidan sug'urib olgan kuch” - deb baholaydi.
Bosh miya qobig'i rivojlanishi bilan xulqning yangi, individual o'zgarib 
turadigan, atrof olamni obrazli-kontseptual aks ettirishga asoslangan shakli yuzaga 
keladi. Yuqori rivojlangan hayvonlarning xulqi muhitning muayyan sharoitlarining 
psixik obrazlari bilan boshqariladi. 
Yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda instinktlar bilan bir qatorda, 
voqelikni vaziyatli, predmetli aks ettirish qobiliyati, mazkur vaziyat elementlari 
o'rtasidagi bog'liqliklar va munosabatlarni aks etish qobiliyati yuzaga keladi. Uning 
asosida xulqning egiluvchan dasturi ishlab chiqiladi. Bunda hayvonlar individual 
(ma'lum bir vaziyatlarda ijobiy samara beradigan, xatti-harakatlarini amalga 
oshirishning individual tajribada mustahkamlangan) malakalarni o'zlashtiradilar. 
Yanada yuqoriroq darajada rivojlangan hayvonlar (itlar, maymunlar, delьfinlar va 
boshq.), hatto ayrim intellektual xatti-harakatlarni amalga oshirishga ham qodir 
bo'ladilar. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling