O'zbekiston respublikasi profi universitety


oldin jamoa ongi, undan so'ng individual ong yuzaga keladi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

oldin jamoa ongi, undan so'ng individual ong yuzaga keladi, rivojlanishning 
bunday ketma-ketligi nafaqat ongning filogenezi uchun, balki ontogenezi uchun 
ham xarakterlidir. Bolaning individual ongi jamoa ongi zaminida va uning mavjud 
bo'lishi sharoitida, shu jamoa ongini o'zlashtirish (interiorizatsiya, sotsializatsiya) 
yo'li bilan shakllanadi. 
Odam ongining rivojlanishi uchun faoliyatning mahsuldor va ijodiy 
xarakterga egaligi juda muhim ahamiyat kashf etadi. Ong odam tomonidan nafaqat 
tashqi olamni, balki o'zini-o'zi, o'zining sezgilari, obrazlari, tasavvur va 
hissiyotlarini anglanishini taqozo etadi. Bu esa odam uchun o'z psixologiyasini 
“ko'rish” imkoniyatini beradi.
Odam ongi, rivojlanishining boshlanishida tashqi olamga qaratilgan bo'ladi. 
Odam o'zidan tashqarida bo'lgan narsalarni unga tabiatan berilgan sezgi a'zolari 
orqali ko'radi, ularni unga bog'liq bo'lmagan alohida narsalar sifatida idrok etadi. 
Keyinchalik refleksiv qobiliyat, ya'ni odam o'zi, o'zi uchun bilish ob'ekti bo'lishi 
mumkinligi yoki kerakligini anglashi yuzaga keladi. Ongning filo- va ontogenezda 
rivojlanish bosqichlarining ketma-ketligi shunday tarzda kechadi. Bu birinchi 
yo'nalishni, ongning rivojlanishidagi refleksiv yo'nalishi deb aytish mumkin.
Ikkinchi yo'nalish, tafakkurning rivojlanishi va fikrning so'z bilan asta sekin 
birlashishi bilan bog'liq. Odam tafakkuri rivojlanar ekan, tobora buyumlar, 
narsalarning mohiyatiga kirib boraveradi. Shu bilan parallel ravishda erishilgan 
bilimlarni belgilash uchun foydalanilinadigan til rivojlanadi. Tildagi so'z yanada 
chuqurroq mazmun bilan to'yinib boradi va nihoyat rivojlanish ilmiy darajaga 
yetganida u tushunchaga aylanadi. So'z-tushuncha bu ongning birligidir, u yuzaga 
keladigan yo'nalish (o'zan)ni esa tushunchali deb atash mumkin. Har bir yangi 
tarixiy davr o'z zamondoshlarining ongida o'ziga xos aks ettiriladi, va odamlar 
yashayotgan tarixiy davrning o'zgarishi bilan ularning ongi ham o'zgaradi. 


60 
Shunday qilib, ongni rivojlanishining filogenezini tarixiy rakursda tasavvur qilish 
mumkin. Lekin, agar odamlar tomonidan yaratilgan madaniyat asarlari orqali 
individ o'zidan oldin yashab o'tgan xalqlar psixologiyasiga chuqurroq kirib 
boradigan bo'lsa, odam ongining ontogeneztik rivojlanishiga nisbatan ham, xuddi 
shunday deyish adolatlidir. Ongning rivojlanishidagi bu yo'nalishni tarixiy deb 
atash maqsadga muvofiq bo'ladi. 
Insoniyat tarixining hozirgi vaqtida, odamlar onggi jadal taraqqiy etib 
bormoqda, bu taraqqiyot madaniy, ilmiy-texnik jarayonlarning jadallashuvi bilan 
bog'liq ravishda rivojlanib boradi.
Odamning o'zida va atrof olamida anglanilayotgan jihatlarning kengayib 
borishi, inson ongini yanada rivojlanishining bosh yo'nalishi bo'lib boradi. Bu o'z 
navbatida, moddiy va ma'naviy vositalarni ishlab chiqishning takomillashuvi bilan, 
dunyoda ro'y berayotgan iqtisodiy - ijtimoiy o'zgarishlar, inqiloblar bilan bog'liq. 
Bunday o'tishning dastlabki alomatlarini biz hozirgi kunlardanoq seza 
boshlayapmiz. Bu - turli xalqlar va mamlakatlarni iqtisodiy farovonligining ortishi, 
ularning ham xalqaro, ham ichki arenadagi g'oyalari va siyosatining o'zgarishi, 
odamlarning bir-birlari bilan bo'ladigan o'zaro muloqotlarida diniy, madaniy va 
axloqiy qadriyatlarning ahamiyatini ortishi va sh.k. Shularga parallel ravishda 
odamning hayot sirlarini, makro- va mikroolam sirlarini o'rganib borishi kuzatiladi. 
Fan olamida erishilgan yutuqlar tufayli odamning bilish va o'zini boshqarish 
doirasi, o'z ustidan va olam ustidan hukmronlik qilish doirasi kengayib bormoqda, 
odamning ijodiy imkoniyatlari va shu bilan bog'liq ravishda odamlarning onggi 
ham sezilarli darajada o'sib bormoqda. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling