O'zbekiston respublikasi profi universitety


tasavvur qilish mumkin emas


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

tasavvur qilish mumkin emas. 
Biz yuqorida qisman to'xtalib o'tganimizdek, odam ongining yuzaga kelishi 
va rivojlanishi, uni mavjudligining ijtimoiy davrida amalga oshgan. Odam 
ongining yuzaga kelishi va rivojlanishining asosiy sharti bo'lib odamlarning 
hamkorlikdagi, nutq bilan bevosita bog'liq holda amalga oshiradigan 
mahsuldor qurolli (mehnat quroli) faoliyati hisoblanadi. Bu shunday faoliyatki, 
u odamlarning bir-biri bilan kooperatsiyasini, muloqotini va o'zaro munosabatini 
talab qiladi. U hamkorlikdagi faoliyatning barcha ishtirokchilari tomonidan, ular 


59 
hamkorligining maqsadi sifatida anglaniladigan mahsulotni yaratishni taqozo 
qiladi. Individual ong, odamlarning insoniyat tarixi tongida, jamoa bo'lib faoliyat 
ko'rsatish jarayonida yuzaga kelgan. Chunki, odamlar birgalikda biron-bir faoliyat 
bilan shug'ullanish uchun ularning har biri shu hamkorlikdagi faoliyatda o'zining 
maqsadini aniq anglashi va bu maqsad so'zda ifodalanishi, belgilanishi, aniqlanishi 
kerak bo'lgan. 
Xuddi shunday, ontogenezda ham bolaning individual ongi yuzaga keladi va 
rivojlana boshlaydi. Uning shakllanishi uchun ham bolaning kattalar bilan 
hamkorlikdagi faoliyati va faol muloqoti, ularning o'zaro munosabatlarining 
maqsadi farqlanishi, anglanishi va so'zlarda ifodalanishi zarur. Odam ongining 
yuzaga kelishi va rivojlanishining filogeneztik va ontogeneztik boshlanishidayoq 
nutq uning sub'ektiv tashuvchisi bo'lib kelgan. Bunda nutq avval muloqot 
(ma'lumot berish) vositasi sifatida, keyinchalik tafakkur (umumlashtirish) vositasi 
sifatida namoyon bo'ladi. 
So'z va u bilan bog'liq bo'lgan mazmun individual ongning mahsuli 
bo'lishdan avval, ulardan foydalanuvchi odamlar uchun umumiy ahamiyatga, 
mazmunga ega bo'lishi kerak. Bu ilk bor hamkorlikdagi faoliyatda amalga oshadi. 
So'z o'zining umumqabul qilingan ahamiyatini olganidan so'ng individual ongga 
singadi va belgilar, mazmunlar shaklida uning mulkiga aylanadi. Shunday qilib, 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling