O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

instinkt daraja; 2) ong osti - sub'ektiv emotsional - impulьsiv daraja; 3) ongli, 
ixtiyoriy, mantiqiy - semantik dasturlar bilan belgilanadi. Ijtimoiylashgan shaxs 
xulqida ixtiyoriy, qadriyatli mezonlashtirilgan dasturlar ustunlik qiladi. O'zini-o'zi 
boshqarishning boshqa ikki quyi darajasi, uning xulqida fon rolini bajaradi. 
Favqulotda holatlarda, vaziyatlarda va individning desotsializatsiyalashuvi 
vaziyatlarida o'zini-o'zi boshqarishning bu quyi darajalari xulqni boshqarishning 
avtonom rejimiga o'tishi mumkin. 
Odam psixikasida o'zini-o'zi boshqarishning yuqorida ko'rsatib o'tilgan 
darajalarining mavjudligi odamlarning xatti-harakati va munosabatlarining 
quyidagi turlari: 
1) anglanmagan - instinktiv, tug'ma reaktsiyalar (qo'rquvga, xavotirga 
munosabati, jismoniy xavfli vaziyatlardan qochish); 
2) odatlanib qolingan - avtomatlashtirilgan ong osti xatti-harakatlari; 
3) ongli, irodaviy xatti-harakatlarning nisbatan mustaqilligini ta'minlaydi. 
Odamning tur sifatida hayvonlardan farq qiluvchi xarakterli jihati, bu uning 
mavhum fikr yurita olish va mulohaza qilish qobiliyati, o'z o'tmishi haqida 
mushohada qilishi, uni tanqidiy baholash bilan birga, kelajagi haqida o'ylashi, o'z 
kelajagini hisobga olgan holda, unga rejalar va dasturlar tuza olish qobiliyatidir. 
Bularning hammasi inson ongi jihatlarini tashkil qiladi.
Agar, psixikaga materialistik nuqtai nazardan qaralsa, ong odam tomonidan 
voqelikni aks ettirishning eng oliy darajasidir. Agar, psixika idealistik nuqtai 
nazardan talqin qilinadigan bo'lsa, unda ong borliqni boshlanishining insoniy 
psixik shaklidir. Psixologiya fanlarining tarixida ong muammosi - eng murakkab, 
qiyin muammolardan bo'lib kelgan va u hozir ham materialistik yoki idealistik 
nuqtai nazardan hal qilib bo'linmagan. Lekin, uni materialistik nuqtai nazardan 
tushunishda ko'plab juda murakkab masalalar yuzaga kelgan. Aynan shuning 
uchun ong haqidagi qarashlar, bu hodisaning odam psixologiyasi va xulqini 
tushunishdagi ahamiyati naqadar muhim ekanligiga qaramay haligacha eng kam 
ishlab chiqilgan masalalardan bo'lib qolmoqda. 
Ong muammosini tadqiq etuvchilar qanday falsafiy yo'nalishda (pozitsiyada) 
bo'lishlaridan qat'i nazar, refleksiv qobiliyat deb atalmish holatni, ya'ni ongning 
boshqa psixik hodisalar va o'z-o'zini bilishga tayyorligini so'zsiz ong bilan 
bog'laganlar. Odamda shunday qobiliyatning bo'lishi psixologiya fanini turli 
sohalarining yuzaga kelishi va rivojlanishi uchun asos bo'lib hisoblanadi, aks 


57 
holda, usiz, fenomenlarning bunday xili bilish, o'rganish uchun yopiq bo'lgan 
bo'lardi. Refleksiyasiz odam o'zida psixika borligi haqida tasavvurga ham ega 
bo'lmaydi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling