O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Ong xarakteristikasi 
Odam ongining birinchi xarakteristikasi o'zini anglovchi, biluvchi sub'ekt 
deb his qilishni, mavjud va tasavvurdagi voqelikni fikran tasavvur qilish 
qobiliyatini, o'zining shaxsiy psixik va xulqiy holatini nazorat qilishni, ularni 
boshqarish, atrof voqelikni obrazlar shaklida ko'ra olish va idrok qilish qobiliyatini 
o'z ichiga oladi. 
O'zini anglovchi sub'ekt deb his qilish, odam o'zini boshqa olamdan alohida, 
shu olamni bilish va o'rganishga tayyor hamda qodir, ya'ni u haqida ozmi ko'pmi 
ishonchli bilimlarni olishga tayyor mavjudod deb anglashini bildiradi. Odam bu 
bilimlarni, ular taalluqli bo'lgan ob'ektlardan ajralib turadigan fenomenlar sifatida 
anglaydi. Bu bilimlarni so'zlarda, tushunchalarda, boshqa har xil simvollarda 
ifodalab shakllantirishi, ularni boshqa odamlarga va kelajak avlodga berishi, 
saqlashi, qayta esga tushirishi, shu bilimlar bilan maxsus ob'ektdek ishlashi 
mumkin. Ong buzilgan hollarda (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.k.) bunday qobiliyat 
yo'qoladi. 
Voqelikni fikran tasavvur va hayol qilish - ongning ikkinchi muhim 
xarakteristikasidir. U ham ong kabi iroda bilan yaqin, yaxlit tarzda bog'langan. 
Tasavvurlar va hayolni ongli boshqarish, odatda odam iroda kuchi bilan amalga 
oshiriladi. 
Bu o'rinda, albatta yana bir murakkablik yuzaga keladi. Hayol va tasavvur 
hamma vaqt ham ongli, irodali nazorat ostida bo'lavermaydi. Shu bilan bog'liq 
ravishda: “Agar ular fikrlarning ichki (spontan) oqimi, obrazlar va assotsiatsiyalar 
– “ong oqimi” ko'rinishida bo'lsa, unda biz buni ong deb atashimiz mumkinmi?” - 
degan savol tug'iladi. Bu holatda, ong haqida emas, balki ongsizlik va ong 
o'rtasidagi oraliq psixologik holat - ongoldi haqida gapirilayotgan bo'ladi. 
Boshqacha qilib aytganda, ong deyarli har doim, odam tomonidan, uning o'z 
psixikasi va xulqini irodaviy nazorat qilishi bilan bog'liqdir. 
Voqelikni tasavvur qilish, ayni vaqtda mavjud bo'lmagan yoki mutlaqo 
mavjud bo'lmagan narsalar (hayol, orzu, fantaziya, qo'rqinch)ni tasavvur qilish, 
ongning muhim psixologik xarakteristikalaridan biri sifatida namoyon bo'ladi. Bu 
holatda odam ixtiyoriy ravishda, ya'ni ongli ravishda, atrof olamni idrok qilishdan, 
begona fikrlardan chalg'iydi va o'zining bor diqqat e'tiborini qandaydir bir g'oya, 
obraz, xotiralariga va sh.k.larga jamlaydi. Ayni vaqtda u bevosita ko'ra olmaydigan 
yoki umuman ko'rish imkoniyatiga ega bo'lmagan narsalarni o'z hayolida chizadi 
va rivojlantiradi. 
Psixik jarayonlar va holatlarni irodaviy boshqarish hamisha ong bilan 
bog'lab o'rganib kelingan. Psixologiya bo'yicha eski darsliklarda “Ong” va “Iroda” 
mavzularining ko'pincha ketma-ket berilishi va ular bir-biriga bog'langan holda, bir 
vaqtda muhokama qilinganligi ham tasoddifiy emas.


58 
Ong nutq bilan yaqindan bog'liq va usiz o'zining oliy shaklida namoyon 
bo'la olmaydi. Sezgi va idrok, tasavvur va xotiradan farqli o'laroq voqelikni ongli 
aks ettirish qator maxsus xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Ulardan biri - tasavvur 
etilayotgan yoki anglanilinayotgan narsalarning anglanganligidir, ya'ni ularni so'z-
tushunchali (mantiqiy) ifodalanganligi, insoniyat madaniyatiga bog'liq holda 
ma'lum bir mazmun bilan boyitilganligidir. 
Ongning boshqa bir xususiyati, ongda hamma, tasoddifiy narsalar emas, 
balki predmet, voqea va hodisalarning faqat asosiy, muhim, ahamiyatli 
xarakteristikalarining aks ettirilishidir. Ya'ni, aynan ular uchun nima xarakterli, 
nima ularni, tashqi ko'rinishi va ifodalanishiga ko'ra, ularga o'xshash bo'lgan 
boshqa predmet va hodisalardan farqlab turishligining aks ettirilishidir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling