O'zbekiston respublikasi profi universitety
Odam ongining uchinchi xarakteristikasi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Odam ongining uchinchi xarakteristikasi - bu uning kommunikatsiyaga
qodirligidir. Ya'ni mazkur odam o'zi anglayotgan narsalarni til va boshqa belgilar tizimi yordamida boshqa odamlarga uzata olishligidir. Kommunikativ imkoniyatlar boshqa ko'plab yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda ham bor. Lekin odamlarning kommunikativ imkoniyatlaridan ular, bitta muhim sharti bilan farqlanadi: til yordamida odam boshqa odamlarga nafaqat o'zining ichki holati haqidagi (aynan shu hayvonlar tili va muloqotida asosiy hisoblanadi), balki nimalarni ko'rayotganligi, bilishi, tushunishi, tasavvur qilishi haqidagi, ya'ni atrof olam haqidagi ob'ektiv ma'lumotlarni uzatadi. Odam ongining yana bir xususiyati, unda intellektual tizim (sxema)larning mavjudligidir. Tizim deyilganda, shunday ma'lum bir aqliy struktura nazarda tutiladiki, odam ularga mos ravishda atrof olam va uning o'zi haqidagi ma'lumotlarni idrok etadi, qayta ishlaydi va saqlaydi. Sxemalar, odamlar tomonidan o'zlarida mavjud bo'lgan ma'lumotlarni ma'lum bir tartibga keltirish uchun foydalanadigan qoidalar, tushunchalar, mantiqiy operatsiyalarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, ma'lumotlarni tanlab olish, klassifikatsiya qilish, uni u yoki bu toifaga kiritish kabilar ham tizim tarkibiga kiradi. Odamlar bir-birlari bilan turli hil ma'lumotlar almashinar ekanlar, ular berilayotgan ma'lumotlardan eng asosiylarini ajratib oladilar. Shunday qilib, abstraktsiyalash, ya'ni asosiylarini barcha ikkinchi darajalilardan ajratib olish va ongni eng muhim narsa ustida jamlash amalga oshadi. Bu muhimlik leksika va semantikada tushunarli shaklda yig'ilib borib, odamni tilning o'zlashtirib olishi va undan muloqot va tafakkur vositasi sifatida foydalanishga qay darajada o'rganganligiga qarab, keyinchalik odam individual ongining erishgan yutug'i bo'lib qoladi. Voqelikni ijtimoiy aks ettirish o'z navbatida individual ongning mazmunini tashkil qiladi. Shuning uchun ham til va nutqsiz odam ongini Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling