O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

topotropizmlar - mexanik ta'sirlarga nisbatan, xemotropizmlar - ximiyaviy 
reaktsiyalar ta'siriga, termotropizm - issiq-sovuqqa nisbatan va hokazo.
Seskanuvchanlik, taksis va tropizm hodisalari psixikaning eng sodda 
(elementar) ko'rinishlaridir. Hayvonot olamining evolyutsion rivojlanishi 
davomida psixika shakllari ham taraqqiy etib bordi. Keyinchalik atrof olamni aks 
ettirish va xulqni boshqarilishini ta'minlovchi maxsus a'zo (organ), nerv sistemasi 
shakllandi. Bu esa psixik aks ettirish va xulqni boshqarishning ilk shakli 
instinktlarning shakllanishiga asos bo'ldi. 
Instinktlar - u yoki bu biologik turning evolyutsion taraqqiyoti 
jarayonida 
shakllanib 
qolgan 
xatti-harakatlari 
ketma-ketligi 
tizimi 
(sistemasi)dir. 
Instinktlar - tug'ma reaktsiyalar kompleksidir, atrof muhitdagi alohida 
biologik ahamiyatga ega bo'lgan qo'zg'atuvchilar, xususiyatlar ularni yuzaga 
keltiruvchi stimullar bo'lib hizmat qiladi. Psixika taraqqiyotining bu bosqichi
elementar tahlil bosqichi, deb ham ataladi.
O'z to'rida o'tirgan o'rgimchak, unga ilinib qolgan pashshaga tashlanadi. 
To'rda boshlangan tebranish, bu xatti-harakat dasturini yuzaga keltirishga signal 
bo'lib xizmat qiladi. Buni tekshirib ko'rish uchun o'rgimchak to'riga tebranib turgan 
kamertonni yaqinlashtirish kifoya, shu ondayoq o'rgimchak o'z uyasidan chiqib 
kamertonga tashlanadi. O'z o'ljasini poylab turgan qurbaqa uchib borayotgan 
chivinga tashlanadi - uning “nazorati doirasida” paydo bo'lgan sharpa, bu xatti-
harakati uchun signal bo'lib hizmat qiladi. 
Ta'kidlab o'tish joizki, hozirgi vaqtda ilm-fanda ilg'or texnologiyalarning 
qo'llanishi, hatto harbiy sohadagi ko'plab "ixtiro"larning yaratilishi asosida psixika 
taraqqiyotining shu elementar ko'rinishlari yotadi. 
Instinktiv xatti-harakatlar mazkur turning evolyutsion traqqiyoti davomida, 
turning u yashaydigan muhit sharoiti, talablariga moslashib borishi natijasida, 
uning hayotini ta'minlovchi shartlar tarzida shakllanib borgan. Instinktiv xatti-
harakatlar qanchalik “takomillashgan”, qanchalik “mukammal” bo'lmasin, ular 
baribir ongga bog'liq bo'lmagan holda amalga oshadi. 
Organizm evolyutsion shajaraning qanchalik quyi bosqichida bo'lsa, u 
instinkt qonuniyatlariga shunchalik tobe bo'ladi va aksincha u evolyutsion 
shajaraning qanchalik yuqori pog'onasiga ko'tarilgan sayin instinktlar ta'siridan 
qutulib boraveradi. Lekin, hech bir organizm instinktlardan butunlay holos bo'la 
olmaydi, hatto odam psixikasi va xulqining boshqarilishida ham instinktlar muhim 
o'rin egallaydi.
Instinktlar va ularning xususiyatlarini maxsus fanlar o'rganadi. Har qanday 
organizm uchun, uning yashab qolishi uchun shart bo'lgan instinktlar ham borki, 
ularsiz biron-bir tirik mavjudodning saqlanib qolishi mumkin emas. Bularga: 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling