48
ijtimoiy-tarixiy tajriba bilan tekshirilib, asoslanib borilishi voqelikning ob'ektiv aks
ettirilishini ta'minlaydi.
Shunday qilib,
psixika - odamni tashqi muhit bilan bo'ladigan o'zaro
munosabatlarining
boshqarilib
turilishini
ta'minlaydigan,
ob'ektiv
voqelikning sub'ektiv aks ettirilishidir. Psixikaning mazmuni o'zida, nafaqat
psixik
obrazlarnigina emas, balki obrazlardan tashqaridagi jihatlarni - shaxsning
umumiy qadriyatli yo'nalganligini, hodisalarning
mazmuni va ahamiyatini, aqliy
xatti-harakatlarni mujassamlashtiradi.
Psixika
hayvonlarga ham, odamlarga ham xos. Biroq odam psixikasi,
psixikaning
oliy shakli sifatida, “
ONG” tushunchasi bilan ifodalanadi. Lekin,
psixika tushunchasi ong tushunchasiga qaraganda kengroq tushunchadir. Chunki
psixika o'z ichiga ong osti (“U”), ong oldi (“Men”) va ong (“Oliy-Men”)ni ham
oladi.
2 §. Psixik hodisalar klassifikatsiyasi
Umumiy psixologiyada, umuman psixologiyaning boshqa barcha sohalarida
o'rganiladigan psixik hodisalar uch guruhga bo'linadi. Bular:
1) psixik jarayonlar;
2) psixik holatlar;
3) shaxsning individual-psixologik xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: