O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Modellashtirish metodi tadqiqotchi xodimni qiziqtiradigan hodisani oddiy
kuzatish, so'rov, test yoki eksperiment yo'li bilan tadqiq qilish qiyin yoki uning murakkabligi va qiyinligi tufayli mumkin bo'lmagan holatlarda qo'llaniladi. Bunday vaziyatlarda o'rganilayotgan fenomenning sun'iy modeli, uning asosida takrorlanib turadigan jihatlar va taxmin qilingan xislatlar modeli yaratiladi, Bu modelda mazkur hodisa batafsil o'rganiladi va uning tabiati haqida xulosalar qilinadi. Modellar texnik, mantiqiy, matematik, kibernetik bo'lishi mumkin. Matematik model o'zida o'rganilayotgan hodisada namoyon bo'ladigan elementlar va munosabatlarni ifodalovchi, ular o'rtasidagi munosabatlarni va o'zgarishlarni mujassamlashtirgan ifodalar va formulalarni bildiradi. Texnik modellashtirish esa 44 o'zining xatti-harakati bilan o'rganilishi lozim bo'lgan hodisani eslatadigan pribor yoki qurilmani yaratishdan iborat bo'ladi. Kibernetik modellashtirish model elementi sifatida informatika va kibernetika tushunchalaridan foydalanishga asoslanadi. Mantiqiy modellashtirish matematik mantiqda foydalanilinadigan g'oyalar va simvollarga asoslanadi. Psixologiyada matematik modellashtirishga eng mashhur misollardan biri bo'lib Buger-Veber, Veber-Fexner va Stivens qonunini ifodalovchi formula hisoblanadi. Mantiqiy modellashtirish odam tafakkurini o'rga-nish va uni hisoblash mashinalari bilan taqqoslashda keng foydalanilinadi. Odamning idroki va xotirasini o'rganishga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarda ko'proq texnik modellashtirishning turli ko'rinishlaridan foydalaniladi. Bularni biz - sensor ma'lumotlarni odamga o'xshab qabul qila oladigan va qayta ishlay oladigan, uni eslab qoladigan va yana qayta esga tushira oladigan pertseptron - mashinalarni yaratishga urinishlarda ko'rishimiz mumkin. EHM uchun tuzilgan matematik dasturlar g'oyalarini psixologiyada foydalanish kibernetik modellashtirishning ko'rinishi bo'lib xizmat qiladi. So'nggi bir necha o'n yillarda EHM ishlarini dasturli ta'minlashning rivojlanishi, psixologiya uchun, unga, uni qiziqtiradigan psixik jarayonlar va odamlar xulqini o'rganishning yangi istiqbollarini ochdi. Chunki, odamlar foydalanadigan firklash jarayonlari, topshiriqlarni yechayotgan vaqtlarda ularning mulohaza yuritish mantig'i EHMlari uchun dasturlar ishlab chiqishda foydalaniladigan operatsiyalar va mantiqqa juda yaqindir. Bu odam xulqini, uning psixologiyasini tasavvur qilishda va ifodalashda elektron-hisoblash asboblari ishlashi ko'rinishlaridan foydalanishga urinishlarning yuzaga kelishiga olib keldi. Bu masalalarda psixologiyada pionerlar bo'lib atoqli amerika olimlari D.Miller, Yu.Galanter, K.Pribramlar hisoblanadilar. Odam organizmida ham, huddi EHM uchun tuzilgan dasturlarnikiga o'xshash murakkab, xulqni boshqarishning iyerarxik tuzilgan tizimining mavjudligini ta'kidlab, ular odam xulqini ham shu tarzda tushuntirish mumkin degan xulosaga kelganlar. Birlamchi ma'lumotlar olishga mo'ljallangan yuqorida keltirib o'tilgan metodlardan tashqari, ya'ni birlamchi materiallarni qayta ishlash va izohlashdan kelib chiqadigan ikkilamchi natijalarni olish uchun, psixologiyada bu ma'lumotlarni qayta ishlash, ularni mantiqiy va matematik tahlil qilishning turli usullari keng qo'llanilinadi. Bu maqsadlar uchun, jumladan matematik Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling