O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Test-topshiriq odamning psixologiyasi va xulqini u bajarayotgan, qiladigan 
ishlari zaminida baholashni nazarda tutadi. Bu toifa testlarda sinaluvchilarga 
maxsus topshiriqlar seriyalari taklif etiladi va ularning bajarilish yakuniga qarab 
sinaluvchida o'rganilayotgan sifatning mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning 
rivojlanganlik darajasi haqida xulosa qilish mumkin bo'ladi. 
Test-so'rovnoma va test-topshiriqlarni turli yoshdagi, turli madaniyat, turli 
ma'lumot darajasidagi, turli kasb egalari va turlicha hayotiy tajribaga ega bo'lgan 
odamlarga nisbatan qo'llash mumkin. Bu - ularning ijobiy jihatlari. Ularning 
kamchiligi shundaki, agar sinaluvchi bu test qanday tuzilganligini va uning 
natijasiga ko'ra, o'zining psixikasi va xulqi qanday baholanishini bilsa, u o'z 
xohishiga ko'ra, ongli ravishda olinadigan natijaga ta'sir qilishi mumkin. Bundan 
tashqari, test-so'rovnoma va test-topshiriqlardan sinaluvchining psixologik sifatlari 
va xarakteristikasini o'rganish vaqtlarida, ularning mavjudligi haqida sinaluvchi 
to'liq ishonchga ega bo'lmagan, o'zida ularning mavjudligini anglamagan yoki 
atayin ularni o'zida borligini tan olmaydigan holatlarda bu testlardan foydalanib 
bo'lmaydi. Bunday sifat, xarakteristikalarga ko'plab salbiy sifatlar va xulq 
motivlari misol bo'lishi mumkin. 
Bunday vaziyatlarda odatda testlarning uchinchi varianti proyektiv testlar 
qo'llaniladi. Bunday testlar asosida proyektsiya mexanizmi yotadi. Unga ko'ra 
shaxs o'zining anglanmagan sifatlarini, ayniqsa nuqsonlarini “boshqa odamlarga 
taalluqli” deb hisoblaydi, ularni boshqa odamlarda ko'radi. Proyektiv testlar, 
odamlarning salbiy munosabatlarni yuzaga keltiradigan psixologik va xulqiy 
xususiyatlarini o'rganish uchun qo'llaniladi. Bu toifa testlar qo'llanilganda, 
sinaluvchining psixologiyasi haqida, u vaziyatlarni, odamlarning xulqi va 
psixologiyasini qanday idrok etishi va baholashi, ularga (boshqa odamlarga) 
qanday shaxsiy xislatlar, motivlarni, ijobiy yoki salbiy xarakterlarni yo'yishligi 
kabilar asosida xulosa chiqariladi. 
Proyektiv testdan foydalanar ekan, psixolog uning yordamida sinaluvchini 
keyinchalik beixtiyor izohlaydigan, hayol qilingan, syudjet jihatidan noaniq 
vaziyatlarga olib o'tadi. Bunda, bu odamlar kim, ularni nima bezovta qilayapti, ular 
nima haqida o'ylayapti va keyin nima sodir bo'ladi kabi savollarga javob berish 


43 
lozim bo'ladi. Javoblarning mazmunini izohlash orqali sinaluvchining ruhiyati 
haqida xulosa chiqariladi. 
Proyektiv toifadagi testlar sinaluvchilarning ma'lumotlilik va intellektual 
darajasiga yuqori talablar qo'yadi va shu bilan ularning amaliyotda qo'llanishi 
chegaralanishi asoslanadi. Bundan tashqari bunday testlar tadqiqotchining, 
psixologning ham maxsus tayyorgarlikka va yuqori professional saviyaga ega 
bo'lishini talab qiladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling