O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Yozma so'rov esa, tadqiqotda ko'p sonli sinaluvchilarni qamrab olish 
imkoniyatini beradi. Uning eng keng tarqalgan shakllaridan biri - anketadir
Biroq, uning kamchiligi shuki, anketa qo'llanilar ekan, javob beruvchilarning bu 
savollar mazmuniga munosabatini oldindan hisobga olib va shundan kelib chiqqan 
holda ularni o'zgartirib bo'lmaydi. 
Erkin so'rov og'zaki va yozma so'rovlarning turlaridan biri bo'lib, unda 
sinaluvchilarga beriladigan savollar ro'yxati va ularga beriladigan javoblar 
oldindan ma'lum bir ramkada chegaralanmagan bo'ladi. Bunday toifadagi so'rovlar 
tadqiqot taktikasi, beriladigan savollar mazmunini o'zgartirishni va ularga 
nostandart javoblar berilishini ta'minlaydi. O'z navbatida savollari va ularga 
berilishi lozim bo'lgan javoblar variantlari oldindan ma'lum bir ramkada 
chegaralanib qo'yilgan standartlashtirilgan so'rovlar nisbatan qisqaligi, ularni 
o'tkazish va qayta ishlash uchun, erkin so'rovga qaraganda kam vaqt, kuch va 
harajat talab qilinishi bilan farqlanib turadi. 


42 
Testlar psixodiagnostik tadqiqotlarning maxsus metodlaridan hisoblanadi. 
Ularni qo'llash orqali o'rganilayotgan hodisalarning miqdoriy va sifatiy 
xarakteristikalari haqida aniq ma'lumotlar olish mumkin. Testlar boshqa 
metodikalardan birlamchi ma'lumotlarni yig'ish va ularni qayta ishlash hamda 
ularni keyinchalik sharhlash, izohlash tartibining oldindan aniq belgilanganligi 
bilan farqlanib turadi. Testlar yordamida turli odamlar psixologiyasini o'rganish, 
bir-birlariga solishtirish va ularga differentsiyalovchi hamda qiyosiy baholar berish 
mumkin.
Test variantlari: test-so'rovnoma va test-topshiriq. Test-so'rovnoma 
oldindan o'ylab chiqilgan, batafsil tanlab olingan, validlilik va ishonchlilik nuqtai 
nazaridan tekshirilgan savollar tizimiga asoslangan bo'ladi. Ularga berilgan 
javoblar bo'yicha sinaluvchining psixologik sifatlari haqida tegishli xulosaga kelish 
mumkin. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling