O'zbekiston respublikasi profi universitety


Qo'shilgan yoki kiritilgan kuzatishda


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Qo'shilgan yoki kiritilgan kuzatishda (u ko'pincha umumiy, yosh, pedago-
gik, ijtimoiy psixologiyada qo'llaniladi) tadqiqotchi o'zi kuzatayotgan hodisaning 
bevosita shu jarayonlarning ishtirokchisi sifatida ishtirok etadi. Masalan, xodim bir 
vaqtning o'zida o'zini kuzatish bilan birga qandaydir bir vazifani fikran yechishi 
mumkin. Qo'shilgan kuzatishning boshqa bir variantida: tadqiqotchi odamlarning 
o'zaro munosabatlarini kuzatar ekan, ularning o'zaro munosabatlari qanday amalga 
oshayotganligini kuzatib borish bilan birga, uning o'zi ham o'zi kuzatayotgan 
odamlar bilan muloqotga kirishadi. Buni biron bir uyushgan jinoiy guruh yoki shu 
kabilar tarkibiga kiritilgan agent yoki xodim faoliyatida ham ko'rishimiz mumkin. 
Chetdan kuzatish, qo'shilgan kuzatishdan farqli o'laroq tadqiqotchining o'zi 
kuzatayotgan jarayonga kirishishini taqozo qilmaydi. 


41 
Kuzatishning yuqorida sanab o'tilgan har bir turi o'ziga xos xususiyatlarga 
ega bo'lib ular qayerda ko'proq, aniqroq natija beradigan bo'lsa o'sha joylarda 
qo'llaniladi. Masalan, tashqi kuzatish o'zini-o'zi kuzatishga qaraganda kamroq 
sub'ektivroqdir, shuning uchun u odatda kuzatilinishi lozim bo'lgan alomatlar, 
belgilar chetdan turib osonroq ajratib olinadigan va baholanadigan holatlarda 
qo'llaniladi. 
Ichki 
kuzatish 
esa 
ko'pincha, 
tadqiqotchini 
qiziqtiradigan 
alomatlarning tashqi aniq, ishonchli ifodalanishi bo'lmagan holatlarda, psixologik 
ma'lumotlarni olishning eng ko'p qo'llanilinadigan, aksariyat hollarda boshqa hech 
bir metod bilan almashtirib bo'lmaydigan metodi sifatida foydalaniladi. Erkin 
kuzatishni nimani kuzatish kerakligi, o'rganilishi lozim bo'lgan holatning qachon 
va qanday nomoyon bo'lishi oldindan ma'lum bo'lmagan holatlarda qo'llash 
maqsadga muvofiq. Stantadrlashtirilgan kuzatishdan esa, aksincha tadqiqotchi 
o'rganilayotgan fenomenga taalluqli bo'lgan belgilarning to'la va aniq ro'yxatiga, 
tadqiqot rejasiga ega bo'lgan holatlarda foydalangan maqul. 
Qo'shilgan kuzatish esa, faqat psixolog kuzatilayotgan, o'rganilayotgan 
hodisa haqida, uni o'zi his qilib ko'rib, aniq va to'g'ri baho bera oladigan 
vaziyatlardagina foydali bo'lishi mumkin. Biroq, agar tadqiqotchining shaxsiy 
ishtiroki ta'siri ostida uni hodisaning idrok qilishi va tushunishi o'zgaradigan bo'lsa, 
unda kuzatilayotgan ob'ekt haqida biroz ob'ektivroq ma'lumot beradigan, chetdan 
kuzatishga murojaat qilish kerak. 
So'rov bu shunday metodki, undan foydalanishda odam unga berilgan 
savollarga javob berishi talab qilinadi. So'rovning bir necha variantlari mavjud. 
Ularning har biri o'ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega.
Og'zaki so'rov savollarga javob berayotgan odamning xulqi va muno-
sabatlarini (reaktsiyalarini) kuzatish zarur bo'lgan holatlarda qo'llaniladi. 
So'rovning bu turi, yozma so'rovga qaraganda o'rganilayotgan odamning psixolo-
giyasiga chuqurroq kirib borish imkoniyatini beradi, biroq u tadqiqotchidan 
maxsus tayyorgarlik, o'rganish va ko'p vaqt talab qiladi. Og'zaki so'rov orqali 
sinaluvchidan olingan javoblar, shu so'rovni olib borayotgan tadqiqotchining 
individual xususiyatlari, javob berayotgan odamning individual xususiyatlari va 
so'rov vaziyatida har ikkala shaxsning xulqiga sezilarli darajada bog'liq bo'ladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling