O'zbekiston respublikasi profi universitety


Holatlar: indivi- dual,tashqi (xulqiy)


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

5 Holatlar: indivi-
dual,tashqi (xulqiy) 
Tayyorlik, qiziqish, ustanovka. 
 
6 Xususiyatlar: indi-
vidual, tashqi 
(xulqiy) 
Obro'lilik, ta'sirga beriluvchanlik, ishonuvchanlik, geniallik, 
qat'iylik, o'qiy oluvchanlik, iqtidorlilik, tashkiliylik, tempe-
rament, mehnatsevarlik, fanatizm, xarakter, shuxratparastlik, 
xudbinlik. 
7 Jarayonlar: guruhli, 
ichki 
Identifikatsiya, 
kommunikatsiya, 
konformlik, 
muloqot, 
shaxslararo idrok, shaxslararo munosabat, guruhli me'yorlarning 
shakllanishi. 
8 Holatlar: guruhli, 
ichki 
Nizo, bikirlik, guruhli qutblanish, psixologik iqlim. 
9 Xususiyatlar
guruhli, tashqi 
Moslashuvchanlik, kirishuvchanlik, yetakchilik stili, hamkorlik
guruh faoliyatining samaradorligi. 
10 Jarayonlar: guruhli, 
tashqi 
Guruhlararo munosabat
11 Holatlar: guruhli, 
tashqi 
Vahima, guruhning ochiqligi, guruhning yopiqligi. 
 
12 Xususiyatlar: 
guruhli, tashqi 
Tashkiliylik. 
 
Shuni ta'kidlab o'tish joizki, psixologiyada o'rganilinadigan, bu keltirib 
o'tilgan hodisalarning ko'pchiligini aynan bitta guruhgagina kiritish mumkin emas. 
Ular individual ham, guruhli ham bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham ular qator 
adabiyotlarda, jarayonlar sifatida ham, holatlar sifatida ham farqlanib beriladi. Shu 
bois, jadvalning o'ng qismida keltirib o'tilgan fenomenlarning ayrimlari 
takrorlangan. 
2 §. Psixologiyaning asosiy sohalari 
Hozirgi vaqtga kelib psixologiya o'zining ko'plab tarmoqlariga, turli 
psixologik fanlar tizimiga ega. Unda nisbatan mustaqil fan sifatida rivojlanayotgan 
ilmiy yo'nalishlarni ham ko'rishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda psixilogiya fanlari 
tizimi faol rivojlanayotganligi (har 4-5 yilda qandaydir bir yangi yo'nalishlarning 


35 
yuzaga kelayotganligi)ni hisobga olgan holda, psixologiya fani haqida emas, balki 
rivojlanayotgan psixologik fanlar kompleksi haqida gapirish to'g'riroq bo'ladi. 
Ular o'z navbatida fundamental va amaliylarga, umumiy va maxsuslarga 
farqlanadi. Psixologiyaning fundamental yoki bazaviy sohasiga “umumiy 
psixologiya”ni kiritish mumkin. Unda odam psixologiyasi va xulqi, uning kimligi 
va qanday faoliyat bilan shug'ullanishidan qat'i nazar, uni tushunish va tushuntirish 
umumiy ahamiyatga ega bo'ladi. Bu soha, kimki odam psixologiyasi va xulqi bilan 
qiziqsa shu odamlarga hamma haqida bir hil umumiy bilim berishga qaratilgan. 
Shuning uchun (universalligi uchun) ham, u “umumiy psixologiya” deb yuritiladi. 
Psixologiyaning amaliy sohalariga, uning, yutuqlaridan amaliyotda 
foydalaniladigan sohalari kiradi. Umumiy sohalari, ilmiy yo'nalish-lardan tashqari 
barcha sohalari uchun birdek muhim bo'lgan muammolarni qo'yadi (o'rganadi) va 
yechadi, maxsus sohalari esa - qandaydir bir yoki bir necha guruh hodisalarni 
bilish uchun qiziqish uyg'otadigan masalalarni yechishga qaratiladi. 
Psixologiyaning ayrim fundamental va amaliy, umumiy va maxsus 
sohalarini ko'rib chiqamiz. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling