O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

II BOB 
 
PSIXOLOGIYA PREDMETI VA METODLARI 
 
1 §. Hozirgi zamon psixologiyasining predmeti 
Biz yuqorida psixologiya fanining yuzaga kelishi, shakllanishi, rivojlanishi 
haqida, uning tarixiy ko'rinishlari, turli yo'nalishlari va ularda psixologiyaning 
predmeti masalasiga qanday qaralganligi kabilar haqida qisqacha to'xtalib o'tdik. 
Ularga asoslangan holda, umumiy tarzda aytishimiz mumkinki, hozirgi zamon 
psixologiyasining o'rganish predmeti - bu dastavval o'zida ko'plab sub'ektiv 
hodisalarni mujassamlashtirgan odam va hayvonlar psixikasini o'rganishdan 
iboratdir. Ularning ayrimlari, masalan, sezgilar va idrok, diqqat va xotira, hayol, 
tafakkur va nutq kabilar yordamida odam olamni bilib boradi. Shuning uchun ham 
ularni ko'pchilik adabiyotlarda bilish jarayonlari deb yuritiladi. Yana boshqa bir 
hodisalar odamning boshqa odamlar bilan bo'ladigan muloqotlarini, bevosita uning 
xatti-harakati va qiliqlari, xulqini boshqaradi. Ular shaxsning psixik xususiyatlari 
va holatlari deb ataladi. Ularning qatoriga ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, 
qiziqishlar, iroda, hissiyot va emotsiya, moyillik va qobiliyatlar, bilim va ong 
kabilar kiradi. Bundan tashqari psixologiya, odamlarning muloqoti va xulqi, 
ularning psixik hodisalarga bog'liqligi, shu bilan birga ularga bog'liq holati, psixik 
hodisalarning shakllanishi va rivojlanishini o'rganadi. 
Odam o'zining bilish jarayonlari yordamida nafaqat olamga kirib boradi, 
balki, bu olamda, o'zining moddiy, ma'naviy va boshqa ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida o'zi uchun uni yaratadi, ma'lum bir xatti-harakatlarni amalga oshiradi, 
unda yashaydi. Odamlarning xatti-harakatlarini tushunish va tushuntirish uchun 
psixologiya shaxs deb atalmish tushunchaga murojaat qiladi. 
O'z navbatida, odamning psixik jarayonlari, holatlari va xususiyatlarini, 
ayniqsa ularning oliy darajada namoyon bo'lishini, ularni odamning turmush tarzi, 
yashash sharoitlari bilan bog'liqligi, shaxsning tabiat va jamiyat bilan (faoliyat va 
muloqot) o'zaro munosabatlari qanday tashkil qilinganligi kabilarni hisobga olmay 
turib, uni oxirigacha anglab, tushunib bo'lmaydi. Shuning uchun ham, muloqot va 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling